Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti texnika yulduzlari




Download 3.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana04.11.2022
Hajmi3.65 Mb.
#29050
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARKIBIDA TEMIR SAQLAGAN BOYITISH FABRIKALARI
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
were studied and their advantages and disadvantages were identified. Copper production has 
been shown to generate large amounts o f oxidized waste during flotation enrichment o f sulfide 
copper-molybdenum ores and after magnetic enrichment o f iron ores. Chemical analysis o f the 
waste showed that it contained large amounts o f oxidized iron compounds. Quantitative analysis 
showed that the iron in this material is mainly in the form o f iron (II) -metasilicate (FeSiO
3
). In 
order to facilitate the separation o f iron from the concentrator waste, a technology was 
developed to lime iron silicate with lime, as it was required to convert it from an silicate to an 
oxide form. This developed technology will serve to develop a more efficient technology fo r 
processing waste from concentrators.
1. Kirish
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda juda ko‘plab metallurgik zavodlar 
xomashyoni qayta ishlashning iqtisodiy samarador usullarini yo‘lga qo‘ygan. Bunga sabab qilib 
bugungi kunda dunyoda po‘lat ishlab chiqarish sohasi kuchli o‘sish tendensiyasiga egaligidir. 
Shu bilan birga, ruda tarkibidagi temir miqdorining 30-25% gacha pasayishi va metallurgik 
korxonalarda mahsulot olish uchun ishlatilinib kelinayotgan iqtisodiy samaradorligi juda past 
bo‘lgan an’anaviy pechlar va hozirgi zamon talabiga mutlaqo javob bermaydigan
43


TEXNIKA YULDUZLARI
2022 yil 3 son
texnologiyalarni aytish mumkin. O‘zbekiston ham o‘zining metallurgik sohadagi bir qator 
yechimini topmagan muammolarini 
qayta ko‘rib chiqishi zarur. Ishlab chiqarishda yuqori 
natijalarga erishishning eng samarali usuli bu - tarkibida temir saqlagan kambag‘al rudalarni 
eritishda qo‘llaniladigan boyitish texnologiyasini bugungi kun talabiga mos bo‘lgan balki undan- 
da ziyoda ravishda takomillashtirishdir. Shuning uchun po‘lat ishlab chiqarishda boyitish 
agregatlarining texnologiyasini takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda [1-4].
Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, metallni o‘z ichiga olgan materialni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
tiklash usuli ma’lum bo‘lib, u metallni o‘z ichiga olgan materialni yuklash moslamasi orqali val 
o‘choqqa yetkazib berish, qatlam ichidagi konversiya zonasida hosil bo‘lgan qaytaruvchi gaz 
bilan isitish va tiklash, uglerodlashtirishdan iborat. Shaxta o‘chog‘ining pastki qismidan 
keladigan tabiiy gaz bilan isitish zonasida metall o‘z ichiga olgan materialni tiklash zonasidan 
chiqindi gaz tomonidan olib ketilgan issiqlik bilan qizdirilganda, bunda qizdirilgan metallni o‘z 
ichiga olgan material bilan tiklanadi [5-7].
Temir oksidlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamaytirishning yana bir ma’lum usuli bo‘lib, unda 
qatlam ichidagi konversiya pechning ichki bo‘shlig‘ida, qatlam ichidagi konvertatsiya zonasida 
amalga oshiriladi. Pechda isitish, kamaytirish zonalari, qatlam ichida konvertatsiya qilish, 
karburizatsiya va sovutish mavjud bo‘lib, ularda tegishli texnologik operatsiyalar amalga 
oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun boshlang‘ich qaytaruvchi gaz ishlatiladi, 
ishlab chiqariladi va pechdan tashqarida joylashgan bo‘sh konvertorda isitiladi. Qatlam 
konvertatsiyasi ichidagi zonada konversiya jarayoni uchun zarur bo‘lgan harorat darajasiga 
erishilganda, konvertatsiya qilinadigan gaz aralashmasi oziqlanadi va u qaytaruvchi gazga 
aylanadi [8-17].
Yuqoridagi usullarning kamchiliklari shundaki, temir oksidlarini kamaytirishda tabiiy gaz 
qaytaruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bu hozirgi vaqtda koksdan qimmatroq.
Ushbu tadqiqotning maqsadi kokssiz texnologiya yordamida oltingugurtdan tozalangan 
metalllashtirilgan okatishlarni (granulalarni) olishdir. Rudalardan temir ishlab chiqarishda 
umumiy xarajatlarni kamaytirish va chiqindi shinalardan metall (ya’ni temir) shnurni olish. Bu 
maqsadga koks, ko‘mir va qaytaruvchi rol o‘ynaydigan tabiiy gaz o‘rniga tarkibida ko‘p 
miqdorda uglerod, vodorod va oltingugurt bo‘lgan avtomobil shinalari chiqindilaridan 
foydalanilishi natijasida erishiladi.
2.1. Tadqiqot obyektlari
Tadqiqot obyektlari sifatida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rangli va qora metallar 
rudalarini boyitish fabrikasining tarkibida temir saqlagan chiqindilari tanlab olindi. OKMK AJ 
boyitish fabrikasi chiqindisining kimyoviy tarkibi 1-jadvalda taqdim etilgan.
1-jadval. T ajriba uchun tanlangan “OKM K” A J boyitish fabrikasi chiqindilarining
kimyoviy tarkibi, %
Fe
Si
Al
Mg
Ca
Cu
K
S
52,7
25,42
4,98
1,55
4,54
G,871
2,75
G,688
Na
Zn
Pb
Co
Mn
Ti
Mo
Zr
2,G7
2,23
G,643
G,131
G,312
G,273
G,358
G,457
1-jadvalda keltirilgan qiymatlar shuni ko‘rsatadiki, boyitish fabrikasi chiqindisining 
kimyoviy tarkibida termirning miqdori sezilarli darajada ko‘p (ya’ni, 52,7%). Bundan tashqari
kremniyning miqdori ham sezilarli darajada (ya’ni, 25,42%). Bu holat shundan dalolat beradiki, 
mazkur materialning moddiy tarkibi asosan, temir va kremniyning kislorodli birikmalaridan 
tashkil topgan.
Boyitish fabrikasi chiqindisi tarkibidagi silikat ko‘rinishidagi temirni ajratib olish 
maqsadida dastlab, temirni silikatdan xalos qilish talab etiladi. Ushbu tadqiqotda esa temir 
silikatida temir oksidini ajratib olish uchun ko‘machlash usulidan foydalanildi. Silikat tarkibidan 
temir oksidini siqib chiqaruvchi reagent sifatida ohak (CaO) tanlangan.
2.2. Tadqiqot m etodlari
44


