• Sex podstansiyasi transformatori S
  • 3.1 Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemalari
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 461.32 Kb.
    bet6/12
    Sana25.05.2022
    Hajmi461.32 Kb.
    #21899
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Aziz 7b 18 Taminot
    406 3 11 янги ДТС буйругига илова, Bolaning oilada ijtimoiylashuvi jarayoni, Ne\'matov Umar Rezyume, 0. Лойиҳа, 123.60721200 Charm buyumlarini konstruksiyalash, TEXNIK DIAGNOSTIKA VA TRANSPORT VOSITALARI, mb, O\'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati sifatida-www.genderi.org, 1-Tajriba ishi
    TP

    Sexlar raqami







    Sex transformatorlar markasi









    10 kV







    1

    Sex 6

    2130.144

    1600

    1600

    2TMN-1600/10

    0.66567

    1.33

    2

    Sex 6

    1331.34

    1000

    1000

    2TM-1000/10

    0,66567

    1,33

    3

    Sex 7

    2194

    1600

    1600

    2TMN-1600/10

    0,685625

    1,37

    4

    Sex 1

    2001.088

    1600

    1600

    2TMN-1600/10

    0,62534

    1,25

    5

    Sex 1

    1250.68

    1000

    1000

    2TM-1000/10

    0,62534

    1.25

    6
    7

    Sex 3
    Sex 3

    2072
    1295

    1600
    1000

    1600
    1000

    2TMN-1600/10
    2TM-1000/10

    0,6475
    0,6475

    1,29
    1,29

    8

    Sex 4

    1257

    1000

    1000

    2TM-1000/10

    0,6285

    1,25

    9

    Sex 4

    1257

    1000

    1000

    2TM-1000/10

    0.6285

    1.25

    10

    Sex10

    288.144

    250

    250

    2TM-250/10

    0.576288

    1.15

    11

    Sex 11

    2172.9

    1600

    1600

    2TMN-1600/10

    0.679

    1.35

    12

    BPP

    17249,2

    17249,2

    16000

    2TDN-16000/110

    0.53903

    1.07

    Transformator parametrlarini ma’lumotnomadan tanlab jadval ko’rinishiga keltiramiz va olingan natijalarni 5.1-jadvalga kiritamiz.


    5.1-jadval

    Sex podstansiyasi transformatori



    Sh.tr



    Sn.tr



    Uyuk



    Upk



    ΔPsalt



    ΔPqt



    Uqt



    Isalt



    kVA

    kVA

    kV



    kV



    kVt



    kVt



    %



    %



    TM-1600/10

    1600

    1600

    10

    0,4













    TM-1000/10

    1000

    1000

    10

    0,4

    2,45

    12,2

    5,5

    3

    TM-1600/10

    1600

    1600

    10

    0,4













    TM-1600/10

    1600

    1600

    10

    0,4













    TM-1000/10

    1000

    1000

    10

    0,4

    2,45

    12,2

    5,5

    3

    TM-1600/10

    1600

    1600

    10

    0,4













    TM-1000/10

    1000

    1000

    10

    0,4













    TM-1000/10

    1000

    1000

    10

    0,4













    TM-1000/10

    1000

    1000

    10

    0,4













    TM-250/10

    250

    250

    10

    0,4













    TM-1600/10

    1600

    1600

    10

    0,4













    TDN-16000/110

    17249,2

    16000

    110

    10















    3.1 Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemalari
    Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemasi, barcha elektr iste’molchilar uchun zarur bo’lgan ishonchlilikni ta’minlashi, ekspluatatsiyada sodda va qulay bo’lishi, korxonaning kelajak taraqqiyotini hisobga olishi, eng kam nobudgarchilikga ega bo’lishi, ta’mirlash ishlarini tezkor bajarishga imkoniyat yaratishni hisobga olishi va boshlang’ich kapital sarf-xarajatlarni kam bo’lishini ta’minlashi lozim.
    Shuning uchun elektr ta’minotini loyihalashtirish jarayonida sxemalarning bir necha variantlari ishlab chiqiladi va ulardan eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichliligi qabul qilinadi. Elektr ta’minotiga qo’yiladigan talablar

    korxonaning texnologik jarayoni va quvvati bilan belgilanadi. Korxonadagi iste’molchilarning o’rnatilgan quvvatiga qarab, ular katta (75 MVt dan yuqori), o’rtacha (5-75 MVt) va kichik (5 MVt gacha) quvvatli elektr iste’molchilarga bo’linadilar. Yirik va o’rtacha quvvatli korxonalar 35; 110 va 220 kV li liniyalar orqali tuman podstansiyalaridan, kichik quvvatli korxonalar esa ko’p hollarda


