• Nazorat uchun savollar
  • Kompyuter grafikasi operatsion tizimlari tuzilishi va tarkibiga qo’yiladigan asosiy talablar




    Download 43.07 Mb.
    bet9/83
    Sana13.05.2023
    Hajmi43.07 Mb.
    #59343
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
    Bog'liq
    Ызбекистон республикаси олий ва ырта
    5-amaliy, IDROK PSIXOLOGIYA, 523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi, 7- sinf o\'zbekiston tarixi, 86768, yuldashov askar algaritm asoslari va algaritmik tillar, iiiiiiiiiiii, Reja Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi, 25-Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometric shakllari bilan tanishtirish, 2 илова, Xusni Obyektivka, 3d studio max dasturi, БИЛЕТЛАР IQTISODIY MATEMATIKA SIRTQI, 24-MAKTAB тавсиянома
    1.4.2. Kompyuter grafikasi operatsion tizimlari tuzilishi va tarkibiga qo’yiladigan asosiy talablar

    Hozirgi vaqtda kompyuter grafikasi operatsion tizimlarining turli xillari mavjud bo’lib, foydalanuvchi ularni ishlatayotganda uning tarkibi va tuzilishiga muhim talablar qo’yadi.


    Ma’lumki, mukammal tizim bo’lmaydi, ularning har biri o’zining kamchiligi va afzalliklariga ega. Uni tanlashda foydalanuvchi o’zining talablarini aniq ifodalab, tanlagan tizim asosida o’zining masalasini samarali echilishini ta’minlashi kerak. Operatsion tizimlarga qo’yiladigan bu talablarga quyidagilar kiradi:
    qanday tashqi qurilmalar bu operatsion tizimni ishonchliroq va samarali qo’llab quvvatlaydi;
    kompyuter grafikasi operatsion tizimi foydalanuvchi ehtiyojini qanchalik to’la qondira olishi, ya’ni tizimning asosiy funktsiyalari nimalardan iboratligi;
    operatsion tizim foydalanuvchi bilan qanday usulda muloqot qilishi, ya’ni uning interfeysini qanchalik qulay, tushunarli, ko’rimli va odatiy;
    tizimda ma’lumot beruvchi vositalar, o’rnatilgan ma’lumotnomalarni va boshqalar borligi;
    tizimning ishonchliligi, ya’ni foydalanuvchining xatolarida, uskunalarning buzilishiga chidamliligi;
    operatsion tizimning tarmoqlar tashkil qilishga beradigan imkoniyatlari;
    kompyuter grafikasi operatsion tizimi boshqa operatsion tizimlar bilan moslashuvchanligi;
    operatsion tizim amaliy dasturlar ishlab chiqish va foydalanish uchun qanday asbob vositalariga egaligi;
    tizimda har xil milliy tillarni qo’llab-quvvatlay olishi;
    operatsion tizim bilan ishlaganda qanday zamonaviy amaliy dasturlar paketidan foydalanish mumkinligi;
    berilgan tizimda axborotlar hamda tizimni o’zini himoyalanishi qanday amalga oshirilishi.
    Shu bilan birga kompyuter grafikasi operatsion tizimini o’zi o’z navbatida shaxsiy kompyuterning apparat vositalariga ham qattiq talablar ko’yadi. Kompyuter grafikasining zamonaviy tizimlari muvaffaqiyatli ishlashi uchun quyidagilar zarur:
    protsessorning 486 modeli va undan yuqorisi;
    4 MG baytdan kam bo’lmagan tezkor xotira (odatda 8 MG bayt, yaxshisi 16 MG bayt talab qilinadi);
    videoadapterning moslashuvchanligi;
    qattiq diskda zarur bo’lgan bo’sh joylarni bo’lishligi, 60, 90 MG bayt bo’lishi.
    Microsoft Windows ko’p masalali, ko’p darchali tizimli muxitdir, foydalanuvchining rivojlangan grafikli interfeysni bilan ta’minlangan tizim muhitidir. MS DOS operatsion tizim ustidan tuzilgan grafikli qobiqdir. Bu qobiqning grafikli interfeysi foydalanuvchi uchun komfort sharoit yaratadi va dastur va ma’lumotlar bilan ularning grafik tasviri orqali muloqot qilish imkoniyatini beradi.
    Nazorat uchun savollar:

    1. Kompyuter grafikasining operatsion tizimi deganda nima tushuniladi?


    2. KGOT qanday asosiy belgilar bo’yicha guruxlarga bo’linadi?
    3. Operatsion tizimlarning qanday asosiy turlari mavjud?
    4. KGOTning strukturasiga va tarkibiga qo’yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
    5. MS DOS qanday asosiy funktsional qismlardan tashkil topgan?
    6. Fayl tizimi nima degani?
    7. Tashqi qurilmalar drayverining asosiy vazifasi nimadan iborat?
    8. Microsoft Windows ning asosiy grafik vazifasi nimalardan iborat?
    9. Microsoft Windows ning asosiy grafik imkoniyatlari qanday standart ilovalarda ifodalangan?

    Download 43.07 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




    Download 43.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasi operatsion tizimlari tuzilishi va tarkibiga qo’yiladigan asosiy talablar

    Download 43.07 Mb.