Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi




Download 37.58 Kb.
Sana07.11.2022
Hajmi37.58 Kb.
#29270
Bog'liq
1 topshiriq
практика 5

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


fanidan
1- topshiriq

Bajardi : Norqulov Navruz

Qarshi-2022
Reja:
1. Darslarning tuzilishi va turlari.
2. Saf mashqlari. umumiy tushunchalar.
3. Pedagogning darsga tayyorlanishi.

O„quv ishlari shakli o„qituvchining turli va ko„p qirrali uslublardan foydalanish, darsda eng yaxshi natijalarga erishish, ta‟lim tarbiya ishlarini amalga oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi. Har bir dars biron vazifani hal qilish va uni amalga oshirishda mustaqil bo„lsada, lekin ular bir biri bilan chambarchas bog„langan bo„ladi. Shu sababli barcha darslar o„quvchilarni kerakli bilim ko„nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Jismoniy tarbiya darsi aniq va mukammal pedagogik vazifalarni o„z oldiga vazifa qilib qo„yish kerak. Dars vazifalari uning muhim va boshqa yo„nalishlarini belgilab beradi, ya‟ni uning mazmuni, turi, tuzilishi va darsning uslub hamda tashkil qilinishi aniqlanadi. Dars vazifalari o„quvchilarning yoshi, jinsi, sinfi, o„tkaziladigan joy, mashqlarning o„rgatilishi tartibi va vaqti kabi sharoitlar belgilanadi. Shuningdek o„tgan dars materiallarini ham hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya darslarida qo„yiladigan vazifalar xilma-xildir. Uch guruhga: o„rgatish sog„lomlatirish, tarbiyaviy vazifalar qo„yiladi.* 1. Stardan chiqishni o„rgatish. 2. Cho„nqayib o„tirgan holda kichik to„pni savatga tashlash. 3. Sog„lomlashtirish. Qad – qomatni rivojlantirish. Shu sababli bu prinqipial jarayonlar doimo birga olib borilishi zarur. Har bir o„quvchi ongli, intizomli, jamiyat qurish uchun to„la ma‟lumotli, mehnat va mudofaa ishlariga doim tayyor bo„lishlari kerak. Bu vazifalarni ado etishda jismoniy tarbiya darslari muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Har bir amaliyotchi o„zlarining faoliyatlarida shularni to„la singdirib olishlari, uni amalda qo„llay bilish kerak. Bunday hollarda pedagogning rahbarlik roli, o„quvchilarning qiziqib bajarishlari katta rol o„ynaydi. Buning uchun bilimlarni teshirish, rag„batlantirish, yangi vazifalarni bajarishda ularga tayana bilishdadir. Shundagina o„quvchilarning aktivligi, ongi, intizomi va ko„rsatgan natijalari osha boradi. Haqiqatan ham jismoniy tarbiya darslari ko„p qirrali jarayondir. Darsda didaktik prinqiplar, o„rgatishdagi turli uslublar va axloq tarbiyasi yaxshi yo„lga qo„yilganda maqsadga qo„yilgan vazifalarni to„la amalga oshirish imkonlari yaratiladi. *Jismoniy tarbiya darslari oldiga qo„yiladigan vazifalar bilan to„liq ravishda tanishish uchun konespektiga qarang Ko„rgazmalilik, texnik vositalardan foydalanish, amaliy bajarib ko„rsatish, bajarilayotgan mashqlarni kundalik tabiiy sharoitalarda uchraydigan harakatlar, tabiatning foydali vositalaridan foydalanish yo„llari o„zviy bog„lab olib borilganda o„quvchilarda sportga qiziqish, harakatlarni tushunib bajarishga bo„lgan ehtiyojlar kuchayadi. Buning boisi shundaki, jismoniy tarbiya darslarida o„quvchilarning sog„ligini mustahkamlashga e‟tibor kuchaytirilishi bilan birgalikda, ularni kasb tanlash, mehnat qilishga tayyorlashdir. Shuning bilan birgalikda “Jismoniy tarbiya