Issiqlik texnikasi




Download 0.68 Mb.
bet4/6
Sana16.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#60166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu
2, 1 Masofaviy ta’lim tushunchasi Masofaviy o`qitish usullari Ma, S3O1 TextileFibers INGLIZ TILI, Ijtimoiy media tahdid va xavf-hatar Tayyorladi Xolboyeva Dilora-azkurs.org, Erkin mavzuda mozaika yasash, АЕЕТваГЖ 4-лабор, Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat-fayllar.org, 2-Topshiriq (2), 3-task, CamScanner 2023-10-20 22.54 (2) compressed, 1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditat, 140- MT AMALIYOT-2024

Texnikaviy termodinamika

Texnikaviy termodinamika issiqlik dvigatellarida ish bilan issiqlikning bir-biriga aylanishini o’rganish asosida fan sifatida tarkib topdi.

Issiqlik dvigatellarida issiqlikni ishga o’zgartirish ishchi jism yordamida amalga oshiriladi. Ichki yonuv dvigatellarida va gaz trubinalarida gaz, bug’ trubinalarida esa suv bug’i ishchi jism hisoblanadi.

Texnikaviy termodinamika issiqlik dvigatellarida ish bilan issiqlikning bir-biriga aylanishini o’rganish asosida fan sifatida tarkib topdi. Issiqlik dvigatellarida issiqlikni ishga o’zgartirish ishchi jism yordamida amalga oshiriladi. Ichki yonuv dvigatellarida va gaz trubinalarida gaz, bug’ trubinalarida esa suv bug’i ishchi jism hisoblanadi.

Modda tekshirilayotgandagi aniq fizikaviy sharoitlarni, binobarin tekshirilayotgan modda holatini aniqlovchi kattaliklar holat parametrlari deyiladi. Holat parametrlariga bir nechta kattaliklar kiradi:solishtirma hajm, absolyut temperatura, absolyut bosim, ichki energiya, entalьpiya, entropiya va boshqalar. Holat parametrlaridan eng qulayi va muhimi jismning absolyut bosimi, absolyut temperaturasi va solishtirma hajmi bo’lib, bu parametrlar asosiy termodinamikaviy holat parametrlari deyiladi.


Holat parametrlari
Bosim
Hajm
Ichki energiya
Entropiya
Harorat
Entalpiya
Asosiy termodinamikaviy holat parametrlari
Holat funksiyalari

Solishtirma hajm . Moddaning egallagan hajmini uning massasiga nisbati - solishtirma hajm deyiladi:

Solishtirma hajmga teskari kattalik, ya’ni modda massasining hajmiga nisbati - zichlik deyiladi:

Temperatura. Jismning isiganlik darajasini xarakterlovchi kattalik temperatura deyiladi.

Molekulyar - kinetik nazariyaga ko’ra jismning isiganlik darajasi shu jism molekulalari xaotik harakatining tezligiga bog’liq. Jismga issiqlik berilganda molekulalarining harakatlanish tezligi kattalashadi. Bunda jism qiziydi, ya’ni uning temperaturasi ko’tariladi. SHunday qilib, gazning temperaturasini gaz molekulalari o’rtacha kinetik energiyasining o’lchami sifatida qarash mumkin.


Download 0.68 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.68 Mb.