• Foydalaniladigan adabiyotlar
  • 1.2.Kompyuter grafikasi asoslari 1.2.1. Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari
  • Ызбекистон республикаси олий ва ырта




    Download 43.07 Mb.
    bet4/83
    Sana13.05.2023
    Hajmi43.07 Mb.
    #59343
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    Ызбекистон республикаси олий ва ырта
    5-amaliy, IDROK PSIXOLOGIYA, 523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi, 7- sinf o\'zbekiston tarixi, 86768, yuldashov askar algaritm asoslari va algaritmik tillar, iiiiiiiiiiii, Reja Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi, 25-Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometric shakllari bilan tanishtirish, 2 илова, Xusni Obyektivka, 3d studio max dasturi, БИЛЕТЛАР IQTISODIY MATEMATIKA SIRTQI, 24-MAKTAB тавсиянома
    NAZORAT TOPSHIRIQLARI:
    1. Kompyuter grafikasi nima?
    2. Kompyuter grafikasining zamonaviy axborotlashgan jamiyatdagi roli va o’rni nimalardan iborat?
    3. Kompyuter grafikasining qo’llanilish ob’ektlariga misollar keltiring?
    3. Multimedia texnologiyasi deganda nimalar tushuniladi?
    4. Kompyuter grafikasi kursining vazifasi nimalardan iborat?
    5. Kompyuter grafikasi kursini o’qigan talabalar nimalarni bilishlari kerak?
    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    1. M.Aripov, A.Xaydarov, Informatika asoslari, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2006 y.

    2. T.Rixsiboev, Kompyuter grafikasi, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2006 y.

    3. Sh.Razzoqov, Sh.Yo’ldoshev, U.Ibragimov, Kompyuter grafikasi, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2006 y.

    4. A.O.Kotsyubinskiy «Risunki na kompyutere» - M., 2000g.

    5. F. Koburn, P.Makkormik «Corel Draw 9» - SPB., 2000g.

    6. A.Tayts «Photoshop – 5,5» - SPB, 2000 g.

    7. D.Rayan «Injenernaya grafika v SAPR» - M.,1989g.

    8. Fyodorenkov, Kimaev «Auto CAD 2002» - M., 2001g.

    9. D.Disalen «Auto CAD programmirovanie» - M., 1992g.

    1.2.Kompyuter grafikasi asoslari


    1.2.1. Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari

    Grafikni tuzish va uni tushunish uchun grafika elementlari ma’nosi va ularni turli holatlarda qo’shilishini o’rganish zarur.