o„qituvchisi” kasbiga ham o„quvchilarni qiziqtirish ko„zda tutilmog„i kerak. Bu ham davlat manfaatidagi eng muhim kasblardan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya o„qituvchilari o„z darslarini, nazariy tushuncha berish va suhbatlarida ana shularni nazarda tutmoqlari kerak. DARSLARNING TUZILISHI VA TURLARI Jismoniy tarbiya darslari maktabda turli xil shakl va mazmunda bo„ladi. Lekin ular bir-biri bilan o„zviy bog„liqdir. Dars tuzilish deganda 45 minut davomida muayyan mashqlarni tuzilishi va uni o„rgatilishini tushuniladi. Jismoniy tarbiya darslari tuzilishi jihatidan 3 qismdan iborat. YA‟ni tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlar. Dars qismlari o„z ish shakli uslublariga qarab muhim vazifalarni hal etadi. Darsning turlari (tiplari) uning qo„ygan vazifa va maqsadlariga bog„liq bo„ladi. Bular asosan kirish, yangi materialni o„rganish, takrorlash, aralash va hisobga olish darslaridir. Tajribalar, ilmiy tekshirish va izlanishlarning isbotlashicha, dars faqat bir xilda olib borilmasligi, o„qituvchi o„z imkon va sharoitlariga qarab uni doimo o„zgartirib turishi, yangi elemetlar bilan to„ldirib borishi zarur. Kirish darslari choraklarning boshlarida tashkil qilinib, bunda o„qituvchi bolalar bilan nazariy mashg„ulotlar, suhbatlar, savol-javoblar o„tkazadi, aniq vazifalar belgilanadi, fizorg va guruh sardorlari saylanadi. Yangi materialni o„rganish darslarda o„qituvchilarga noma‟lum bo„lgan mashqlar o„rganiladi, ularning bilim, tushuncha, harakat malakalarini oshirish. Bunda dastur materiallari, sport turlari bilan mashg„ul bo„ladi. Takrorlash darslarida o„tgan materiallarni mukammallashtirish, dasturda belgilangan mashqlarni yaxshi o„zlashtirish, “Alpomish va Barchinoy” meyorlarni bajarish kabi vazifalar hal etiladi. Aralash darslarda esa sport turlari materiallarini qo„shish orqali yangi materiallarni o„rganish, takrorlash kabi vazifalarni birgalikda olib boradi. Hisobga olish darslari asosan har bir qism yoki turlarni tugatganda, choraklar oxirida materiallarni qanchalik o„zlashtirilganligi hisobga olishdir. Bunday paytlarda mashqlarning boshqarish texnikasi, normasi baholanadi. Bunday vazifalarni ko„proq sport musobaqalari formasida tavshkil qilish maqsadga muvofiqdir. Darslarning barcha turlarida gimnastika, yengil atletika (3-sinfdan boshlab), sport o„yinlari, harakatli o„yinlar, kurash, badiiy gimnastika kabi sport turlarining asosiy mazmuni va elementlari o„tiladi. SAF MASHQLARI. UMUMIY TUSHUNCHALAR. Saf mashqlari - bu shug„ullanuvchilarning ma‟lum bir safda birgalikdagi yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg„ulotni tashkil etish, marom va sur‟at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi,jamoa bo„lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi. Bu mashqlar kishi qad-qomatini to„g„ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo„lgan talabchanlik intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi. Saf mashqlari to„rt guruhga bo„linadi: 1. Saf usullari. 2. Saflanish va qayta saflanish. 3. Joydan-joyga ko„chish usullari. 4. Orani ochish va yaqinlashtirish. JISMONIY TARBIYA DARSINI TAXLIL QILISHNING NAMUNAVIY REJASI Darsning o„tilish vaqti............................................................ Sinf........................................................................................... Darsning turi............................................................................ Darsdagi o„quvchilar soni…..………………………………... Dars o„tuvchi................................................................................ Taxlil olib boruvchi................................................................ 1._________________________________________________ 2._________________________________________________ 3._________________________________________________ I. PEDAGOGNING DARSGA TAYYORLANISHI Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada ishlab chiqib oqqa ko„chirish va darsning muvaffaqiyatli o„tishi uchun bevosita tayyorgarlik ko„rish /darsni moddiy-texnik tomondan ta‟minlanishi va o„quvchilar, o„qituvchi yordamchilari, navbatchilar, gruppa boshliqlarini tayyorlash/ nazarda tutiladi. Shuning uchun taxlil qilayotganda quyidagilarga e‟tibor berish tavsiya etiladi. I. Dars konspektining muhayyoligi, uning har dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq ishlab chiqilganligi va tashqi ko„rinishi: a) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, to„g„ri ifodalanganligi, har tomonlamaligi (shug„ullanuvchilarning har tomonlama va garmonik rivojlanishini ta‟minlashi); b) konspekt mazmunida kerakli vositalarning to„g„ri tanlanishi (darsning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarida vositalarning, shug„ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyergarlik darajasiga, tanlangan vositalarning dars vazifalariga muvofiqligi dars vazifalariga vositalarning o„zaro va mashg„ulot o„tkaziladigan sharoitga muvofiqligi); v) mashqlarni miqdorlash va ularning ketma-ketligi; g) konspektning tashkiliy-uslubiy ko„rsatmalari bo„limida: darsni tashkil etish; o„tkazish metodikasi, sharoitlari bo„yicha qanday ko„rsatmalar berilgan, ularning to„g„riligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi. 2. Dars o„tkazish joyi, o„quv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning sanitariya-gigiyena xolati. 3. O„qituvchi va o„quvchilarning tashqi ko„rinishi. 4. Navbatchi va gruppa boshliqlarning oldindai tayyorgarliklari. 5. Darslardan ozod qilingan yoki kasalligi bo„yicha miqdorlab beriladigan o„quvchilarga darsdan oldin beriladigan ko„rsatmalar. II. DARSNI TASHKIL ETISH. Kuzatuvchi bu bo„limda qo„yidagilarga e‟tibor berishi kerak: 1. Darsning o„z vaqtida boshlanishi va tugallanishi; Dars qismlari ayrim jixozlarda ish bajarish va mashq turlari uchun taqsimlangan vaqtning maqsadga muvofqligi; 2. Mashg„ulot joyi, bor jixoz-anjomlardan foydalanish, o„quvchilarni joylashtirish, saflantirish va qayta saflanishlarning maqsadga muvofiqligi, ularning tarbiyaviy qiymati. 3. Dars qismlarida o„quvchilar ishini tashkil etish uslublari va ular variantlarning frontal, guruhi individual, aylanma mashq uslubi birin-ketin, baravariga va h.k./ qo„llanishini maqsadga muvofiqligi, ularning dars mazmuniga va vazifalariga, o„quvchilarning yoshlariga mosligi, darsning yuklamasi va zichligiga ta‟siri. Misollar bilan tasdiqlanadi. 4. Darsniig qismlarida o„quvchilarniing harakat faoliklarini oshirish uchun qanday uslubiy usullardan foydalanildi, ularniig dars vazifalarini xal etishdagi samaradorligi. Misollar bilan tasdiqlanadi. 