    6-10 kV kuchlanishli manbalardan elektr energiyasi bilan ta’minlanadilar.
    Korxona elektr ta’minoti tizimini tashqi (energotizim podstansiyasidan korxonaning BPP yoki MTP gacha bo’lgan havo yoki kabel elektr uzatuv liniyalari) va ichki (BPP yoki MTP dan sex transformator podstansiyalarigacha bo’lgan tarqatish liniyalari) elektr ta’minoti tizimlariga bo’lish mumkin.
    Tashqi elektr ta’minoti sxemalari. Kichik va o’rta quvvatli korxonalarning elektr ta’minotida bitta qabul punkti (BPP, MTP) bo’lgan sxemalar qabul qiladi. Bunday sxema 6; 10 va 20 kV li kuchlanishda, hamda korxona energotizimdan
    5-10 km uzoqlikdagi masofada bo’lganda qo’llaniladi. Ko’rsatilgan elektr uzatuv liniyalaridan birida elektr ta’minoti uzilsa, seksiyalararo uzgich yordamida elektr ta’minoti avtomatik ravishda ikkinchi elektr uzatuv liniyasi orqali ta’minlanadi.
    Energotizimdan uzoqda joylashgan katta quvvatli korxonalar uchun yuqorida aytilgan sxema tavsiya etiladi. Bunda tashqi va ichki sxemalar orasida transformatorlar joylashgan bo„lib, tizim kuchlanishi 6-20 kV ga pasaytiriladi. Transformatorlarning quvvati va liniya simlarining ko„nda- lang kesimlari shunday olinadiki, ular normal rejimda 60-70% yuklama bilan ishlaydilar. Biror liniya va transformator uzilganida, ikkinchi liniya va transformator joiz o’tayuklanish bilan ishlab, korxonaning uzluksiz ish rejimini ta‟minlaydilar. BPP ning yuqori kuchlanishli tomonida uzgich o’rniga ajratgich va qisqa tutashtirgichlarning ishlatilishi elektr sxemalarning ancha arzonlashishiga olib keladi.
    Biror transformator shikastlanganida rele himoyasi orqali qisqa tutashtirgich ishga tushadi va sun’iy qisqa tutashuv rejimini sodir etadi.
    Natijada liniyaning bosh qismida joylashgan uzgich Q orqali elektr uzatuv liniyasi uziladi va avtomatik qayta ulash (AQU) tizimi ishga tushadi.
    Liniyadagi "toksiz" pauza davomida bo’lgich (отделитель) shikastlangan transformatorni uzadi. Avtomatik qayta ulash (AQU) tizimi "toksiz" pauza vaqti tamom bo’lganidan so’ng elektr uzatuv liniyasini qayta ulaydi va shikastlanmagan transformator manbaga birikadi. O’rta va katta quvvatli korxonalar, aksariyat vaqtlarda elektr energiyasini ichkariga kirib boruvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatuv liniyalari orqali qabul qiladilar.
    Ichkariga kirib boruvchi elektr ta’minoti sxemasi deganda, minimal miqdorda apparatlar va transformatorlash pog’onasiga ega bo’lgan, hamda yuqori kuchlanishni (35, 110, 220 va 500 kV) maksimal ravishda elektr qurilmalariga yaqinlashtiruvchi sxemalar tushuniladi.
    Ichkariga kirib boruvchi havo yoki kabel liniyalari korxona hududi bo’ylab o’tkazilib, katta miqdorida energiya qabul qiluvchi punktlarga keladi. Ko’p hollarda bunday sxemalar ishlatilganda BPP ga xojat qolmaydi, chunki yuqori kuchlanishli liniyalar to’g’ridan-to’g’ri sex transformator podstansiyalariga keladi va u yerda 0,4-0,66 kV li kuchlanishga aylantiriladi.
    Ichkariga kirib boruvchi sxemalar soddaligi va arzonligi bilan birga, ishonchliligi bo„yicha markazlashtirilgan elektr ta’minoti sxemalaridan qolishmaydi. Ularni har qanday toifali iste’molchilarga ishlatish mumkin.
    Ichki elektr ta’minoti sxemalari. Korxona hududida elektr energiyasi radial, magistral yoki aralash sxemalar shaklida taqsimlanadi. Sxemalarni tanlashda, iste’molchilarning ishonchlilik bo’yicha toifasi, ularning korxona hududida joylashishlari, atrof-muhitning ekologik holati va boshqa sabablar hisobga olinadi. Aytilgan uch turdagi sxemalar har xil modifikatsiyalarga ega bo’lib, ularni har qanday toifadagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishlatish mumkin. Ichki elektr ta’minot sxemalari keng tarmoqlanganli sababli ko’plab elektr uzatuv liniyalari va apparatlar ishlatiladi, bu esa elektr ta’minoti tizimiga katta texnik-iqtisodiy talablarni qo’yadi.
    Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sxemalarini tanlash jarayoni, ayrim elektr iste’molchilarning quvvati, soni, joylanish tartibi, manbaning ishonchlilik darajasi va boshqa faktorlariga bog’liq.
    Elektr tarmog’ini to’g’ri tanlangan sxemasi, iste’molchilarni elektr energiya bilan ishonchli ta’minlashni, ishlatishda qulay va ko’rinarli bo’lishni, tez va soz ta’mirlash (монтаж) usullarini amalga oshirishga imkon beradi. Bunda, uni ko’rish uchun ketadigan o’tkazuvchi materiallarning mablag’ sarfi va elektr energiyaning isrofini eng kam bo’lishi ta’minlanadi.
    Sex elektr tarmoqlari radial, magistral va aralash sxemalar orqali ta’minlanadi.


    Download 461.32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 461.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 461.32 Kb.