Jamiyat taraqqiyotining asosi-ma’rifatdir” mavzusida Ma’ruza




Download 27.46 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi27.46 Kb.
#43056
  1   2
Bog'liq
Жамият тараққиётининг асоси
maxsus fan referat, Raximov Farhod, kurs ishiii, Izuchaem Java Keti Syerra i Bert Beyts, SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO, 133. mavzu, 7-8 ma\'ruza uchun umumiydan, konstitutsiya, Бухгалтерия xисоби 1 kисм, САВОЛНОМА 2023 ПТМ ўқув меъёрий ҳужж БЎЙИЧА, Kompyuterlarni tarmoqqa ulashning asosiy maqsadi nima, Mustaqil ish Mavzu Adobe Photoshop dasturida tasvirlar hosil qi, Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida, 1. Tarmoq protokoli tushunchasi

“Tasdiqlayman”
Konimex tuman kasb- hunar
maktabi direktori________
A. Xudayberdiyev

Jamiyat taraqqiyotining asosi-ma’rifatdir” mavzusida


Ma’ruza

Bugun olam ahlini tashvishga solayotgan globallashuv zamonida yoshlarning ongi va shu­urini egallashga qaratilgan tahdidlar turli sohalarda misli ko‘rilmagan darajada ortib bormoqda. Bu ayniqsa, axborot sohasida ko‘proq kuzatilmoqda. Aytaylik, dunyoda zamonaviy axborot vositalari kirib bormagan biron bir manzilni topish amrimahol.


Har bir fuqaro o‘zi istagan har qanday ma’lumotni internet saytlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali bemalol qabul qilish imkoniga ega. Ayni paytda tele-radiokanallar murvatini burasak, matbuot nashrlarini varaqlasak yoki internet olamida sayohat qilsak, hech shubhasiz, foydali axborotdan ko‘ra zararlilariga ko‘proq duch kelamiz. Ayniqsa, hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yigit-qizlar ularni real haqiqat sifatida qabul qilib, yolg‘on va uydirma gaplarga aldanib qolishi hech gap emas. 
Yer yuzidagi bir qator nodavlat va jamoat tashkilotlari hamda xususiy kompa­niyalar mazkur muammoning, ya’ni internetning yoshlar ongiga ta’siri va u keltiradigan zararning oldini olish maqsadida ma’lum ishlarni amalga oshirmoqdalar. Masalan, mustaqil xalqaro tashkilot – Internet mazmunini baholash assotsiatsiyasi (ICRA) ota-onalarni ularning farzandlarini tarmoqda kutilayotgan ko‘ngilsizlik va xavf haqida ogohlantirish, kibermakonda bolalarni noto‘g‘ri axborotlardan himoyalash va so‘z erkinligini ta’minlash yuzasidan tahsinga sazovor ishlarni bajarib kelmoqda. Ota-onalarga mavjud muammolar haqida maslahat va ko‘mak beradigan kiberfarishtalar (Cyberangels) – Internetda bolalar huquqini himoya qilishga yo‘naltirilgan Yevropadagi ilk tashkilotga (unga Kanada va AQSH davlatlari ham a’zo bo‘lgan) 1995 yili asos solingan. Mazkur tashkilot muammolar yechimini topish yuzasidan keng ko‘lamda tadqiqotlar o‘tkazish bilan birga mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda “Bolalarni asraylik” (Save the Children) Xalqaro huquqiy tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasida, AQSH­dagi 15-17 yoshdagi o‘smirlarning 85 foizi, Kanada yoshlarining 93 foizi, muntazam ravishda Internetdan foydalanishi ma’lum bo‘ldi. Kommunikatsiya vositalari tad­qiqoti Assotsiatsiyasi (Associ­ation for the Research of Communikation Media)­dan olingan ma’lumotga ko‘ra internetdan foydalanish bo‘yicha o‘smirlar katta yoshdagilarni 2004 yildayoq ortda qoldirgan.
Mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yutuqlarini puxta egallagan, har tomonlama barkamol yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hukumatimiz olib borayotgan yoshlar siyosatida ular faolligini oshirish va dunyoqarashlarini yanada yuksaltirish, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquq­buzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kungacha ayni shu masalaga oid 40 dan ortiq qaror va farmonlar e’lon qilingan bo‘lib, ular mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan ezgu sa’y- harakatlarning yorqin ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qaror va farmonlarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat tar­g‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Fanlar akademiya­si, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda viloyat hokimliklari hamkorligida turli-tuman tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bundan maqsad yoshlarning huqu­qiy madaniyatini yuksaltirish, ular qalbida islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishdir.
Qayerda yoshlar bekor qolsa, ular ongida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi illatlarning maqsad-muddaosi ham xuddi shunday bo‘shliq holatlarida namoyon bo‘ladi.
“Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoluvchi yagona kuch – ma’rifatdir”. “Ilm o‘rganinglar, ilm: zulmatda quyosh, vahshatda hamroh, yolg‘izlikda yo‘ldosh, begona yurtda sirdosh, og‘ir damda rahbar, dushmanga qarshi quroldir” deydi Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.
Ma’naviyat va ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berib, uni hayotiy ehtiyojga aylantirgan mamlakat har qanday ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni bartaraf eta oladi. Bunday mamlakat turli xavf-xatarlarni yengib o‘tib, o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsadiga erishadi. Xalqi ma’rifiy-mafkuraviy jihatdan yetuk bo‘lmagan mamlakat esa tabiiy-iqtisodiy boyliklari behisob, harbiy jihatdan qudratli bo‘lgan taqdirda ham buyuk davlat bo‘la olmaydi. Ilmsizlik insonni jaholat sari yetaklaydi.
Shunday ekan, jamiyat a’zolari, ota-onalar, muallimlarning muhim burchi – yoshlarimizni ilm-ma’rifat sari ruhlantirish bilan birga ular ongiga siyosiy-g‘oyaviy kurashchanlik fazilatlarini singdirib borishdan iboratdir. Tarixda xalqimiz tinchlik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, bunyodkorlik kabi insoniy fazilatlarni qadrlab kelgan millat sifatida e’tirof etilgan. Ayniqsa, muqaddas qadriyatlarni e’zoz­lash, ota-onani hurmat qilish, Vatanni ulug‘lash kabi an’ana va udumlarimiz dunyo xalq­larini o‘ziga rom qilib kelgan. Shu millat davomchilari bo‘lmish bugungi avlod tafakkurida siyosiy-g‘oyaviy kurashchanlik fazilatlarini shakllantirish alohida ahamiyatga ega. Siyosiy-g‘oyaviy kurashchanlik – bu avvalo turli zararli g‘oyalar, mafkuralar va oqimlarga qarshi nazariy-amaliy immunitetdir. Yuksak bilim va tafakkurga ega bo‘lish bilan birga g‘oyaviy kurashchanlik fazilatini ham o‘z ongiga singdira olgan yoshlar har qanday vaziyatda ham o‘zligini yo‘qotmaydi.
Dar­haqiqat, yoshlar – kelajagimiz mevalari. Xalqaro mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab va tahlikali davrda kelajak avlodimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, xalqimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqyealarga daxldorlik hissini oshirish, tinch-farovon hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi tinimsiz kurash olib borish vazifasi bu ishlarni yanada kuchaytirishni talab etmoqda…



Download 27.46 Kb.
  1   2




Download 27.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat taraqqiyotining asosi-ma’rifatdir” mavzusida Ma’ruza

Download 27.46 Kb.