ICARHSE  International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and




Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana25.10.2022
Hajmi282.02 Kb.
#28132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
59 (1)
Amaliy mashg\'ulot 1, 2 Курс Алгоритмларни лойиҳалаш CAL1316 HEMIS Student axborot, Chizgilar, Ozodbek, 123123123123
ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and 
Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org May 28
th
 2022
213 
dunyoning deyarli barcha davlatlari, shu jumladan O‘zbekistonda ham intellektual mulkning 
xalqaro almashinuviga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 12 oktabr kuni intellektual 
mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 
so‘nggi o‘n yilda 35 ta ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard so‘mdan 
ortiq iqtisodiy samara ko‘rgani, bu ishlanmalarni boshqa davlatlarning oltin qazish 
korxonalariga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini, o‘tgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 
110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutug‘i ro‘yxatga olingan 
bo‘lsada, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilganini [1] ta’kidlab o‘tib, bu soxada bir 
qancha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishimizni ta’kidlab o‘tildi. Bundan tashqari
Intellektual mulk agentligi tomonidan 2017-yilning 9 oyi davomida ixtirolarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish bo‘yicha 431 ta, 2018-yilning shu davrida esa, jami 456 ta talabnoma topshirilgan 
[2]. Patent hamkorlik shartnomasi asosida O‘zbekiston tomonidan ixtirolarni xalqaro tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazishda esa 2017 yilda 2 ta, 2018-yilda esa, 1 ta xalqaro talabnoma topshirilgan 
[3]. Bu esa, o‘z navbatida ixtirolarni xalqaro tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni nechog‘lik 
ahamiyatli ekanligini namoyon etadi. 
Sanoat mulki obyekti sifatida ixtironi xalqaro huquqiy himoya qilish muammosi zamonaviy 
sharoitda ayniqsa dolzarbdir, chunki ixtiro eng ilg‘or ilmiy fikrning timsolidir, u tijoratda 
amalga oshirish uchun ulkan salohiyatga ega. Shu bilan birga, huquqiy tartibga solishda hali 
ham ba’zi muammolar mavjud (masalan, O‘zbekiston Respublikasida patent egalarining 
huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikning aniq mexanizmi yo‘qligi va amaliy zararni 
undirish bir qator qiyinchiliklarga egaligi; fuqarolik qonunchiligida mutlaq huquqni o‘tkazish 
to‘g‘risidagi shartnoma (patentni boshqa shaxsga o‘tkazish) hamda ixtirodan foydalanish 
uchun litsenziya shartnomalari batafsil tartibga solinmaganligi). Bundan tashqari, mahalliy 
ixtirolarni xorijda huquqiy himoya qilish, xususan, bu tovarlarni eksport qilish, litsenziyalarni 
sotish, qo‘shma ishlab chiqarishni yaratishdagi muammolar ham mavjud. Huquqiy tartibga 
solishning ushbu muammolari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 
darajasida intellektual mulk huquqlarini tartibga solishga yagona yondashuvning yo‘qligi 
hisoblanadi.
1970 yilda Vashingtonda imzolangan Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi (PCT) shartnoma 
(PCT tarixi 1960 yillar o‘rtalaridan boshlangan) intellektual mulk sohasida tuzilgan eng muhim 
xalqaro shartnomalardan biridir. PCT shartnomasi asosan sanoat mulkini himoya qilish 
bo‘yicha Parij konvensiyasida belgilangan alohida mamlakatlarda individual talabnomalarni 
topshirish muammosini hal qilish va milliy patent idoralari ishining takrorlanishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun qabul qilingan [4].
PCT shartnomasida 155 nafar ahdlashuvchi davlatlarni o‘z ichiga olgan xalqaro hujjatdir [5]. 
PCT tizimi bir vaqtning o‘zida ko‘plab mamlakatlarda bir nechta alohida milliy yoki 
mintaqaviy patent talabnomalari o‘rniga bitta xalqaro patent talabnomasini topshirish orqali 
ixtiro uchun patent himoyasini izlash imkonini beradi [6]. Shuningdek, PCT tizimi talabnoma 
beruvchilarga bir necha davlatlarda o‘z ixtirolarini patentlashda, patent idoralariga patent 
berish to‘g‘risida qaror qabul qilishda yordam beradi va ixtirolarga oid ma‘lumotlar 
jamoatchilikka ma’lum qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, PCT shartnomasi 
rivojlanayotgan mamlakatlar patent tizimining ish samaradorligini oshirish va bu mamlakatlar 
aholisining ilg‘or texnik yechimlar, ixtirolar to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanishni 
osonlashtirish, patent himoyasini olish tartibini soddalashtirish va arzonlashtirish yo‘li bilan 
ularning iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. 



Download 282.02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ICARHSE  International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and

Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish