Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz oʻtkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va taʻlim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida taʻlim tizimida ham turli fanlarni oʻqitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat talabalarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda koʻplab psixologik va ilgʻor pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT talabalarlarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar taʻkidlanayotganining guvohi boʻlmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish taʻlim jarayonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va talabalar tomonidan qiziqish bilan oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Taʻlim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos boʻlgan taʻlimga yangicha yondashuv shakllana boshladi.
YUNESKO1 AKT taʻlimning ochiqligi va haqqoniyligini taʻminlashga, oʻqitish va oʻqitish sifatini oshirishga va oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, tegishli siyosat,
texnologiyalar va imkoniyatlarga ega boʻlgan holda, AKT taʻlimni boshqarish, yetakchilik va maʻmuriyatni yaxshilashga yordam beradi.
YUNESKO taʻlimda AKTdan foydalanish yoʻllariga har tomonlama yondashadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti taʻlim sohasidagi kirish, qoʻshilish, tenglik va sifat masalalarini hal qiladigan aloqa va axborotlashtirish, taʻlim va tabiiy fanlar sohalarining birgalikdagi faoliyatiga katta eʻtibor qaratmoqda.
YUNESKO ning taʻlimda AKT dan foydalanish dasturlariga quyidagilar
kiradi:
taʻlimda mobil oʻqitish texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha
salohiyatni oshirish;
oʻqituvchilarga AKTdan kasbiy faoliyatining barcha jabhalarida foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni, “Oʻqituvchilar uchun AKT vakolat doirasi” kabi vositalardan foydalangan holda oʻrgatish;
ochiq litsenziyalar orqali qayta foydalanish uchun mavjud boʻlgan koʻp tilli taʻlim resurslari va dasturiy taʻminotini yaratish va foydalanishni ragʻbatlantirish (ochiq taʻlim resurslari - OER; bepul manbali dasturiy taʻminot
- BOOOOIK);
- taʻlimda AKTdan foydalanish boʻyicha statistik maʻlumotlarni yigʻish va koʻrsatkichlarni ishlab chiqish.
Pedagogik taʻlim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish masofaviy oʻquv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini, pedagoglar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, taʻlim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy
vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik taʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
oʻrgatuvchi dasturlar – talabalarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiradi;
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va koʻnikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qoʻllaniladi;
mashq qildirgichlar - avval oʻzlashtirilgan oʻquv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Dasturiy taʻminotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy pedagogik vosita (UPV)», «oʻquv pedagogik dasturi (OʻPD)»,
«avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimi (AOʻT)», «oʻqitishning yangi axborot texnologiyasi (OʻYaAT)» kabi atamalar bilan qayd etish, bir obʻektga turlicha nom berish tadqiqotchilarning oʻzaro fikr almashinuviga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Biz bundan keyin taʻlim jarayonida qoʻllanadigan dastur vositalarini «pedagogik dasturiy vositalar (PDV)» atamasi bilan qayd etamiz. Zero, mashgʻulot jarayoni yaxlit bir tizim boʻlib, u ham maʻlumotlarni bayon qilish, ham namoyish qilish, ham mashq qildirish, ham nazorat qilish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Shu bois mashgʻulot jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan dastur vositalarining barcha turlarini yaxlit bir tizim sifatida qarab umumiy nom bilan PDV deb aytish maqsadga muvofiq hisobalanadi.
Pedagogik dasturiy taʻminotni rivojlantirishni baholash, birinchi navbatda, pedagogik dasturiy taʻminotning asosiy tushunchalarini, tasnifi va turlarini oʻrganish kerak.
“Pedagogik dasturiy taʻminot” konsepsiyasi boshqacha talqin etiladi, ammo koʻpchilik olimlarning fikrlari oʻxshashdir. Misol uchun, Kuxtin D.V “Pedagogik dasturiy taʻminot taʻlim tizimini oʻrganish jarayonida foydalanish
uchun moʻljallangan alohida dastur va dasturiy paket hisoblanadi” deb taʻriflaydi.2
N.N.Gorlushkina “Pedagogik dasturiy taʻminot kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida oʻquv jarayonini texnologik qoʻllab-quvvatlash” ekanligini taʻkidlaydi.3
PDVlar oʻz maʻlumot omboriga, shuningdek, modellashtiruvchi, boshqaruvchi, oʻrgatuvchi, nazorat qiluvchi sifatlarga ega boʻlib, taʻlimning koʻrgazmaliligini taʻminlaydi, taʻlim subʻektlari faoliyatini tezkor tahlil etish, nazorat qilishga moʻljallanadi.
Hozirga qadar yaratilgan PDVlarning qator xususiyatlarini ajratib koʻrsatish mumkin. Dastlabki PDVlar algoritmik tillarni oʻrganishga moʻljallangan boʻlib, ular bilimlarni formallashtirishda ishlatilgan. Keyinchalik PDVlarni yaratishga matematik mantiq nuqtai nazaridan yondashilgan. Ularda dasturlashtirilgan taʻlim prinsiplariga rioya qilib, oʻquv materialini mantiqan bogʻliq qismlarga ajaratish, talabalar oʻzlashtirishini individuallashtirish, talabalar oʻzlashtirishini tezkor baholash kabi talablar hisobga olingan. Hozir taʻlimda kompyuterdan foydalanish texnologiyasi ancha taraqqiy qildi. Endi yaratilayotgan PDVlar kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan toʻliq foydalangan holda taʻlim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga yoʻnalgan, zamonaviy taʻlim jarayoni mohiyatini oʻzida kompleks gavdalantiradigan dastur vositasi boʻlmogʻi lozim.
Yuqori sifatli PDVlar talabalarda ijodkorlikni tarbiyalash, axborotlarni qabul qilish, ularga ishlov berish, talabalar oʻzlashtirishini muntazam nazorat qilish, taʻlimning turli shakllarda olib borilishiga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish, taʻlim natijasini uzluksiz tekshirib turish, talabalar faoliyatini tashhiz qilish va kelgusi mashgʻulotlarni tashkil qilish boʻyicha tegishli tavsiyalarni
ishlab chiqish, u yoki bu axborotning talabalar faoliyatida optimal takrorlash chegaralarini belgilash imkoniyatlarini oshiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar anʻanaviy oʻquv nashrlariga qoʻyilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Biz quyida pedagogik dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz:
Taʻlimda ilmiylik, fan-texnika va texnologiyalar soʻnggi yutuqlarining hisobga olinishi pedagogik dasturiy vositalar mazmunining chuqurligi va ishonchliligini taʻminlaydi. Oʻquv materiallarini pedagogik dasturiy vositalar yordamida oʻzlashtirish jarayoni oʻqitishning zamonaviy usullari asosida amalga oshiriladi. Masalan tajriba, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, oʻxshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi, shu bilan birga matematik modellashtirish va tizimli tahlil metodlari.
Oʻqitishning erishuvchanlik talablari pedagogik dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi va taʻlim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos oʻquv materialini oʻrganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash zaruratini bildiradi. Oʻquv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, aks holda taʻlim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi.
Oʻqitishning muammoliligini taʻminlanadi. Agar taʻlim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi ortadi. Ushbu didaktik talabning pedagogik dasturiy vositalar yordamida bajarilish darajasi, anʻanaviy darsliklar va qoʻllanmalardan koʻra, sezilarli ravishda yuqori boʻladi.
Pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishning koʻrgazmaliligini taʻminlash – taʻlim oluvchilar tomonidan oʻrganilayotgan obʻektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruratini bildiradi.
Oʻqitishning ongliligi, taʻlim oluvchining mustaqilligi va faolligini taʻminlash talablari – oʻquv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda oʻquv axborotini jalb qilish boʻyicha taʻlim oluvchilarning mustaqil
ishlashlari uchun pedagogik dasturiy vositalar bilan taʻminlashni koʻzda tutadi. Bunda taʻlim oluvchi uchun oʻquv faoliyati yoʻnaltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar boʻyicha pedagogik dasturiy vositalar tizimli faoliyatli yondashuv asosida ishlab chiqilishi kerak.
Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda oʻqitishning tizimliligi va ketma-ketligi – oʻrganiladigan fan sohasidan bilim va koʻnikmalarning taʻlim oluvchilar tomonidan tizimli oʻzlashtirilishini anglatadi. Bilim, koʻnikma va malaka – taʻlim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qoʻllanilishi zarur. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurligi aniqlandi:
oʻquv materialini tizimlashtirilgan tartibda tavsiya qilish;
oʻquv materiallari yuzasidan shakllanadigan bilim va koʻnikmalarning rivojlanib borishiga erishish;
oʻrganilayotgan oʻquv materialining fanlararo bogʻliqligini taʻminlash;
oʻquv materiali va taʻlim beruvchi taʻsirlarining uzatilish ketma- ketligini chuqur oʻylab koʻrish;
bilim berish jarayonini mantiqiy ketma-ketlik asosida qurish;
-pedagogik dasturiy vositalar tavsiya qilgan axborotlarni oʻqitishning mazmuni va uslubi, taʻlim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bogʻliq holda tanlanishi kerak, masalan, mazmunli oʻyin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va obʻektlar modellarini tavsiya qilish yoʻli bilan amaliy faoliyatga bogʻlashni taʻminlash.
Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda bilimlarni mustahkam oʻzlashtirish – talabalarning oʻquv materialini mustahkam oʻzlashtirishlari uchun, ularning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Pedagogik dasturiy vositalarda oʻqitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalari bajarilishi taʻlim vazifasidagi anʻanaviyligiga zamin yaratadi. Taʻlimni kompyuterlashtirish ikki yoʻnalishda davom etmoqda: kompyuter savodxonligini taʻminlash va kompyuterdan oʻquv fanlarini oʻqitishda foydalanish. Birinchi yoʻnalish boʻyicha maʻlum natijalarga
erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib oʻtish joiz: amaliyotda oʻrgatuvchi dasturlar deyarli yoʻq; PDVlarni yaratishga mutaxassis olimlar keng jalb qilinmagan; dastur vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasidan maktab oʻqituvchilari deyarli xabardor emas; PDVni yaratish texnologiyasining oʻzi haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan mukammal tadqiq qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, talabalarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirilmagan.
Shunday ekan, ikkinchi yoʻnalishga eʻtiborni sezilarli darajada kuchaytirish zamon talabiga javob bera oladigan PDVlarni yaratish vaqti yetib keldi. Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish jarayonida ham prinsp va talablarni hisobga olish kerak. Gorushkin N.N.ning prinsplari orasida 4 guruhni aniqlaydi:
talabalarning fiziologik xususiyatlari;
kompyuter texnikasining texnik imkoniyatlari;
dizayndagi pedagogik tavsiyalar;
yaratilgan pedagogik dasturlarga tizim yondashuvi;
I.Robert pedagogik dasturiy vositalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan asosiy talablarga quyidagilarni keltiradi:
pedagogik talablar
texnik talablar
ergonomik talablar
estetik talablar4
Taʻlimni kompyuterlashtirish jarayonini endi toʻxtatish yoki orqaga qaytarish mumkin emas. Taʻlimni «… kompyuterlashtirishni toʻxtatib boʻlmaydi, taʻlimda kompyuterni qoʻllash, - deb yozgan edi ye.I.Mashbits, - orqaga qaytmaydigan jarayon. Bu oʻz-oʻzidan amalga oshadi degani emas.
Uning harakati maorif tizimi bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan olimlar, oʻqituvchilar, yangi hisoblash texnikasi va dastur taʻminotini yaratuvchilariga koʻproq bogʻliq». Shu bilan birga «Kompyuter mavjud taʻlimga oddiy «qoʻshimcha» - oʻqitishning texnik vositalari qatoriga kiradigan navbatdagi yangilikgina emas. U taʻlim tizimining barcha komponentlariga, jumladan, uning uslublari va mazmuniga ham taʻsir koʻrsatadi. Bizning davlatda (sobiq Ittifoq nazarda tutilyapti - A.H.) kompyuterli taʻlimni samarali tashkil etish uchun yaxshi nazariy poydevor mavjud. Biroq bu nazariyalarning asosiy koʻrsatmalari oʻqitish tizimi va dasturlarini ishlab chiquvchilar qoʻlida foydali qurilma boʻla olishi uchun ular toʻldirilishi lozim».
Darhaqiqat, kompyuterli taʻlimni taʻminlash uchun pedagoglar bu ishning hamma uchun, barcha oʻquv fanlarini oʻqitishni samarali tashkil etish uchun muhimligini anglashlari lozim. Oliy taʻlim muassasalarida kompyuterdan foydalanish samaradorligi faqat texnika vositalarining mavjudligi bilan belgilanmasdan, ularga mos PDVlarning mavjudligiga bogʻliqligini hamma tushunishi va tan olishi zarur.
Hozirga qadar kompyuter vositasida bilim berishni amalga oshirish uchun maktabni texnika bilan taʻminlash va oʻqitish predmeti mazmunini yoritadigan dastur tuzish (yoki biror joydan olish) kifoya degan fikrlar ham uchrab turadi. Bu yerda bilim berish jarayonida uslubiy taʻminotning asosiy roli eʻtibordan chetda qoladi. Mashgʻulotni oʻtishda mukammal kiritish, zarur oʻrinlarida uni takrorlash imkoniyatlari oshadi. Ishlangan PDV va chuqur oʻylangan uslubiyatning yoʻqligi kompyuter yordamida tashkil etiladigan mashgʻulotlar samaradorligining pasayishiga sabab boʻlmoqda.
Kompyuterlashtirish yoʻli bilan taʻlimni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning yangi - sifat bosqichiga oʻtiladi. Unda oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatidagi bogʻlanish, aloqalar tubdan oʻzgaradi, taʻlim mazmuniga pedagogik ishlov berish uslubiyati yangilanadi, oʻquv materialini toʻliq oʻzlashtirish davri boshlanadi, taʻlim modul xarakteriga ega boʻladi, teskari aloqa mohiyati jihatidan yangilanadi, taʻlimga qoʻshimcha va oʻzgartish.
Elektron taʻlim resurslaridan foydalangan holda taʻlim quyidagi maqsadlarga qarab bir necha yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
birlashtirilgan taʻlim (sinf ishi va talabalar va oʻqituvchilarning elektron taʻlim muhitidagi faoliyati)
web-quvvatlash bilan mashgʻulotlar (asosiy taʻlim jarayoniga qoʻshimcha)
onlayn taʻlim (sinfsiz elektron taʻlim orqali intizomni oʻzlashtirish)5 Bundan 30 yil ilgari kompyuterli taʻlim, taʻlimni kompyuterlashtirish, maktab taʻlimida kompyuterdan foydalanish haqida tasavvurga ham ega emas edik. Endi davr oʻzgardi. Ulkan, qimmatbaho va foydalanish murakkab boʻlgan EHMlar endi koʻzimizga maʻlumotlarni qayta ishlash uchun ishonchli va qulay boʻlgan vositaga oʻxshab koʻrinmoqda. Uning maorif sohasida ham keng qoʻllanilayotganligining guvohi boʻlayapmiz. Kompyuterlarni taʻlimda qoʻllash ufqlari oydinlashib, ularni taʻlim jarayonida qoʻllash usullari, vositalari,
prinsiplarini asoslashga urinishlar paydo boʻlmoqda.
Kompyuterli taʻlim boshqa pedagogik qarashlarni inkor qilmaydi. Kompyuterning katta imkoniyatlari borligini unutmaslik kerak. Agar ilmiy asoslangan PDVlarni tayyorlash yoʻllari atroflicha tadqiq qilinsa, taʻlim subʻektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini toʻliq oʻrgansa, yoshlarning taʻlim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi.
Qiyin kechayotgan boʻlsa-da, kompyuterli taʻlim amaliyoti shakllanib bormoqda. Informatika, matematika, fizika, kimyo, geografiya, chet tili kabi oʻquv fanlaridan PDV yaratish yoʻllari keng oʻrganilmoqda. Shunga qaramasdan, taʻlimni kompyuterlashtirish sohasida qator qiyinchiliklar ham mavjud. Kompyuterli mashgʻulotlarni tashkil qilish uchun kompyuterlarning miqdor jihatidan yetishmasligi, maktablardagi kompyuter rusumlarining har xilligi, kompyuter asosida mashgʻulotlarni tashkil etish uslubiyatining ishlab
chiqilmaganligi, mavjud PDVlarning mukammal emasligi, ilmiy asoslangan PDVlarning yoʻqligi kabilar shunday qiyinchiliklarga sabab boʻlmoqda.
Xullas, respublikamizda taʻlim muassasalarini, jumladan, umumiy oʻrta taʻlimda PDVlarni oʻqitishni kompyuterlashtirish amaliyoti sohasida qator muammolar mavjud.
Birinchi muammo - kompyuterlarning tanqisligi, ayniqsa, chekka tumanlarda ularning yetishmasligi. Bu muammoning yechimi koʻpgina omillarga bogʻliq. Zero, kompyuterning oʻzi ancha qimmat turadi. Respublikamiz miqyosida taʻlimni kompyuterlashtirish, barcha oʻquv fanlarini kompyuter asosida oʻqitishga oʻtish, shu yoʻl bilan taʻlimning samaradorligiga erishish uchun bir necha oʻn minglab kompyuter talab qilinadi. Shuningdek, yaroqsiz boʻlgan, eskirgan kompyuterlarni yangisi bilan almashtirishga toʻgʻri keladi. Shu tufayli taʻlimni kompyuterlashtirishning eng qulay yoʻlini izlashga ehtiyoj tugʻiladi. Fikrimizcha, mazkur muammoni hal qilish boʻyicha izlanishlarni IHTAdan boshlagan maʻqul. Bunday yoʻl tutishni maʻqullab A.A.Kuznetsov shunday yozadi: «Informatika kursini boshqa oʻquv fanlari bilan qiyoslaganda, hozirgi kundagi oʻqitishning metodologik tizimida oʻziga xos xususiyatli komponent - oʻqitishning yangi vositasi boʻlgan kompyuter mavjud. Albatta, bu xususiyat vaqtinchalik xarakter kasb etadi va OTM larning hisoblash texnikasi bilan jihozlanishi hamda boshqa fanlarni oʻqitishda kompyuterdan foydalanish uslubiyatining ishlab chiqilishi bilan yoʻqotiladi. Bugun esa “Pedagogik dasturiy vositalr” fani oʻquv jarayonida kompyuterdan foydalanish uslubiyati tekshirib koʻrilayotgan yagona predmet hisoblanadi. “Pedagogik dasturiy vositalr” fani uslubiyatida erishilgan natijalar vaqt oʻtishi bilan boshqa fanlarning ham yutuqlariga aylanib boradi».
Ikkinchi muammo - ilmiy asoslangan dasturiy vositalarini yaratish, OTM larni ular bilan taʻminlash. OTM larga kompyuter oʻrnatish bilan taʻlimni kompyuterlashtirish muammosi hal boʻlib qolmaydi. Bu sohadagi bosh masala kompyuterlarning sifatli dastur vositalari bilan taʻminlanishidir. Bu sohada ahvol qanday?
OTM larda maʻlum miqdorda dastur vositalari mavjud. Ammo ularda zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmagan boʻlib, «ha-yoʻq» sxemasi asosida ishlashga moslashgan va, asosan, nazorat qilishga moʻljallangan. Talabalarda ijodiy izlanish, mustaqil fikrlash, evristik layoqatni tarbiyalashga yoʻnalgan dasturlar deyarli yoʻq. Oʻquv materialini batafsil bayon qilish, tasavvur qilish qiyin boʻlgan jarayon va hodisalarni namoyish qilish, mashqlar bajartirish, oʻquvchining mashgʻulot jarayonidagi faoliyatiga koʻra tabaqalashgan holda uyga vazifa tayinlash, talabalarning mashgʻulotdagi faoliyatini qaydnoma koʻrinishida tahlil qiladigan dasturlar mavjud emas.
