Ishni dasturni yuklab, oddiy geometrik shakllarni qurish, ularning sirtlariga materiallarni berish, yorug’lik va kameralardan foydalanish va oddiy harakatlanuvchi roliklar yasashdan, boshlaymiz




Download 1,74 Mb.
Sana24.01.2024
Hajmi1,74 Mb.
#144606
Bog'liq
3ds max Amaliy 3d maks tayyor


Ishni dasturni yuklab, oddiy geometrik shakllarni qurish, ularning sirtlariga materiallarni berish, yorug’lik va kameralardan foydalanish va oddiy harakatlanuvchi roliklar yasashdan, boshlaymiz. Bu dars 3D Studio MAXning asosiy imkoniyatlariga keng nazar tashlash va dasturni tushinish imkonini beradi. 1. Dasturni yuklash uchun kursorni Windows sistemasining Start (Pusk) piktogrammasi ustiga olib borib, sichqonning chap tugmasini bosamiz. 2. 3dsmax yorlig‘ini qidirib, topamiz va unga kursorni qo‘yib, sichqonning chap tugmasini ikki marta bosamiz.
Bundan keyin sichqonni chap tugmasini qisqa qilib, shartli ravishda ChS deb ataymiz. Dastur yuklangandan keyin ekranda 3D MAX interfeysi paydo bo‘ladi. Dasturning ish maydoni proyeksiyalar oynalariga bo‘linadi. Joriy holda ekranda to‘rt proyeksiyalar oynasi joylashadi – Tor (tepadan ko‘rinish), Front (oldidan ko‘rinish), Left (chapdan ko‘rinish) va markaziy proyeksiya oynasi Perspective (Perspektiva). Bir vaqtning o‘zida oynalardan faqat bittasi faol bo‘lib, ya‘ni qurish uchun ajraladi. Faol oynaning atrofi sariq rang bilan chegaralangan bo‘ladi. Ob’yektlarni yaratish Siz bu yerda standart geometrik primitivlarni qurish bilan tanishasiz. Parallelepiped Karkasli parallelepiped quramiz: 1. Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar ro‘yxatidan – Extended Primitives (murakkab primitivlar) qatorini tanlaymiz. Object Type (ob’yektlar turi) bo‘lagida standart primitivlar turlariga mos keluvchi yozuvlar bilan tugmalar chiqadi.
2. Chamfer Box (faskalik parallelepiped) tugmasiga, ChS bilan bosamiz. Buyruqlar panelining pastki qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: Creation Method (qurish usuli), Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish) va Parameters (Parametrlar). 3. Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasiga ChS bilan bosamiz va tugmani qo‘yib yubormasdan kursorni diagonal bo‘yicha surib, asosini cho‘zamiz. Parameters (Parametrlar) bo‘lagida, Length (uzunlik) va Width (kenglik) o‘lchamlarining o‘zgarishini kuzatib boramiz. 4. Asosning uzunlik va kengligini belgilash uchun sichqonning tugmasini qo‘yib yuboramiz. 5. Parallelepiped balandligini berish uchun qo‘yib yuborilgan kursorni tepaga yoki pastga suramiz. Parametrlar bo‘lagidan Height (balandlik) parametr qiymatini kuzatib boramiz. 6. Balandlikni belgilagandan keyin ChS tugmani bosamiz. Balandlik qayd qilingandan keyin kursorni bir oz chetga surib, ChSni yana birmarta bosamiz. Shunda 45o qiyalikda parallelepiped qirralarida faskalar paydo bo‘ladi. Faska balandligi Fillet (Faska) parametri yordamida berilsa ham bo‘ladi. 7. Smooth (Silliqlash) faska sirtini silliqlash rejimini yoqing. Natijada qurilgan parallelepiped 1.3 rasm shakldagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Biz joriy holatda segmentlar miqdori 1 teng prallelepipedga ega bo‘ldik. Segmentlar sonini o’zgartirish uchun, Lengt Segs (uzunlik bo‘yicha segmentlar) va Width Segs (kenglik bo‘yicha segmentlar) parametrlarini moslash kerak. Segmentlar sonini oshirish uchun, ob'yektning to‘rli yuzasini tahrirlashni amalga oshirish zarur. Faskadagi Segmentlar sonini Fillet Segs (faska bo‘yicha segmentlar) o‘zgartiruvchisi yordamida amalga oshirsa bo‘ladi.
