Jamiyat falsafasi




Download 0,82 Mb.
bet6/20
Sana30.05.2024
Hajmi0,82 Mb.
#257405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
11-MAVZU назарий

BRITANIYa
Britaniyada ham cherkovlar yopilmoqda. Endi esa, yaqindagina xudoga ibodat qilib turilgan makonlar o’rniga shoping-markazlar va hatto barlar ochilmoqda.
Birlashgan Qirollik hukumati kompaniyalarning ishchi-xodimlari ochiqchasiga xoch taqib yurishini taqiqlovchi va bunday xatti-harakatlar ularni ishdan haydashga sabab bo’lishi haqidagi taklifni ham qo’llab-quvvatladi. Shuning bilan birga, xuddi o’sha hukumat bolalar uchun Shveysariyada ishlab chiqarilgan prezervativ savdosiga ruxsat berib qo’ydi. Britaniyada yosh qizlar salomatligi haqida qayg’urib qo’yishni ham unutganlari yo’q. Oksfordshirlik talaba qizlar SMS xabarlari yordamida... kontrasepsiya (homilaning oldini olish) vositalarini (!) buyurtma qilish imkoniyatiga ega bo’lishgan (Ya’ni, turmushga chiqmagan qizlar haqida gap bormoqda – Abu Muslim). Tabletkalarni yosh qizlarga maktabdagi hamshiralar yetkazib turishadi. Bunday "zamonaviy" buyurtma xizmatidan o’quvchi qizlar 11 yoshga to’lgan vaqtlaridan e’tiboran foydalanishlari mumkin. Ushbu dastur mahalliy ma’muriyat hamda Birinchi tibbiy yordam fondi hududiy bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan.
NORVEGIYa
Norvegiyada ahloq darajasi mavjud barcha chegaralardan ham tuban holatga keldi. Jinsiy buzuqlar paradlarida bolalar ham ishtirok etmoqda. Ularning qo’llarida gomoseksualizm va bir jinsli nikohlarni targ’ib qiluvchi transparantlarni ham ko’rish mumkin. Lut qavmiga ergashuvchilarning paradlari bu mamlakatlarda jamoat va shaharning umumiy bayramlariga aylanib bo’ldi. Ota-onalar va bolalarning xatti-harakatlarini yuvenal adliya idoralari o’zlarining to’liq nazoratiga olgan. Asosiy rasmiy g’oya – bolalarni tarbiya qilishda ularning biologik ota-onalari ustuvorlikka ega bo’lmasligi kerak. Ota-onalar o’z farzandlarini jazolagani, hatto shirinlik bergani uchun ham bolani ulardan olib qo’yishlari mumkin. Bolalarga beriladigan shirinlik miqdori qat’iy nazorat qilinishi kerak. Norvegiyada yig’lash qonunan ta’qiqlangan, ko’z yoshlari – ruhiy beqarorlik alomati. Yuvenal adliya sababli o’z farzandidan ayrilgan onaning ko’z yoshlari sudda uning ruhan beqaror va aqlan zaif ekanining dalili sifatida ko’riladi va “aybni” yanada og’irlashishiga xizmat qiladi.

Download 0,82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 0,82 Mb.