5. Darsda o„quvchilardan yordamchilar (jismoniy tarbiya tashkilotchisi, navbatchi, boshlig„i) sifatida foydalanishning effektivligiga ularning o„z vazifalarini bajarishga tayyorgarliklari, umum-ta‟lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport mashg„ulotlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari. Pedagogning o„z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi va baholashi. III. DARSDA QO‘LLANADIGAN VOSITALARGA XARAKTERISTIKA Darsning tayyorgarlik qism vositalarini, uning bajaradigan funkqiyasiga muvofiqligi (maxsus tayyorgarlik va yondoshtiruvchi, o„quvchilarni darsga jalb etuvchi mashqlarning mavjudligi va yuklamaning yetarli bo„lishi). Darsning asosiy qismi uchun mashqlarni tanlash, shug„ullanuvchilarning imkoniyatlarini inobatga olish, o„zlashtirayotgan materialning ketma-ketligi, mashqlarni bajarish uchun yengillashtarilgan sharoitlar yaratish, ko„nikma va malakalarni hisobga olish, topshiriqning takrorlanishini yetarli bo„lishi va. h.k. to„g„ri amalga oshirildimi?! Hammasi misollar bilan tasdiqlanadi. 3. Darsniig yakunlovchi qismiga vositalar tanlashda asosiy qismda bajarilgan ishlarning xususiyatlari e‟tiborga olinganmi, organizmning tiklanishi ta‟minlanganmi va boshqalar? 4. Uyga topshiriqlar, ularning to„g„riligi va xususiyatlari, ularni qo„llanishiga bo„lgan asosiy talablarga rioya qilinganmi? Oldingi dars topshriqlarini tekshirish amalga oshirildimi? VI. O‘RGATISH USLULARINI QO‘LLANILISHI I. O„qituvchining so„zlashuv uslubini egallaganligi, mahorati va undan foydalanishining samarasi (darsda so„zlashuv uslubining qanday shakllari qo„llanildi, ularning dars vazifalariga va o„quvchilar kontingentiga muvofiqligi, berilayotgan ma‟lumotning mazmunliligi) Misollar. 2. So„zlashuv uslubining ta‟sirini kuchaytiruvchi uslubiy uslublarning qo„llanishi (qiyoslash, takrorlash, intonaqiya va h.k.) Misollar. 3. Pedagogning umumiy nutq madaniyati (nutqiing ravonligi, boyligi, aniqligi, ta‟sirchanligi va h.k.) 4. Ko„rsatmalik uslubini to„g„ri qo„llay bilish o„quvchilar kontingentiga darsning mazmuni va aniq vazifalariga mos keladigan ko„rsatmalilik qoidalaridan foydalanish. 5. Ko„rsatmalik uslubining ta‟sirini kuchaytaruvchi uslubiy uslublarning qo„llanilishi (tez, sekin va h.k.) Misollar. 6. O„qituvchining so„zlashuv ko„rsatmalilik uslublarini va har xil harakatlarni o„zaro bog„liqligida qo„llay bilishning bir vaqtning o„zida so„zlashuv ko„rsatmalilik uslublaridan foydalanish, kollektiv muhokamasi bilan birgalikda olib borish va h.k. dars oldiga qo„yilgan vazifalarni hal etishda ta‟siri. 7. Darsda jismoniy mashqlarni amaliy o„zlashtirish uslublarini yaxlitligicha, qismlarga (bo„laklarga) va yaxlitligicha qismlarga bo„lib o„rgatish uslublarini qo„llashning samaradorligi o„quvchilarning tayyorgarligini, hal etiladigan vazifalarning, jismoniy mashqlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir uslubni qo„llashning o„ziga xos ketma-ketligiga rioya qilish (misollar bilan tasdiqlanadi). 8. Darsda jismoniy mashqlarning texnikasidagi xatolarni oldini olish va to„zatish uslublarining qo„lanish sifati /uslubning ko„pligi; yondoshtiruvchi mashqlar uslubi, asosiy mashq texnikasini o„zgartirish uslubi va h.k./ 9. Xatolarni oldini olish va to„zatish uslubini xatolar sababini, ularning xususiyatlarini aniqlash, yo„qotishni hisobga olgan holda qo„llanish. 