    Grafik yordamida tayyorlanadigan voqeliklarni to’g’ri tushunish uchun uni tashkil etuvchi hamma elementlarining to’plami mavjud bo’lishi kerak. (shkalalar, sarlavhalar va h.k.)
    Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni ifodalashning fazoviy tasvirlanishi yoki qandaydir tekislikda shartli ravishda aks ettirish usullarining to’plamidir. Grafik tasvirlashning namunalariga geometrik kartalar, iqtisodiy analizning diagrammalar tizimi, korxonlarning struktura sxemalari va boshqalarni keltirish mumkin.
    Qandaydir fikrlar to’plamini ifodalovchi chizmalarni tuzish jarayonni grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa - grafika deyiladi. Grafika shartli ravishda voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo’llaniladigan hamma belgilar - bu g’oyalar belgisi, grafikning o’zi yaxlit holatda g’oyalar to’plamini ifodalashdir.
    Grafikaning ikki xil elementi ajralib turadi: grafik qiyofa va eksplikatsiya.
    Grafik qiyofa - bu chizmalar to’plami bo’lib, o’zaro bog’lanishlari bilan birgalikda tushuniladi.
    Eksplikatsiya - grafik obrazning ma’nosini ochib beradigan ma’lumotlar to’plami. Grafik obraz simvollik yoki geometrik shaklda bo’lishi mumkin.
    Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma’nosi uning geometrik shakliga bog’lanmagan bo’lib, sharoitga bog’liq holda tushuniladigan obrazlar simvolik obrazlarga tegishlidir.
    Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta bog’langan bo’lishi, aniq bir belgilar to’plami esa simvolikalar bilan ifodalanishi mumkin.
    Simvolik ko’rinishdagi ikki o’lchovli grafik obrazlar grafikani tashkil etadi.
    Geometrik ma’noga ega bo’lgan, shu shaklda biror tenglamani yoki tengsizlikni ifodalovchi obraz geometrik grafika deyiladi.
    Masalan, inflyatsiyaning o’sishini ko’rsatuvchi egri chiziq shu ko’rinishda emas, balki iqtisodiy kategoriya sifatida qiziqarlidir.
    Grafik obraz koordinata sistemasi yordamida masshtablashtirilgan shkal, o’lchov birligi nomli tur, grafika umumiy sarlavxasi, umumiy va xususiy tushuntirish usuli, sonlar chizig’i to’ldiruvchisi va qaytariluvchi sonlar sifatida tushuniladi.
    Grafik obraz butun son ko’rinishida ifodalanishi mumkin.
    Grafika eksplikatsiyasi uch xil ko’rinishga ega bo’lishi mumkin: geometrik, ideografik va xususiylashgan.
    Ideografik eksplikatsiya - shartli belgilarni ma’nosini tushuntiradi-figurali, chizikli, fonli va boshqalar (agar bu belgilar standartlashtirilmagan bo’lsa), bu shartli belgilar grafika elementlariga aniq bir ma’no bag’ishlaydi.
    Geometrik eksplikatsiya - koordinata o’qlari, to’r, shkalalar, masshtablar. Ular yordamida geometrik qiyofalar geometrik xususiyatlarga ega bo’ladi, chunki bu vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi.
    Xususiylashgan eksplikatsiya - sarlavhalar, tushuntirishlar (chiqish sonlari va belgilarga). Bu tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasi butun majmuasida qanday joy egallaganini ko’rsatadi va til nuqtai nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma’noga ega bo’lmaydi.
    Eksplikatsiyadan tashqari grafikada qo’shimcha ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin: raqamli ma’lumotlar, takrorlanuvchi qiymatlar va h.k. Grafika bilan ifodalanuvchi mantiqiy qayta ishlash joizdir, uni qandaydir belgisiga ko’ra guruxlash esa butun bir axborot to’plami to’g’risida hukm chiqarishga asos bo’ladi.
    Berilgan axborotlarni xronologik ketma ketligi buzilgan taqdirda, grafika butunligi taassuroti buziladi.
    Shunday qilib grafika - bu maxsus, fikran yaxlit xayoliy qurilmalarning (ansambllarning) ikki o’lchovli (yoki uch o’lchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi va uning eksplikatsiyasidir.
    Grafiklar qurishning texnologik asosini tashkil etish munosabati bilan, ularda ishlatiladigan shartli belgilarni ko’rib chiqamiz.
    Shartli belgilar - bular shunday chizmalarki, ular berilgan sifat ko’rsatkichlarini shartli belgilarda ifodalaydi. Bir xil tushunchalarni belgilashda - bir xil shartli belgilardan, turli tushunchalarni belgilashda turlicha belgilar ishlatiladi. Natijada, to’liq shu bilan birga darajalangan qiyofa vujudga keladi:
    figurali (harflar, raqamlar, ochiq va yopiq figuralar sxematik va kartina ko’rinishidagi tasvirlar);
    chiziqlar (nisbatlarni belgilash uchun, aloqa chiziqlari, geometrik o’lchovlarni ko’rsatish uchun (o’zinligi, yo’nalishi, ko’rinishi va h.k.);
    fon belgilari - maydon va yuzalarni rang bilan yoki shtrixlar bilan ularni xususiyatlarini ko’rsatish uchun qoplash.
    Shartli belgilar chizma yuzasida ma’lum bir tartibda joylashtiriladi. Masshtabsiz grafiklarda belgilar erkin montaj ko’rinishida, zonal va jadval turi ko’rinishida beriladi. Bu erda grafikani yorqinlashtiruvchi vosita sifatida rangdan foydalaniladi.
    Zonal turi - berilgan maydonni bo’laklarga bo’lib, har bir bo’lakka maxsus qiymatni biriktirib qo’yish. Har bir zona gorizontal yoki vertikal polosa shaklida bo’lib, o’z sarlavxasiga ega bo’ladi.
    Jadval turi - bu o’zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat.
    Grafiklarni tuzishda, uning texnologik asoslarini ko’rishda uning yuklash muammosini - grafikka chiqariladigan chizmalar sonini ham nazarda to’tish kerak. Bu erda qo’yiladigan asosiy talab - grafik tomonidan ko’rsatiladigan kompleksning eng asosiy qismlari birinchi navbatda ko’rsatilib, detallar soyada, ikkinchi navbatda ikkinchi darajali detallar, uchinchi navbatda yordamchi detallar ko’rsatiladi va hakozo.
    Grafikning yuklamasini kamaytirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
    1. Ketma ket detallashtirish usuli (bitta grafik o’rniga, dastlabkisiga o’xshash grafiklar seriyasi tuziladi).
    2. Ulanish usuli (umumiy tizimga birlashtirilgan va bir necha turli xil nuqtalardan olingan tasvir).
    3. Asosiy kontur usuli (umumiy konturga ega bo’lgan grafiklar seriyasini tuzish va har bir grafikka o’z xarakteriga mos keluvchi chizmalar tushirish).
    4. Oddiy solishtirish usuli (bir biriga bog’lik bo’lmagan va bir xil qoidalar asosida tuzilgan grafiklarni to’plash).



    Download 43.07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 43.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва ырта

    Download 43.07 Mb.