• Foydalaniladigan adabiyotlar
  • 1.4. Kompyuter grafikasining operatsion tizimlari 1.4.1. Kompyuter grafikasi operatsion tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi
  • Ызбекистон республикаси олий ва ырта




    Download 43.07 Mb.
    bet8/83
    Sana13.05.2023
    Hajmi43.07 Mb.
    #59343
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
    Bog'liq
    Ызбекистон республикаси олий ва ырта
    5-amaliy, IDROK PSIXOLOGIYA, 523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi, 7- sinf o\'zbekiston tarixi, 86768, yuldashov askar algaritm asoslari va algaritmik tillar, iiiiiiiiiiii, Reja Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi, 25-Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometric shakllari bilan tanishtirish, 2 илова, Xusni Obyektivka, 3d studio max dasturi, БИЛЕТЛАР IQTISODIY MATEMATIKA SIRTQI, 24-MAKTAB тавсиянома
    Nazorat topshiriqlari

    1. Passiv mashina grafikasi deganda nima tushuniladi?


    2. Interaktiv mashina grafikasi deganda nima tushuniladi?
    3. Vektor kompyuter grafikasi deganda nima tushuniladi?
    4. Rastrli tasvir deganda nima tushuniladi?
    5. Rastrli tasvir deganda nima tushuniladi?
    6. Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan displeylar qanday sezuvchanlikka ega?


    Foydalaniladigan adabiyotlar:
    1. M.Aripov, A.Xaydarov, Informatika asoslari, O’quv qo’llanma, Toshkent,2006 y.

    1. T.Rixsiboev, Kompyuter grafikasi, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2006 y.

    2. Sh.Razzoqov, Sh.Yo’ldoshev, U.Ibragimov, Kompyuter grafikasi, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2006 y.

    3. A.O.Kotsyubinskiy «Risunki na kompyutere» - M., 2000g.

    4. F. Koburn, P.Makkormik «Corel Draw 9» - SPB., 2000g.

    5. A.Tayts «Photoshop – 5,5» - SPB, 2000 g.

    6. D.Rayan «Injenernaya grafika v SAPR» - M.,1989g.

    7. Fyodorenkov, Kimaev «Auto CAD 2002» - M., 2001g.

    8. D.Disalen «Auto CAD programmirovanie» - M., 1992g.



    1.4. Kompyuter grafikasining operatsion tizimlari
    1.4.1. Kompyuter grafikasi operatsion tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi

    Operatsion tizim deganda kompyuter resurslarini boshqarish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va ularni tashqi qurilmalar va boshqa dasturlar bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlash hamda foydalanuvchini kompyuter bilan muloqatini ta’minlashni amalga oshiruvchi dasturiy vositalar majmui tushuniladi. Bunda resurs deganda kompyuterning tarkibiy qismlari - mikroprotsessor, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar, ular tomonidan beriladigan imkoniyatlarni tushunish kerak. Har bir kompyuter operatsion tizim bilan ta’minlanib, u mashina ulanganda har doim yuklanadi. U foydalanuvchi uchun hisoblash tizimi bilan qulay muloqot (interfeys) usulini ta’minlaydi. Bunda dastur va foydalanuvchi interfeysi bo’lishi mumkin.