10. Mashqlar texnikasini o„rganishda qo„llanilgan uslubiy usullar. Misollar. 11. Pedagogning o„quvchilarga bo„lgan muomalasi, talabchanligi qa‟tiyatligi, irodasi o„zini tuta bilishi: odobi, xushfe‟lligi va o„quvchilarning savollarga hozir javobligi, ularning yutuqlarini ko„rsata olishi, to„g„ri baholay bilish. V.JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH USLUBI 1.Dars qismlarida o„quvchilarda to„g„ri qad-qomatni shakllantirishga, to„zatishga va takomillashtirishga qanday e‟tibor berildi? Baho bering. 2.Jismoniy sifatlarni tarbiyalash ishlarining mazmuni: o„quvchilarga qanday topshiriq berildi, jismoniy tarbiyaning qanday uslublari (qa‟tiy tartiblashtirilgan mashq uslublari, o„yin, musobaqa, aylanma mashq usullari va h.k.) qo„llanildi, ularning iaqsadga muvofiqligi va shug„ullanuvchilarning xususiyatlariga dars vazifalariga, dars o„tkazish sharoitlariga va h.k muvofiqligi 3. Darsdagi yuklamani baholash, uning uning o„quvchilar xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars o„tkazish sharoitlariga va h.k muvofiqligi, yuklamaning hajmini va shiddatini boshqarishda qo„llanilgan uslubiy usullarni maqsadga muvofiqligi. 4. Dam olish uchun ajratilgan vaqt, uning qaytarilishi va davom etishi. VI. PEDAGOGNING TARBIYAVIY ISHLARI 1. O„quvchilarning aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi uchun nimalar qilindi va ular qanday amalga oshirildi. (Madaniy xulq malakalarini, intizomlilik, do„stlik va o„rtoqlik xissiyotlarini va h.k. tarbiyalash; o„quvchilarda mustaqillikni, mashqlarni o„zi bajara olishini, fikrlash faolligini oshirishga qaratilgan uslubiy usullar qo„llash); Darsda muammo va ijodiy izlanish uchun sharoitlar yaratish, shug„ulla-nuvchilarning kuzatishda va xatolarni to„g„irlashda, natijalarni baholashda qatnashishlari; (O„zaro o„rgatish va tarbiyalashni tashkil etish; estetik xissiyotlarni tarbiyalash). 2 Pedagogning sinfni boshqara bilishi, o„quvchilarda ongli munosabatlarni shakllantirishi, ularda jismoniy mashqlar bilan shug„ullanishga qiziqish uyg„otish va h.k. VII. O‘QUVCHILARNING XULQI 1.O„quvchilarning darsga o„ vaqtida tayyorlanishi, ularning darsga, ayrim topshiriqlarni bajarishga munosabati. 2. Shaxsning faollik, onglilik va tashabbuskorlik ko„rsatishi. 3. Ko„rsatilgan natijalarni nazorat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga bo„lgan bardoshligi. 4. O„quv-tarbiya ishlarining mazmuni va natijasidan o„quvchilarning qoniqishi yoki qoniqmasligi, ularning emoqional holati. 5. O„quvchilarning bir-biriga yordam berishi, ularning o„qituvchiga bo„lgan munosabati. 6. Navbatchi va guruh boshliqlarining o„z burchlarini kanday bajarganliklari, kamchiliklari va yutuqlari. VIII. DARSNI UMUMLASHTIRISH VA XULOSA 1. Darsning o„rgatuvchanlik qiymati. 2. Darsning tarbiyaviy qiymati. 3. Darsning sog„lomlashtirish qiymati. 4. O„qituvchi faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA DARSINING KOSPEKTINI TUZISH USULYATI Maktab yoshidagi bolalar bilan o„tkazilgan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish, ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jihatdan puxta tayyorlangan konspektiga bog„liq. