|
kabi dunyodagi eng yirik tog’ tizimlari joylashgan. Eng baland cho’qqi -Bog'liq Jahon-ijtimoiy-iqtisodiy-geografiyasi-kabi dunyodagi eng yirik tog’ tizimlari joylashgan. Eng baland cho’qqi -
Jomolungma tog’i bo’lib, uning balandligi 8848 mdir. Mamlakatning shimoli-
g’arbi tekisliklardan, sharqi esa o’rta va past tog’liklardan tashkil topgan, daryo
tizimi zich joylashgan bo’lib, ular yil bo’yi sersuvdir. 0 ’rmonlar mamlakat
hududining 1/10 qismida joylashgan.
Mamlakat hududi bo’ylab yonilg’i resurslari va rudali foydali qazilma
boyliklarining zaxirasi katta miqdorda mavjud. Toshko’mir, temir va marganets
rudalari, boksitlar va rux, qalay, surma, volfram (dunyo zaxirasining 3/5 qismi),
molibden, simob, noyob metallar, titan rudalari, osh tuzi va boshqa tuzlaming
zaxirasi byicha Xitoy yetakchi mamlakatlar safiga kiradi. Xitoyning markaziy
hududlari foydali qazilmalarga boy. Jumladan, ularning hissasiga ko’mir
zaxirasining 40 foizi, misning 52 foizi va oltingugurt kolchedanining 42 foizi to’g’ri
keladi. Neft va gazning aniqlangan zaxiralari (12-13 mlrd. t) bo’yicha mamlakat
neft eksport qiluvchi yetakchi mamlakatlardangina ortda. Mutaxassislarning
fikriga qaraganda, 2008 yil oxirigacha Xitoy oltin qazib olish hajmi byicha bu
sohada 1905 yildan beri peshqadam bo’lgan Janubiy Afrika Respublikasidan
zib o’tib, dunyo birinchiligini qo’lga kiritadi.
Biroq mamlakat iqtisodiyotining jadal odimlab borishi natijasida turli
resurslarga talab oshib bormoqda. Chunonchi, bugungi kunda misga blgan
talabning 40 foizi, neftning 34 foizi, kaliy tuzlarining esa 90 foizi import evaziga
koplanmoqda. Defitsit blayotgan foydali qazilmalar safida, eng awalo, neft,
tabiiy gaz, mis va xromni aytish mumkin. Shuningdek, talabning haddan tashqari
yuqoriligi tufayli volframning ham aniqlangan zaxiralari miqdori tobora
|
| |