    Dastur interfeysi - qurilmalar va dasturlarni hisoblash mashinasida birgalikda ishlashini ta’minlovchi vositalar majmuidir.
    Foydalanuvchi interfeysi - foydalanuvchini dastur yoki kompyuter bilan birgalikda ishlash dasturiy va apparat vositalaridir.
    Kompyuter grafikasi operatsion tizimi ko’p masalali, ko’p darchali, foydalanuvchining grafik interfeysli tizimli muhitdir. U MS DOS operatsion tizimi ustidan qurilgan grafik qobiq bo’lib, odatda MS DOS dan ishga tushiriladi.
    Ko’pchilik operatsion tizimlar avvalgi kamchiliklarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni qo’shish orqali o’zgartiriladi va takomillashtiriladi. Vorislikni saqlab qo’lish maqsadida operatsion tizimning yangi turlanishi qaytadan nomlanmasdan versiya nomini oladi. Operatsion tizim versiyalari odatda 6.00, 7.00, 3.1, 2.1, 3.5 va sho’nga o’xshash o’nli kasr ko’rinishida belgilanadi. Bunda nuqtagacha bo’lgan sonning ortishi operatsion tizimga jiddiy o’zgarishlar kiritilishidan, biroz o’zgartirishlar (masalan, faqat xatorlarni to’g’rilash) kiritilganini aks ettiradi. Versiyaning asosiy raqam soni qancha katta bo’lsa tizim ham shuncha ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladi.
    Operatsion tizimlar quyidagicha tasniflanadi:
    bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar soniga ko’ra: bir foydalaniluvchilik, ko’p foydalaniluvchilik;
    tizim boshqaruvida bir vaqta bajarilidagan jarayonlar soni bo’yicha: bir masalali va ko’p masalali;
    operatsion tizim kodining xonaliligi bo’yicha: 8 xonalik, 16 xonalik, 32 xonalik va 64 xonalik;
    interfeys turiga ko’ra: buyruqli (matnli) va ob’ektga mo’ljallangan (grafikli);
    foydalanuvchining kompyuterga kira olish turiga ko’ra: paketli ishlash, vaqtni bo’linishi va real vaqt.
    resurslardan foydalanish turiga ko’ra: tarmoqli va lokal.
    Hozirgi vaqtda quyidagi operatsion tizimlar teng tarqalgan:
    1.Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi (MS DOS), u 1981 yilda IBM PC kompyuterining paydo bo’lishi bilan yaratilgan. Operatsion tizimning bu oilasi birmasalali bo’lib, quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
    Kompyuter bilan muloqot foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan buyruqlar yordamida amalga oshiriladi;
    Tizimning modulligi, tizimni boshqa kompyuterlarga o’tkazilishini osonlashtiradi;
    Tezkor xotiraning nisbatni kichik hajmi (640 Kbaytgacha) bilan ishlash.
    DOS operatsion tizimining muhim kamchiligi ruxsatsiz kirishdan himoya qilish vositalarining yo’qligidir.
    2.OS/2 operatsion tizim oilasi 1987 yil shaxsiy kompyuterlarning yangi PSG’2, AT oilalarini yaratilishi munosabati bilan IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
    OS/2 ko’p masalali ikkinchi avlod operatsion tizimidir. U 32 xonali, grafikli, ko’p masalali IBM PC bilan moslashtirilgan operatsion tizimdir. Bu tizim bir necha amaliy dasturlarni parallel ishlashini va aytni paytda, bir dasturni ikkinchisidan hamda operatsion tizimni unda ishlayotgan dasturdan himoyaslashni tashkil qilish imkoniyatlarini beradi. OS/2 operatsion tizim DOS tizimi bilan moslashtirilgan bo’lgani uchun ma’lumotlardan DOSda ham, OS/2da ham hech qanday o’zgartirishlarsiz foydalanish imkoniyatini beradi.
    OS/2ni bir necha o’zgartirilgan variantlari mavjud: OS/2 Warp 3.0; OS/2 Warp Connect; OS/2 Warp Server/
    OS/2 ning, asosiy kamchiligi - ilovalarning kamligi, MS DOS yoki WINDOWSga qaraganda bu tizimni kamroq ommoboplikka olib kelgan.
    3. UNIX oilasiga mansub operatsion tizim-32 xonali, ko’p masalali. Bu oilaning eng kuchli tomoni shundaki, birgina tizimning o’zi turli xil kompyuterlarda - superkompyuterdan to shaxsiy kompyutergacha foydalaniladi.
    DOS va WINDOWS uchun yaratilgan ko’pgina amaliy dastur ilovalari UNIXda xam foydalanilishi mumkin.
    4. Real vaqt operatsion tizim oilasi tizimning ma’lum kafolatlangan ta’sir vaqtida ega. Bu tizim asosan ASUTP da, uzluksiz ishlab-chiqarish va jarayonlarda qo’llaniladi. Real vaqt operatsion tizimlari ichida keng tanilganlari - RTMX, AMX, OS-9000 va boshqalar bo’lib, DOS va UNIX tizimlari bilan moslashtirilgan.
    5. Windows oilasi operatsion tizimi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ko’p masalali, qulay grafik interfeysi bilan ta’minlangan.

    Download 43.07 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




    Download 43.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва ырта

    Download 43.07 Mb.