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog„lmlashtirish va o„rgatish vazifalari bir-biriga bog„langan holda hal qilinadi. Shuning uchun o„qituvchi darsni oldiga aniq maqsadlar qo„yishda jismoniy tarbiya sistemasining umumiy vazifalariga amal qilgan holda aniqlaydi. Dars vazifalarini, mashg„ulot o„tkazish joyini va darsga tegishli jixoz-anjomlarni belgilagandan so„ng dars mazmunini aniqlaydi. Dars mazmunini aniqlashda, darsning asosiy qismiga ta‟luqli mashqlarni, so„ngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy ko„rsatmalar darsda qo„llaniladigan vositalardan to„liqroq foydalanish va shu bilan birga o„quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq hal etish uchun tanlanadi. Konspektning tashkiliy uslubiy bo„limiga: - darsni maqsadga muvofiq taxlil etish; - shug„ullanuvchi faoliyatini darsda tashkil etish uslublari; - o„rgatish va tarbiyalashning uslub va uslubiy usullari; - darsning o„tkazish sharoitlari yoziladi. Dars tugashdan so„ng o„qituvchi o„tkazilgan dars bo„yicha ushbu konspektga qisqacha o„z mulohazalarini yozish kerak. Dars konespekti maktabda jismoniy tarbiya sohasida o„quv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati bo„lib, o„qituvchi tomonidan har bir sinfga yoki paralel sinflarga tuziladi. Darsga konespekt tuzishda eng kerakli asosiy va yordamchi vazifalarni aniq va uslubiy tomondan asoslangan holda ifoda qilishdir. Dars oldiga qo„yiladigan vazifalarni o„qituvchi o„ziga buyruq sifatida belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma‟nosida ifoda qilinadi. Dars oldiga qo„yiladigan vazifalarni bir-biriga bog„langan holda hal qilinadi. Bular o„quv materiali, har darslik ishlashga asoslanib belgilanadi va o„rgatish tamoyillari hamda o„tkazilgan darsni natijalariga qarab aniqlashtirilib shu dars bajariladigan qilib ifodalanadi. Jismoniy tarbiya o„qituvchilari dars oldiga aniq vazifalar qo„yishda, jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga rahbarlik qilgan holda qo„ydagilarni: O„qituvchilar oldingi darslarni qanday o„zlashtirirganliklarini; Har bir darslik ish rejaini, davlat dasturini va shu dars uchun qo„shimcha adabiyotlarni; Sinfdagi o„quvchilar sonini, dars o„tkazish joy sharoitini va mavjud sport anjomlarini; Dars jadvalining xususiyatini, dars turini; O„quvchilarning sog„liq holatini, ularning jismoniy tayyorgarliklarini va hokozolarni hisobga olish muhim ahamiyatga egadir. O„qituvchi yuqoridagilarni hisobga olgan holda o„ziga qator savollarga javob beradi. Shu darsda o„quvchilarga nima o„rgatish kerak? Shu darsda nimalarni o„rgatish, qaytarishi, takomillashtirishi kerak? Asoan qanday jismoniy sifatlarni tarbiyalashga o„z e‟tiborini jalb etishi kerak va hokazo? Darsda sog„lomlashtirish vazifalarni qanday hal etilishi mumkin? Shu savollarga to„liq javob bera olgandagina o„qituvchi dars oldiga aniqroq vazifalarni qo„ya oladi. Vazifalar: Dars turlariga qarab kirish darsi, yangi materiallarni o„rganish darsi bo„yicha, o„tilgan materialni qaytarib mustahkamlash, takomillashtirish bo„yicha yoki o„tilgan materialni o„zlashtirish darajasini tekshirish bo„yicha ifodalanishi mumkin. II –sinfga kirish darsi: 1.Mehnat va jismoniy tarbiya madaniyati; - mashqlarni ochiq havoda bajarish; - mashq bajargandan so„ng yengil ovqatlanish. 2. O„quvchilarni kerakli oraliqni saqlagan holda o„z bo„ylari bo„yicha bir qator saflanishlardagi bilim va malakalarni aniqlash va hokozo. IV sinfda o„rganish darsi 1.III sinfda o„tilgan saflanish va qayta saflanish mashqlarni takrorlash va bajara bilish. 