Iv ma’ruza. Quduqlarni favvoraviy usulda ishlatish jihozlari reja




Download 383.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi383.03 Kb.
#45920
  1   2   3   4
Bog'liq
1251730 (1)
SARVAR tavsiyanoma, 7, oferta bonus, Gibbs enrgiyasi1, INGLIZ TILI KURS ISHI YUZA, «neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi», 5-kurs sirtqi kundalik, ApplicationFile (4), essential english words 1, 1, Mehnat muxafaza ishchi, detalization 2023-09-01 2023-09-04 51, Xayrullayev.Zafar Loyihalash asoslari, 2


IV ma’ruza. QUDUQLARNI FAVVORAVIY USULDA
ISHLATISH JIHOZLARI
 
Reja: 
4.1. Favvora quduqlarini jihozlash 
4.2. Favvora armaturasi va manifold 
4.3. Favvora quduq usti jihozlari 
Tayanch 
iboralar: 
favvora, 
armatura, 
jihozlar, 
manifold, 
favvoralanish, ichki jihozlar. 
 
4.1. Favvora quduqlarini jihozlash
 
Favvora quduqlar yer usti va yer tagi jihozlaridan tashkil topgan. 
Yer usti jihozlariga tizma boshchasi, favvora armaturasi va otma tizimlar 
kiradi. 
Yer tagi jihozlariga NKQ-lari hamda ko‘targichlar kiradi. 
Favvora quduqlarida NKQ-lar suyuqlik va gazni yer ustiga ko‘tarib chiqadi, 
quduqning ish rejimini bajarish, tadqiqot ishlarini olib borish, smola, parafin 
yotqiziqlari bilan kurashish har xil geologik – texnik tadbirlarni (GTT) amalga 
oshirish, ishlatish tizmasini korroziya va erroziyadan himoya qilish, qumli 
tiqinlarning oldini olish va bartaraf qilish, yer osti va kapital ta’mirlash ishlaridan 
oldin quduqni to‘xtatib qo‘yish, har xil geologik – texnik tadbirlarda quduqning 
ishlatish tizmasini yuqori bosimda himoya qilish, quduqlarda ta’mirlash va ishlatish 
ishlari amalga oshiriladi. 
Favvora quduqlarida choksiz, bir butun ishlangan NKQ-lari qo‘llaniladi, 
diametri 48,3 mm-dan 114,3 mm-gacha, quvurning qalinligi 4 mm-dan, 7 mm-
gacha, uzunligi 5,5 metrdan 10 metrgacha (asosan 7-8 m) bo‘ladi. Quvur yuqori 
markali 1000 MPa bosimga chidamlidir. 
NKQ-lari silliq va tashqari uchi qalinlashtirilgan bo‘ladi. 
Silliq quvurlarning rez’bali qismining mustahkamligi butun qismini 80-
85%ni tashkil qiladi, quvurning uchi qismi tashqariga o‘tqazilgan, rezbali qismini 
mustahkamligi va quvur tanasining mustahkamligi bir xil. 
NKQ-lari silliq (quvur uzunligi bo‘yicha har xil o‘lchamdagi) va tashqi 
tomoni (qalinlashtirilgan) kirgizmali ishlab chiqariladi 
Quduqlarda qatlamdan neft bilan birgalikda qum chiqganda, quduq tubida 
NKQ-da qumli tiqinlarning paydo bo‘lishga olib keladi. Shuning uchun NKQ-larda 
suyuqlikning harakat tezligi oshiriladi, qum suyuqlik bilan birgalikda yer ustiga olib 
chiqiladi. 
Ta’mirlash–profilaktik ishlarni yoki har xil geologik–texnik tadbirlar amalga 
oshiriladi, oldindan quduqlarni to‘xtatish (uchirish) talab qilinadi. Quduqga 
tushirilgan NKQ yordamida quduq yengillashtiradi. 
Gaz suyuqlik aralashmasini quduq tubidan yer ustiga harakatini optimal 
sharoitini yaratish, quduq tubidan mexanik aralashmalarni va qumlarni yer ustiga 
chiqarish uchun ko‘taruvchi quvurlar quduqning tubigacha tushiriladi. 


Amaliyotda nasos–kompressor quvurlar favvora usulida ishlatilganda, quvur 
perforatsiya teshiklarining yuqori chegarasidagi teshikkacha tushiriladi. 
Mahsuldor qatlam zich tog‘ jinslari yotqizig‘idan iborat bo‘lsa, quduq 
ustunidan gaz ajralib chiqish boshlansa, NKQ – boshmog‘i neftni gaz bilan to‘yinish 
bosimining chegarasiga tushiriladi. Quduqning uzoq muddat favvoralanish uchun 
ko‘targichlar ishini shunday tashkil yetish kerakki, eng kam energiya sarf bo‘ladigan 
sharoitda yangi 
опт
Q
– optimal rejim bilan ishlatiladi.

Download 383.03 Kb.
  1   2   3   4




Download 383.03 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iv ma’ruza. Quduqlarni favvoraviy usulda ishlatish jihozlari reja

Download 383.03 Kb.
Pdf ko'rish