Kompyuterlarni taʻlim jarayoniga tezroq olib kirish maqsadida yuzaki PDVlar ishlab chiqilmoqda. Ularda darslik mazmuni ekran kadrlarida tasvirlanmoqda xolos. Bunda kitob sahifasini varaqlash kompyuter tugmachasini bosishga, qogʻozdagi matn ekrandagi tasvirga almashtiriladi. Bunday dasturlarda topshiriqlar ham mavjud boʻlib, undagi topshiriq sharti ekranda tasvirlanadi, oʻquvchi masalani daftarda hal qilib, javobini kompyuterga kiritadi. Natijani tekshirgan mashina uning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aytadi (Kompyuterning bunday «imkoniyati»dan lol qoladiganlar ham oz emas!). Biroq bu holatda kompyuter arzon va foydalanish uchun qulay boʻlgan oddiy darslik yoki mashqlar toʻplamini qimmatbaho, shuningdek, bu maqsadda foydalanish uchun noqulay boʻlgan kompyuter bilan almashtirilayotganligini taʻkidlash lozim. Qolaversa, bu xildagi dasturlar hech qanday pedagogik va uslubiy qimmatga ega emas.
Virtual borliq (Virtualnaya realnost) tushunchasini Jaron Lanier (Lane) taklif etgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bogʻliq. Immersivlik deganda odamning virtual borliqda oʻzini faraz qilishini tushunish lozim. Interfaollik deganda foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obʻektlar bilan oʻzaro muloqotda boʻlib ularga taʻsir koʻrsatishga ega boʻladi.
Virtual borliq tizimi deganda – biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni taʻminlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar koʻpmodallikga, yaʻni koʻz bilan koʻradigan, tovush orqali qabul qiladigan boʻlishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va video texnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta hajmli tovush va video tizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga oʻrnatiladigan shlem va koʻzoynak displeylar, hid sezadigan sichqonchalar, boshqaruvchi qoʻlqoplar, kibernetik nimchalar, simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi. Yuqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli.
Oxirgi yillarda taʻlim tizimida zamonaviy internet texnologiyalaridan foydalanishga, xususan multimediaga asoslangan texnologiyalarga alohida etibor berilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal surʻatlarda rivojlanishi taʻlim tizimiga ham oʻz taʻsiri koʻrsatibgina qolmasdan, uni tashkillashtirishning asosiy instrumentiga aylanib qolmoqda. Misol qilib oladigan boʻlsak, eng tez rivojlangan va yuqori samara koʻrsatgan taʻlim texnologiyalari axborot kommunikatsiyalar asosida tashkillashtirilgandir. Masalan, Cloud Computing, Mobile Learning, Tablet Computing, Open ContentLearning, AnalyticLearning, Virtual and Remote Laboratories.
21 asr taʻlim tizimi bevosita internet va multimedia texnologiyalari bilan bogʻlangan. Oxirgi oʻn yillikda internet tarmogʻida juda yuqori samaradorlikka erishilgan boʻlsa, multimedia texnologiyalarining ham keskin rivojlanishi va internet bilan integrallashuvi uning imkoniyatini yanada boyitmoqda.
Kelajak tarmoqlarini qurish konsepsiyasining bugungi dolzarb masalalari ichida 3D Internet tarmogʻini qurish va uni xalq xoʻjaligining turli sohalarida qoʻllash muhim oʻrin tutadi(1-rasm). 3D Internet texnologiyasi sanoat, ishlab chiqarish, fan-texnikalar uchun, ularning yanada taraqqiy topishi uchun yangi bir davrni ochib beradi. Ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Dunyoning turli chetlaridagi rivojlanishlarning boshqa chetlariga tadbiqini va samaradorligini virtual boshqarish imkoini beradi.
|