ICARHSE  International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and




Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana25.10.2022
Hajmi282.02 Kb.
#28132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
59 (1)
Amaliy mashg\'ulot 1, 2 Курс Алгоритмларни лойиҳалаш CAL1316 HEMIS Student axborot, Chizgilar, Ozodbek, 123123123123
ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and 
Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org May 28
th
 2022
214 
Shu o‘rinda, bir jihatga e’tibor berish lozimki, “xalqaro patent” (butun dunyo bo‘ylab himoyani 
ta’minlaydigan patent) degan yanglish tushuncha mavjud bo‘lib, noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. 
Patent faqat ma’lum bir mamlakatda (milliy patent) yoki mintaqaviy patent tizimlaridan birini 
tashkil etuvchi mamlakatlar guruhi (mintaqaviy patent. Masalan: Yevropa patent tashkiloti
Yevroosiyo patent tashkiloti) hududida amal qilishi mumkin. Ya’ni, dunyoning barcha 
mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida ixtiroga himoyani ta’minlaydigan xalqaro patent berish 
tartibi hozircha mavjud emas. Aynan shu sababli ham patent egasi o‘z ixtirosini bir paytning 
o‘zida dunyoning 155 ta mamlakatida himoya qilishi mumkin bo‘lganligi uchun ham PCT 
shartnomasining ahamiyati yuqoridir. 
“Xalqaro patent” tushunchasi haqidagi noto‘g‘ri tushuncha “xalqaro talabnoma” atamasining 
mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xalqaro talabnoma patent ham, patent olish uchun 
ariza ham emas. Xalqaro talabnoma – bu uni topshirgan shaxs o‘zini PCT tizimi nazarda 
tutilgan tartibda xorijiy davlatlarda huquqiy himoya olish niyati borligini e’lon qilgan hujjat 
hisoblanadi.
PCT tizimi bo‘yicha berilgan patent talabnomasi “xalqaro talabnoma” yoki “PCT talabnomasi” 
deb ataladi. Xalqaro ariza bitta qabul qiluvchi idoraga belgilangan tillardan birida topshiriladi. 
Xalqaro talabnomani topshirish natijasi patent berish emas, balki talabnoma beruvchining 
patent berish to‘g‘risidagi arizalarni milliy va mintaqaviy idoralarga xalqaro talabnoma 
topshirilgan sanagacha saqlanib qolgan ustuvorlik bilan taqdim etish huquqidir. 
Patent kooperatsiya shartnomasining 3-moddasiga ko‘ra, Xalqaro talabnomani PCT tizimi 
Ahdlashuvchi davlatlarining har qanday fuqarosi yoki ushbu davlatlarda yashayotgan shaxslar 
berishi mumkin. Agar xalqaro talabnomada bir nechta talabnoma beruvchilar bo‘lsa, ulardan 
biri ushbu talabga javob berishi kifoya. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, 
Xalqaro talabnoma – ariza, ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi, chizmalar hamda referatdan iborat 
tartibda tuziladi. So‘ng esa, xalqaro talabnomani ePCT orqali topshirish mumkin. ePCT – 10 
ta nashr tilidan iborat bo‘lgan, xavfsiz brauzerga asoslangan tizim bo‘lib, ariza beruvchilar, 
intellektual mulk idoralari va uchinchi shaxslar uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi. Tegishli 
kirish huquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 
(BIMT)ning xalqaro byurosi tomonidan saqlanadigan so‘nggi bibliografik ma’lumotlar va 
hujjatlarga kirish uchun o‘zlarining BIMT hisob qaydnomasidan foydalangan holda ePCT ga 
kirishlari mumkin. Ariza beruvchilar yangi xalqaro talabnomalarni topshirishlari va ePCT 
yordamida keyingi barcha jarayonlarni boshqarishlari mumkin [7]. 
PCT kelishuviga muvofiq xalqaro talabnomani topshirish tartibi ikki bosqichni nazarda tutadi: 
xalqaro va milliy(davlat)/mintaqaviy(Yevropa Ittifoqi intellektual mulk idorasi) [8]. Xalqaro 
bosqich uch bosqichdan iborat bo‘lib, ular majburiy va ikkita ixtiyoriy bosqichni qamrab olgan 
bo‘lib, ariza beruvchining iltimosiga binoan amalga oshiriladi. Milliy va ayrim hollarda 
mintaqaviy bosqich esa, sanoat mulki milliy va hududiy idoralari tomonidan patent berishning 
yakuniy tartibiga tegishli. PCT tizimi bo‘yicha ariza berishda ariza beruvchiga ariza milliy 
bosqichga o‘tishdan oldin ma’lum vaqt beriladi, chunki PCT shartnomasining 22-moddasi 
birinchi qismiga muvofiq milliy bosqichga kirishning maksimal muddati ustuvorlik sanasidan 
boshlab 30 oyni tashkil qiladi. Bitta xalqaro talabnomani topshirish, arizachi xalqaro arizasida 
ko‘rsatgan barcha mamlakatlarda alohida milliy yoki mintaqaviy arizalarni topshirish bilan bir 
xil ta’sirga ega. Xalqaro talabnoma quyidagi usullardan biri bilan tayyorlanishi mumkin: 
ePCT dasturida
PCT-SAFE dasturida; 
Talabnoma shaklini qo‘lda chop etish va to‘ldirish orqali [9]. 
PCT tizimiga xalqaro talabnoma topshirish paytida hech qanday to‘lov amalga oshirish shart 
emas. Xalqaro talabnoma topshirilgandan so‘ng, qabul qiluvchi idora arizani rasmiy 



Download 282.02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ICARHSE  International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and

Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish