Jamiyat tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti qonunlari. Jamiyat insoniyatning umumiy oilasi. Jamiyat mavjudligining moddiy va manaviy omillari. Jamiyat taraqqiyotining turli XIL nazariyalari




Download 15.47 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi15.47 Kb.
#23614
Bog'liq
Mustaqil ish.Esse
Falsafa.Ashurov Sanjar, hisoblash, Kiritish, xursand 1 lab, 1

Esse
Jamiyat" tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti qonunlari. Jamiyat - insoniyatning umumiy oilasi. Jamiyat mavjudligining moddiy va manaviy omillari. Jamiyat taraqqiyotining turli xil nazariyalari. Jamiyat rivojida tadrijiylik va vorislik. Jamiyat tarixi va taraqqiyotiga sinfiy qarash hamda ijtimoiy ziddiyatlarni mutlaqlashtirishning zarari.
Taraqqiyotning ozbek modeli-jamiyat rivojining tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi. Uning asosiy tamoyillari, milliy va planetar ahamiyati, iqtisod va manaviyat. Iqtisodiy rivojlanishning manaviy taraqqiyotga bog’liqligi. Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish vazifalari. Iqtisodni boshqarish va mafkuraviy jarayonlar.

Jamiyat falsafasi va taraqqiyotning ozbek modelini organishning ahamiyati. Yosh avlodda ijtimoiy-falsafiy bilimlarni shakllantirish va taraqqiyotimizning tamoyillari tog’risida ilmiy xulosalar xosil qilish zarurati.


Inson olamning tarkibiy qismi. Odam, inson, individ va shaxs tushunchalari. Inson tarixning yaratuvchisi va eng ulug’ ijtimoiy qadriyat. Antropologiya - inson tog’risidagi fan. Insonning jamiyatdagi ornini zamonaviy talqinlari. Insonning tabiati va mohiyati. Inson mavjudligi: tana (jism) va ruh (manaviyat uyg’unligi). Inson borlig’i: tabiiy jonzot, biologik zot, ijtimoiy vujud. Insonning manaviy - ruhiy olami. Shaxsning tabiiy, ijtimoiy va manaviy - psixologik xususiyatlari. Maqsad va manfaatlar inson borlig’ining tamoyillari sifatida.
Mustaqil Ozbekistonda demokratik jamiyat qurish, inson qadri va erkinliklari. Inson manfaatlari, uning moddiy va manaviy ehtiyojlari. Islohotlar - inson manfaatlarini kozlab amalga oshirilayotgan jarayon. Bozor munosabatlariga otish sharoitida ijtimoiy himoya qilish tamoyili.
Inson muammosini organishning tarbiyaviy zarurati va ahamiyati. Ozbekistonda ozod Vatan va erkin hayot qurish vazifalarining yoshlar manaviy kamoloti bilan uyg’unligini taminlash - zamonaviy ta`lim-tarbiya ishining mezoni sifatida.
Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).

Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir.
Download 15.47 Kb.




Download 15.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti qonunlari. Jamiyat insoniyatning umumiy oilasi. Jamiyat mavjudligining moddiy va manaviy omillari. Jamiyat taraqqiyotining turli XIL nazariyalari

Download 15.47 Kb.