|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «elektronika va avtomatika» fakulteti
|
bet | 1/10 | Sana | 15.05.2023 | Hajmi | 0.66 Mb. | | #60066 |
Bog'liq SULTONMUROD KURS ISHI 9, O\'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI
«ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI
A VTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI
«Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari » fanidan
Kurs ishi
“Bosimlar farqi o’zgarmas sarf hisoblagichlarining tahlillarini olish usullari” mavzusida
Bajardi: 11Sa 21 guruh talabasi
Normo’minov Sultonmurod
Qabul qildi: Muxamedxanov Ulug`bek
TOSHKENT 2023
Mavzu: Bosimlar farqi o’zgarmas sarf hisoblagichlarining tahlillarini olish usullari.
Reja
Kirish
2.Rotometrlarning ishlash prinsipi
3. Rotometrlarda tahlillar olish
4. Xulosa
5. Adabiyot
Kirish
Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar yuqoriga tik ko’tariladigan oqimdagi porshen’ yoki qalqovichning shu oqimdagi bosim kuchi o’zgarishiga muvofiq siljishi bo’yicha o’lchaydi.Oqim kuchi ta’sirida qalqovich yuqoriga ko’tarilsa, sarf ortadi, pastga siljisa, sarf kamayadi.Bu prinsipda ishlaydigan sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan turi rotametrlardir . Rotametrlar ikki qismdan - konussimon truba 1 va uning ichidagi oqimda muallaq harakat qiladigan qalqovich 2 dan iborat. Konussimon truba tik holatda o’rnatiladi va undan o’tadigan suyuqlik yoki gazsimon modda oqimi ham truba bo’yicha pastdan yuqoriga tik harakat qiladi.
Qalqovich oqim kuchi ta’sirida yuqoriga siljiganda konussimon trubaning ichki devori bilan qalqovichning tashqi devori orasida hosil bo’ladigan halqa kengligi L va uning oqim o’tadigan yuzi S ortadi. Shunga muvofiq oqim sarfi ham ortadi, ya’ni muvozanat holatga o’tadi. Oqim kuchi kamayganda qalqovich o’z og’irligi va uning ustki yuzidagi modda bosimi ta’sirida pastga siljiydi va yana yangi muvozanat holatga o’tadi, sarf ham kamayadi. Qalqovichning bunday harakati tufayli rotametrdagi bosim tushishi Δ P juda kam va o’zgarmas bo’lib qoladi.
Qalqovichning solishtirma massasi sarfi o’lchanadigan gaz yoki suyuqlik moddalarning zichligidan ko’p. Shu tufayli modda sarfi oqimni yuqori ko’taradigan bosim kuchiga qarshi bo’lgan qalqovich og’irligi va uning ustki yuziga ta’sir qiladigan modda bosim kuchlarini muvozanatda bo’lgan holatida o’lchanadi.
|
| |