Nisbiy va absolyut adres (URL)




Download 180.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana01.11.2022
Hajmi180.79 Kb.
#28696
1   2   3   4   5   6   7
Nisbiy va absolyut adres (URL). Giperaloqa o„rnatish uchun murojaat etilayotgan xujjatning 
koordinatlari (adresi) aniq bo„lishi shart. Shu adresni yozish shakli universal resurslar lokatori URL 
deyiladi va u WWW texnologiyasining tarkibiy qismidir.
URL talablaridagi HTTP tuzilmasiga ko„ra HTTP protokoli bo„yicha murojaat etilayotgan axborot 
resursining to„la adresi quyidagicha yoziladi:
http://user:password@domain.ru:port/path/some.html?query_string, 
bu yerda http – axborot almashinuv protokoli; user – iste‟molchining identifikatori; password – 
parol; domain.ru –serverning domen nomi; port – server xizmat ko„rsatayotgan TCP - port nomeri; path – 
serverning negiz katalogidan resurs fayligacha bo„lgan yo„l; some.html – resurs fayli; query_string – 
qidiruv ko„rsatmalari.
Bu ko„rinishda berilgan resurs adresi absolyut yoki to„liq adres deyiladi. Amalda HTTP tuzilmasi 
to„liq adresidan kamdan-kam foydalaniladi. Ko„pincha birinchi komponentlar yozilmaydi. Masalan, shu 
katalogning o„zidagi xujjatga gipermurojaat etishda oddiygina fayl nomi orqali aloqa o„rnatiladi. CGI-
skriptga murojaat quyidagicha bo„lishi mumkin:
 
Protokol nomi, domen nomi, port nomeri va URL ning boshlang„ich boshqa komponentlari 
yozilmagan. Bu xolatda murojaat qisman berilgan yoki URL ningg to„liqsiz shakli deyiladi.
Tabiiyki brauzer serverga murojaat qilishda negiz URL ga asoslanib, URL ning to„liq shaklini 
tiklaydi. Bunday ko„rinishdagi noto„liq adres ba‟zan nisbiy URL deb ataladi (negiz adresga nisbatan).
Odatda, boshqa ko„rsatma berilmasa, negiz adres sifatida joriy xujjat joylashgan katalog URLi 
qabul qilinadi. Agar URL "." yoki ".." belgilaridan boshlansa, nisbat shu katalogdan olinishini bildiradi. 
Agar URL "/" belgisidan boshlansa, nisbiy URL serverning negiz katalogiga nisbatan olinadi.
HTML da negiz adresni ko„rsatish yoki qayta belgilash imkonini beradigan BASE (yuqorida ko„rib 
o„tilgan) belgilash elementi mavjud. Dastlab bu konteyner faqat HTML-xujjat sarlavhasida ishlatilgan. 
Hozir uni xujjatning tashqarisida ham (masalan, HTML-redaktorlar yordamida xujjatlar yaratishda),
xujjat ichida ham ishlatilmoqda.
Agar tashqi saytga murojaat etish lozim bo„lsa absolyut murojaat – serverning nomi va protokol 
ko„rsatilgan to„liq yo„l beriladi: 
 Microsoft ning uy sahifasi  
 tegi formati:
 gipermurojaat matni  
href atributi qiymat murojaat bo„yicha o„tiladigan xujjatning URLini ko„rsatadi. Mumkin bo„lgan 
qiymatlar: 
http://... – www-xujjatga murojaat yaratadi; 
ftp://... –FTP-sayt yoki undagi faylga murojaat yaratadi; 
mailto:... – manzil maydoni to„ldirilgan xolda kliyent-pochta dasturini ishga tushiradi. Agar 
adresdan so„ng savol belgisi ko„yilsa, "&" belgisi bilan ajratilgan qo„shimcha atributlarni ko„rsatish 
mumkin; 
news:.. –yangiliklar serveri konferensiyasiga murojaat yaratadi; 
telnet://... –masofadagi mashinaga telnet-sessiyani ishga tushiradi; 
wais://... – WAIS–serverga murojaatni ishga tushiradi; 
gopher://... – Gopher-serverga murojaatni ishga tushiradi; 
bog„lanish turi va mashina adresi ko„rsatilmagan – joriy xujjat adresidan
foydalaniladi va nisbiy 
murojaat yaratiladi. Masalan, link Xujjatlar docs katalogidagi 
title.html faylga murojaat yaratiladi (joriy faylga nisbatan). 
target atributi gipermatn ko„rsatayotgan darcha (freym)ni aniqlaydi. Bu parametr faqat href 
parametri bilan birgalikda ishlatiladi. Uning qiymati yo mavjud freymlardan birining nomi, yoki quyidagi 
zaxiraga ajratib olingan nomlardan biri bo„lishi mumkin: 



_self – HREF parametrida aniqlangan xujjat joriy freymda aks etishi lozimligini ko„rsatadi; 
_parent –xujjat joriy freymni paydo qilgan ona freymda aks etishi lozimligini ko„rsatadi. Boshqacha 
qilib aytganda _parent joriy freymni ishga tushiruvchi FRAMESET ni o„z ichiga olgan darchaga murojaat 
etadi; 
_top –xujjat joriy freym tuzilmasining ona darchasida aks etishi lozimligini ko„rsatadi; 
_blank –xujjat yangi darchada aks etishi lozimligini ko„rsatadi.
Gipermatn murojaat konteyneri (ochish va yopish teglar) ichidagi matn  tegi atributlarida 
kontekst gipermatn murojaatlari uchun belgilangan rangda ajratiladi.
Agar bir papkada joylashgan bir web-xujjatdan boshqasiga o„tmoqchi bo„lsangiz to„liq adres yozish 
shart emas, faylga murojaat murojaatni yozish yetarli.

Download 180.79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 180.79 Kb.
Pdf ko'rish