II. “Ishonch telefoni” tarmog’ini ishlashini ta’minlash uchun
zarur ishchi kuchi va pul mablag’lari
2.1. «Ishonch telefoni” ishi bo’yicha umumiy rahbarlikni kompaniyaning bino ishoatlariga xizmat ko’rsatish direksiyasi boshlig’i amalga oshiradi. “Ishonch telefoni”dan tushgan murojaatni bevosita qabul kilish, qayd etish, tahlil etish hamda hujjatlashtirishni ta’minlash ishlarini Operator amalga oshiradi.
2.2. “Ishonch telefoni”ning ishlashi kunning ish vaqtida ta’minlanadi. Ushbu maqsadda “Ishonch telefoni” tizimi uni normal holatda ishlashiga imkon beruvchi kompaniyaning maxsus ajratilgan va tegishli ravishda jihozlangan xizmat xonasida o’rnatiladi.
2.3. Kompaniya:
“Ishonch telefoni” ishiga mas’ul shaxs tayinlanishini;
“Ishonch telefoni”ga tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;
“Ishonch telefoni”dan olingan murojaatlar, telefon orqali so’rovlar matnini Direksiya rahbariga taqdim etilishini;
yozib olingan axborotni saqlanishini ta’minlaydi.
2.4. «Ishonch telefoni” ishi bo’yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi mas’ul shaxs “Ishonch telefoni”ni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta’minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo’yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).
2.5.”Ishonch telefoni” raqami “O’zbekiston temir yo’llari” rasmiy veb-saytiga (www.uzrailway.uz), shuningdek, Kompaniya egallab turgan hamma kirishi mumkin bo’lgan xona va (yoki) boshqa ajratilgan joylarda faoliyati to’g’risidagi axborot bilan axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun mo’ljallangan axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo’ljallangan boshqa texnik vositalariga joylashtiriladi.
|