TEXNIKA YULDUZLARI
2022 yil 3 son
Boyitish fabrikasi chiqindisi tarkibidan temir oksidini siqib chiqarish uchun dastlabki 
material tarkibidagi temirning qanday birikma shaklidaligini aniqlash talab etiladi. Buning uchun 
ushbu tadqiqotda miqdoriy analiz usulidan foydalanildi. Bunda 100 g miqdorda o‘lchab olingan 
dastlabki material tarkibidagi temir va kremniyning foiz miqdorlarining mol miqdorlari orasidagi 
nisbat aniqlandi: nFe=52,7/56=0,941 mol, nSi=25,42/28=0,907 mol. U holda nFe:nSi mol 
nisbatlari 1:1 nisbatni tashkil etadi. Bu shundan dalolat beradiki, ushbu mol nisbatiga to‘g‘ri 
keladigan temir va kremniyning birikmasi F eO SiO
2
yoki FeSiÜ3 tarkibli mineral hisoblanadi. 
Demak, ohak ishtirokida ko‘machlash jarayoni FeSiO3 - temir (Il)-metasilikat birikmasi bilan 
olib borildi. Temir (Il)-metasilikat va ohak sistemasida oqib o‘tadigan kimyoviy reaksiyalarning 
termodinamik qiymatlarini aniqlashda ThermoBase-2,15 dasturidan va ularning Ellingem 
grafigini tuzish maqsadida Microsoft Excel dasturlaridan foydalanildi.
3. N atijalar va ularning muhokamasi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (ÜKMK) 2-mis boyitish fabrikasidan olingan 
chiqindi tarkibidagi temir oksidli va silikatli minerallar ko‘rinishida ekanligi aniqlangandan 
so‘ng bu chiqindini dastlab magnitli usulda fraksiyalarga ajratildi. Tadqiqot ishi uchun dastlab 10 
g dan jami 20 g boyitish fabrikasi chiqindisi elektron tarozida tortib olindi. So‘ng uni 
granulometrik tahlildan o‘tkazildi. Bunga ko‘ra, dastlabki ruda hovonchada quruq usulda 
zarrachalaming o‘lchami 1 mm dan kichik holatga kelguncha yanchildi (1-rasm).
1-rasm. Boyitish fabrikasi chiqindisining granulom etrik tahlili
Magnit toshi yordamida 2 xil fraksiyaga ajratilganda 8,35 g magnitlanmagan fraksiya 
qoldi. Demak, magnitli fraksiyaning miqdori 20-8,35=11,65 g ni tashkil etadi. Demak, boyitish 
fabrikasi chiqindisi tarkibidagi magnitlanadigan qismi quyidagicha foizni tashkil etadi.

Download 3.65 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 3.65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti texnika yulduzlari

Download 3.65 Mb.
Pdf ko'rish