• Uslubiy ko’rsatma III TIP
  • Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус




    Download 8.25 Mb.
    bet1/15
    Sana09.11.2022
    Hajmi8.25 Mb.
    #29664
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    3-тип 2020
    Avtomobil klasslari, Мартынова Е.А. Диссертация v2, 5-Laboratoriya ishi, ABTIV 2 tajriba ishi, 1-Мавзу , 1 Амалий машғулот, 0.Copy-Right-Form, AT va HXTEA-1-TEST-2022-100ta, ТЕПЛОСЧЕТЧИКИ, 10- maruza Sarvar, Statistika, Вахобов Санжарбек ТСЧ№ 849 Т 19 08 23 й, 1-ma\'ruza taqdimoti., 1-ma\'ruza

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI




    UMUMTEXNIKA FANLARI kafedrasi

    MEXANIKA


    (mashina va mexanizmlar nazariyasi) fanidan


    5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti), 5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar va qishloq xo’jalik mashinalari), 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish) hamda 5610600- Xizmatlar soxasi (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishi uchun kurs (ishi) loyihasini bajarish bo’yicha

    Uslubiy ko’rsatma




    III TIP

    NAMANGAN – 2020 YIL


    Ushbu uslubiy ko’rsatmada Mexanika (mashina va mexanizmlar nazariyasi) fanidan quyidagi 5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti), 5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar va qishloq xo’jalik mashinalari), 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish) hamda 5610600- Xizmatlar soxasi (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishi talabalariga kurs loyihasi (ishi) ni bajarish uchun zarur bo’lgan tavsiyalar, ko’rsatmalar keltirilgan.
    Tuzuvchilar: t.f.d., dots. Umurzaqov A.,
    t.f.d., dots. Turdaliyev V.,
    t.f.n. dots. Muxamedov J.,
    PhD. Abduvaxobov D.,
    O’qit. Qosimov A.
    Taqrizchi(lar): t.f.d. prof. Boyboboev N.

    Ushbu uslubiy ko’rsatma Umumtexnika fanlari kafedrasining «_____» «_________ » 2020 yildagi №_____- sonli bayonnomasi bilan muhokama qilingan va tavsiya qilingan.

    Uslubiy ko’rsatma Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya qilingan «____» «______» 2020 y. T/r № ____




    Kirish
    Mexanizm va mashinalar nazariyasi kursi mexanizmlar yaratish, loyihalash va ularni tekshirishning nazariy hamda amaliy usullarini o’rgatadi. Sifatli mashina yaratish muhandislik hisoblashlari bilan uzviy bog’lab olib boriladi va bu hisoblashlar alohida usullarga asoslanadi. Bu usullarga mexanizmning sxemasini to’g’ri tanlash va uni kinematikasini va dinamikasini hisoblash kiradi.
    Hozirgi texnika taraqqiyotining barcha sohalaridagi texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni savodli muhandis, malakali mutaxassislar boshqarishini talab qiladi. O’z navbatida har bir muhandis mexanizm va mashinalar loyihalash, ularni tekshirish, takomillashtirish usullarini yaxshi bilishi kerak.
    Mexanizm va mashinalar nazariyasi kursidan kurs loyiha (ishi) bajarilgandagina bu fan puxta va mukammal o’rganiladi. Kurs (ishi) loyiha bajarilish jarayoni bu kursning asosiy qismlarini o’z qamroviga oladi.
    Mexanizm va mashinalar nazariyasi kursi 5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti), 5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar va qishloq xo’jalik mashinalari), 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish) hamda 5610600- Xizmatlar soxasi (avtomobil transporti)ta’lim yo’nalishlariga bir semestr davomida olib boriladi.
    Avval richagli mexanizmlarini strukturaviy, kinematik va kinetostatikaviy tekshirishlar yuzasidan keyin tishli va kulachokli mexanizmlar yuzasidan kurs loyiha (ishi) lari bajariladi.
    Talaba mexanizmning tarkibidagi zveno, kinematik juft va sinfning geometrik va kinematik, dinamik parametrlarini hisoblash usullarining asoslarini yaxshi o’rganib chiqsa, u har qanday tuzilishga ega bo’lgan mexanizmni bemalol loyihalashi va tadqiq etishi mumkin.
    Ko’rsatmada yassi (tekis) mexanizm loyihalash va uni tekshirish usullari berildi. Bu ko’rsatma oliy o’quv yurtlari talabalariga mo’ljallab yozildi.

    Download 8.25 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 8.25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус

    Download 8.25 Mb.