Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning tarixi




Download 98.43 Kb.
bet4/12
Sana21.06.2022
Hajmi98.43 Kb.
#24158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Samandar
AYOLLAR YENGIL KOYLAGI DIPLOM ISHI, Rustam diplom ishi, 1-Rus tili oraliq javoblari, EHM кафедра хужжати, Ftizyatriya hammasi
Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning tarixi
Texnologiyalar juda tez rivojlanib, yaqindagina g‘aroyib voqelik bo‘lib tuyulgan narsalar bugungi kunning tabiiy holatiga aylanmoqda. Aslida, bugun bilan ertaning oraliq masofasi juda yaqin bo‘lsada, go‘yo “Uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmas” maqoliga o‘xshash: “Bugunning gapi ertaga to‘g‘ri kelmay” bormoqda. Shunisi qiziqki, ilgari biror kasb egasi bo‘lish uchun fan asoslaridan bilim olishning o‘zi yetarli bo‘lgan bo‘lsa, davrimizning zamon bilan hamnafas mutaxassisi fan yangiliklarini o‘zlashtirishga ba’zan ulgurmay ham qolyapti. Bugungi kunda katta imkoniyatlar taqdim etgan fan yangiliklari go‘yo ertangi kungacha yanada yangi qirralarini ochib, boyib bormoqda. Kechagi yangiliklar esa asta tarix zarvaraqlaridan joy olib, o‘tmishga aylanmoqda. Axborot tashuvchi qurilmalar avlodlari va ularning tarixi bilan tanishish maqsadida “Aloqa tarixi muzeyi” bo‘ylab sayohatimizni davom ettiramiz. Shunday qilib, navbatdagi sahifamiz zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalarga bag‘ishlanadi. Tarix taraqqiyoti mobaynida axborotlarni saqlashga turlicha yondashilgan. Bunda axborotni qancha vaqt va qanday saqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Agar axborot oz bo‘lsa, uni yodda saqlash, kitoblarda bitish bilan cheklanish mumkin edi, biroq davrimiz axborotlari sonining keskin o‘sishi sharoitlarida ularni saqlash va uzatish masalasi alohida ahamiyatga molik. Axborotni saqlash — bu axborotni makon va zamonda tarqatish usulidir. Axborotning saqlanishi uni saqlovchi, tashuvchi qurilmalarga ham bog‘liq. Hozirgi davrda ko‘plab axborotni ixcham holda saqlash va tezkor ulanib, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud. Axborot tashuvchi vositalar — ma’lum bir axborot hajmini saqlash yoki uzatishga xizmat qiladi. Magnit yozuvlari orqali axborotlarni saqlash va uzatish mazkur sohadagi yanada ishonchli imkoniyat hisoblanadi. Bu borada fikr yuritilganda, avvalo po‘lat simga yozilgan magnit yozuvlarini eslab o‘tish lozim. Bunday usuldagi yozuvlarni amalga oshiruvchi qurilmani ilk bor 1878-yilda Edison laboratoriyasiga tashrif buyurganidan ta’sirlangan Oberlayn Smit (Oberlin Smith) 1888-yilda ishlab chiqqan. Biroq dastlabki po‘lat simli magnit yozuvlarini amalga oshiruvchi qurilma daniyalik muhandis Valdemar Poulsen (1869–1942) tomonidan faqatg ina 1895-yilga kelib, ishlab chiqilgan. Ixtirochi qurilmani «telegrafon» deb atagan.

Magnit lentalari. Ma’lumki, axborot tashuvchi vositalar qatorida magnit lentalaridan ham keng foydalaniladi. Magnit lentalari o‘tgan asrda ishlab chiqilgan axborot saqlovchi qurilma bo‘lib, magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa egiluvchan magnit qatlamli lentalardan iborat. Magnit lentasi, magnit tasma — sirtiga magnit qatlami surtilgan yupqa lenta bo‘lib, tovush (nutq, musiqa)ni yozib olish va qayta eshittirish uchun foydalaniladi. Magnit lentasining ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid, xrom (II) oksid va kobalt qo‘shilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diasetat va triasetat plyonka ishlatiladi. Kompakt-kasseta. Kompakt-kasseta (ingliz tilidan, Compact Cassette), audiokasseta (ingliz tilidan, Music Cassette, MC) yoki shunchaki kasseta — axborotni magnit lentasida tashuvchi qurilmadir. Birinchi navbatda, tovush, nutqlarni, shuningdek, raqamli axborotni yozish va saqlashda keng qo‘llaniladi. Yozuvlar kengligi 3,81 mm va qalinligi odatda, 9 dan 27 mkmgacha bo‘ladi, ikki (mono) yoki to‘rt (stereo) yo‘lakchalariga ega magnit lentasiga yoziladi va saqlanadi. Odatda, kassete lentasi harakat tezligi 4,76 sm/s.ni tashkil etgan. Ko‘pgina ikki kassetali qurilmalarda tezlik 9,53 sm/s.ni, diktofonlarda esa 2,38 sm/s.ni tashkil etadi. Dastlabki kompakt-kassetalar 1963-yilda Philips korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Kompakt-kassetalarning foydalanishda nisbatan arzon va qulay va eng ommabop (o‘tgan asr 70-yillaridan 90-yillarining oxirigacha bo‘lgan davr mobaynida) audiotashuvchi (axborot yozishda eng ommabop hisoblanadi), biroq XXI asrda ular kompakt-disklar (jimladan, CD-R va CD-RW) bilan siqib chiqarildi.



Kompakt-disk («CD», «Shape CD», «CD-ROM», «KD PZU»)lar — optik axborot tashuvchi disk shaklidagi, markazida teshikchali, axborotlar lazer yordamida o‘qiladigan qurilmalardir. Kompakt-disklar boshidanoq audioni raqamli o‘qishga moslashtirilgan (Audio-CD), biroq hozirgi vaqtda katta hajmli axborotlarni saqlash qurilmasi sifatida qo‘llaniladi (CD-ROM). Audio-kompaktdiski formati bo‘yicha ma’lumotlar uchun kompakt-disklardan farq qiladi va CDpleyerlarda o‘qiladi. CD disklar — bu kompakt disk so‘zlarining bosh harflaridan olib, nomlangan disklar bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo‘lib, ma’lumot qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o‘qiladi. DVDdisklar — bu dijital video disk so‘zlarining bosh harfidan iborat qisqartma bilan nomlangan disklar hisoblanadi. Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo‘lib, CD disklarga nisbatan 7 barobar ko‘p axborot sig‘dirishi mumkin. Har ikkala turdagi disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o‘qish va saqlash xususiyatiga ega bo‘lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega. Hozirgi davrda ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW ko‘rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o‘chirish va qayta yozish mumkin. Optik disklarga yozish jarayoni lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli yozuvlar zichligi magnitli usulda yozuvlarni amalga oshirishdan ham yuqori darajada bo‘ladi. Optik diskning axborot sig‘imi (disk diametri 130 mm. bo‘lganida) 1 Gbayt va (disk diametri 300 mm. bo‘lganida) 2–4 Gbaytni tashkil etishga mo‘ljallangan. O‘tgan asr 90-yillarining oxirida yangi, hujjatlarni saqlash uchun yanada istiqbolli, raqamli-universal DVD-ROM turidagi DVD (Digital Versatile Disk), DVD-RAM, katta sig‘imli (17 Gbayt) DVD-R videodisklari paydo bo‘ldi. Optik, magnitooptik va raqamli kompakt-disklar texnologiyasi bo‘yicha 3 asosiy turda qo‘llaniladi: 1. Axborot o‘chirilmaydigan disklar (CD-ROM). CD-ROM odatda raqamli, ovozli dasturlar hamda dasturiy ta’minotni saqlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan 650 Mbayt sig‘imga ega bo‘lgan. 2. Bir marta yozish va ko‘p martalik o‘qishga mo‘ljallangan, biroq o‘chirish imkonini bermaydigan disklar (CD-R; CD-WORM — Write-Once, Read-Many — bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish mumkin). Ulardan elektron arxivlar va bank ma’lumotlarini saqlashda foydalaniladi. 3. Ko‘p marta qayta yozish/o‘chirish imkonini beruvchi reversiv optik disklar (CD-RW; CD-E). Bunday disklarni ishlab chiqish texnologiyasi murakkab bo‘lganligi bois, ularning narxi ancha yuqori. Hozirgi davrda raqamli usulda yozilgan optik (lazerli) disklar hujjatli axborotlarni saqlashda eng ishonchli vosita hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, axborotni saqlashda nanotexnologiyalardan foydalanib, yanada ixcham axborotni saqlash, uzatish qurilmalarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Nanotexnologiyalar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan jahon olimlari kelajakda shunday qurilmalar ishlab chiqilib, ular minglab lazer disklari o‘rnini bosishi mumkinligi haqida xabar bermoqdalar. Tabiiyki, sahifalarimizda insoniyat tarixida yaratilgan barcha axborot tashuvchi vositalar (masalan, CD-R, Blue Ray, magnit barabanlari va boshqalar) haqida so‘z yuritishning imkoni yo‘q, bu juda ko‘p vaqtni talab etgan bo‘lardi. Sohaga qiziquvchilar uchun mazkur qurilmalar haqida ixtisoslashgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida barcha ma’lumotlar bayon etilgan, shuningdek, «Aloqa tarixi muzeyi»ga tashrif buyurib, ulardan namunalar va zarur ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Download 98.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 98.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning tarixi

Download 98.43 Kb.