|
Xujjatlar o‘rtasida bog‘lanishlarini tashkil etish
|
bet | 4/7 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 26,17 Kb. | | #111884 |
Bog'liq IV. nazariy materiallar 18 – mavzu giperbog‘lanishlar-fayllar.orgXujjatlar o‘rtasida bog‘lanishlarini tashkil etish. Web-sahifasidagi giperbog„lanishlar xujjat
matnining bir qismi bo„lib hisoblanadi, shuning uchun u matn elementi kabi tegi yordamida beriladi.
Bu tegning yozilishi umumiy xolda quyidagi ko„rinishga ega:
giperyuborish matni
Bu yerda HREF atributi siz giperaloqa o„rnatmoqchi bo„lgan Web-sahifaning adresi. Agar siz
giperaloqa o„rnatmoqchi bo„lgan xujjat boshqa serverda joylashgan bo„lsa, bu atributning qiymati
Internetning (URL) to„liq adresi ko„rinishida (masalan, http://www.REFERAT.UZ/page.htm”) beriladi.
Agar siz giperaloqa o„rnatmoqchi bo„lgan xujjat lokal serverda, ya‟ni giperaloqa o„rnatilayotgan xujjatlar
bir serverda joylashgan bo„lsa, u xolda atributning qiymati qisqartirilgan URL ko„rinishida (masalan,
“…/LabPas/Lab1/htm”). Shuni ta‟kidlab o„tish lozimki, agar zarur xujjat joriy (hozir biz ishlab turgan)
xujjat bilan bir direktoriyaga joylashgan bo„lsa, u xolda HREF atributining qiymati sifatida zarur
xujjatning nomini yozish kifoya. Xujjatni brauzerda ochish qoidasini tasniflovchi ko„rsatmalr TARGET
atributi yordamida beriladi. Bu ko„rsatmalar boshqa kodlardan quyi chiziqqa (pastki chiziq) simvoli bilan
ajralib turadi. Bu atributning eng ko„p ishlatiladigan qiymatlaridan biri TARGET=”blank” bo„lib, bu
murojaat qilingan HTML xujjatni brauzerning yangi oynasida ochilishi zarur ekanligini ko„rsatadi.
TITLE atributi altirnativ matnni yaratish uchun mo„ljallangan. Agar foydalanuvchi sichqoncha
ko„rsatkichini giperyuborish matnining ustida biroz qimirlatmay tursa, u xolda kichikroq to„rtburchakning
ichiga yozilgan ko„rsatma (matn) paydo bo„ladi va u altirnativ matn hajjatning to„liq tasnifini o„z ichiga
olishi mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, tegi yordami bilan ichma -ich joylashgan bir tipdagi
elementlarni tashkil etish mumkin emas. Boshqacha aytganda bir giperyuborishning ichiga ikkinchisini
joylashtirish mumkin emas.
|
| |