Faskali silindr 1. Create (yaratish) panelidagi Geometry (Geometriya) tugmasini bosib, ro‘yxatdagi Extended Primitives (muharrirlangan primitivlar) variantini tanlang va Chamfer Cyl (faskali silindr) tugmasini bosing. Shu ketma-ketliklarni bajarib, silindr, silindr sektori va ko‘p qirrali prizmani qurish mumkin. Aylananing bir chetidan boshqa chetiga diametr bo‘yicha cho‘zib, silindrning asosini qurish uchun, 2. Creation Metod (qurish usuli) bo‘lagini o‘chirib-yoquvchini Edge (chetidan) holatiga qo‘ying. Asosini o‘rtasidan, ya’ni radius bo‘yicha qurish uchun, Center (o‘rtadan) holatiga o‘tish kerak. 3. Proyeksiyalar oynalaridan birortasiga ChS ni bosib, silindr asosining boshlang‘ich nuqtasini belgilaymiz, tugmani qo‘yib yubormasdan, kursorni asos bo‘yicha suramiz, asos radiusi kerakli o‘lchamga ega bo‘lgandan keyin, tugmani qo‘yib yuboramiz. Asos radiusini o‘zgartirish uchun Parameters, (Parametrы) bo‘lagidagi Radius (Radius) parametrining kattaligini o‘zgartirish kerak. 4. Tugmani qo‘yib yuborgandan keyin, kursorni tepaga ko‘tarib yoki pastga tushirib, silindrning balandligini o‘rnatamiz. Balandlikni o‘rnatish uchun ChS ni bosamiz. Sichqon tugmasini bosgandan keyin, kursorni surib, ChS ni bosamiz. Kursorning surilish masofasi 45 gradus qiyalikdagi faskaning kengligiga teng bo‘ladi. 5. Parameters (Parametrlar) bo‘lagidan quyidagi parametrlar qiymatini bering. • Height (balandlik) — silindr balandligi; • Height Segments (balandlik bo‘yicha segmentlar) — balandlik yuzasi bo‘yicha segmentlari; • Cap Segments (asosining halqalari) — radius bo‘‘yicha segmentlar soni; • Fillet (Faska) — faska kattaligi; • Fillet Segs (faska bo‘yicha Segmentlar) — faska bo‘yicha segmentlar soni. Silindrni qurillish natijasi 1.4 rasmda ko‘rsatilgan.
Materiallarni berish Bu bo‘limda, yuqorida qurilgan ob’yektlarni bo‘yash va ularning yuzasiga talab qilinadigan materiallarni tanlash bilan shug‘ullanamiz. Material Editor (materialar muharriri) maxsus modul dasturi yordamida tayyor materialni mavjud bo‘lgan namunalar ichidan tanlab olish yoki mustaqil yaratish mumkin.
1. Materiallar muhariri oynasini chaqirish uchun Rendering (vizualashtirish) menyusidan Material Editor (materialar muharriri) buyrug‘ini tanlaymiz. 1.11, Rasmda ko‘rsatilgan materiallar namunasi kataklari, materiallar muharririni boshqarish instrumentlar tugmalari va parametrlar tizimi, materiallar muharriri oynasining asosiy elementlari bo’lib hisoblanadi. Materiallar namunasi kataklari materialni tanlangan ob’yektga berishdan oldin ko‘rish uchun mo‘ljallangan.













Download 1,74 Mb.




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishni dasturni yuklab, oddiy geometrik shakllarni qurish, ularning sirtlariga materiallarni berish, yorug’lik va kameralardan foydalanish va oddiy harakatlanuvchi roliklar yasashdan, boshlaymiz

Download 1,74 Mb.