IV “2020 YIL BRENDI” MUKOFOTI UCHUN OVOZ BERISH OMMAVIY OFERTASI
Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda – oferta) “Milliy marketing markazi” korxonalar uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – MMM)ning xalq ovoz berishi to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda – (Shartnoma)ni tuzish to‘g‘risida barcha jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda – ovoz berish ishtirokchisi)ga yo‘llangan taklifidir.
Oferta Shartnomaning barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga oladi, MMMning taklifda ko‘rsatilgan shartlarda javob bergan har kim bilan Shartnoma tuzish ixtiyorini ifodalovchi taklif sanaladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369- moddasi 2- xatboshisiga muvofiq, ommaviy Oferta deb e'tirof etiladi.
Ovoz berish boshlanguniga qadar ovoz berish ishtirokchisi ushbu Oferta bilan tanishib chiqishi kerak. Agar u Oferta shartlariga mutlaqo yoki qisman rozi bo‘lmasa, u xalq ovoz berishida qatnashmasligi zarur.
Oferta shartlariga rozi bo‘lingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 365- moddasi 1- xatboshisiga muvofiq, ovoz berish ishtirokchisi Oferta akseptini sodir etgan paytdan boshlab Shartnoma tuzilgan sanaladi. Ovoz berish ishtirokchisining @makon_brand_bot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tishi ovoz berish ishtirokchisining ushbu Oferta bilan tanishib chiqqanligi, unga to‘liq rozi ekanligini anglatadi.
|