2.Sayr jarayonida o„quvchilarni ish harakatini mosligi va o„zaro o„rtoqlik munosabatlarini tarbiyalash va hokozo. V sinfda takomillashtirish darsi 1. Orqadan yelka orqali granata irg„itish bo„yicha o„quvchilar erishgan yutuqlarni tekshirish. O„qituvchi dars vazifasini aniqlashda shu sinfdagi o„quvchilarning bilim va malakalarini bilgan holda dars vazifasini, shu sinf o„quvchilarning bilimlariga mos qilib ifodalash kerak. Bu esa o„quvchilar tomonidan darsda o„tiladigan materialni aniq va ravshan tushunishlariga yordam beradi. Ma‟lum bir mashqdan o„quv normalarini qabul qilish uchun, avvalo o„quvchilarni ushbu mashq bilan tanishtirish, keyin o„rgatish, mustahkamlash, qaytarish, takomillashtirish, shundan so„ng ulardan o„quv normalari qabul qilinadi. Bu esa bir necha darslar mobaynida hal etilishi mumkin. Har bir dars oldiga qo„yilgan vazifalar ham o„z navbatida tanishtirish, o„rgatish, mustahkamlash va takomillashtirish o„quv normalari qabul qilish. Masalan VI sinf uchun bo„ladigan mashqlaridan o„quv normasini qabul qilish chorak oldidagi vazifa bo„lsin. Bu mashq har darslik ish rejamizni jadvalida 6 marta qaytarilib, 7 marta o„quv normasini qabul qilinadigan bo„lsa, har bir darsga taxminan shunday vazifalar qo„yishimiz mumkin. Masalan: VI sinf uchun bo„ladigan mashqlaridan o„quv normasini qabul qilish chorak oldidagi vazifa bo„ladi. Bu: 1. Dars. To„pni yo„nalishini o„zgartirib olib yurishdan so„ng uni yelkadan bir qo„llab savatga tashlash bilan tanishtirish. 2. Dars. Basketbol shiti tagida turgan holatdan to„pni yelkadan bir qo„llab savatga tashlashni takrorlash. 3. Dars. To„pni olib yurib ikki qadamda to„xtagandan keyin uni yelkadan bir qo„llab savatga tashlashni mustahkamlash. 4. Dars. To„pni yo„nalishini o„zgartirib olib yurgandan so„ng uni yelkadan bir qo„llab savatga tashlashni mustahkamlash. 5. Dars. Musobaqa sharoitida to„pni yelkadan bir qo„llab savatga tashlashni mustahkamlash. 6.Dars. Yo„nalishni o„zgartirib to„p olib yurgandan so„ng, uni yelkadan bir qo„llab savatga tashlash bo„yicha o„quvchilar erishgan yutuqni baholash. Tarbiyaviy vazifalar Axloqiy, irodaviy va estetik sifatlarning tarbiyalash darsning hamma qismlarida hal etiladi. O„qituvchi o„rgatish bilan bir vaqtda tarbiyalaydi ham. U darsning har bir daqiqasida o„qituvchilar faoliyatiga kerakli yo„nalish beradi, o„quv jarayoniga va bir-biriga bo„lgan munosabatning va xokozo bilan tashkil qiladi. Shuning uchun tarbiyaviy vazifalar, to„g„ridan-to„g„ri tushungan holda dars oldiga vazifalar tashlanadi ularning to„g„ri amalga oshirish kerak. Tarbiyalash bilan bog„liq vazifalarning quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Ovoz signaliga muvofiq harakat yo„nalishini o„zgartira bilishni tarbiyalash. 2. Yo„nalishni o„zgartirib yugurushda tezlikni tarbiyalash. 3. Sinfdoshi mashq bajarayotganda uni kuzata bilishni va xatolarning aniqlash hamda shu xatolarning to„g„irlashga yordam bera olishni tarbiyalash. 4. O„rganilayotgan mashqlarning to„g„ri tushuna bili shva uni ijodiy tadbiq eta olishni tarbiyalash. 5. “Boy o„g„li ” o„yinida o„z xarakatlarini tez to„xtata bilish va ularning qaytadan tez tiklash ko„nikmalarini tarbiyalash. 6. Qarshilik bilan mashq bajarishda qo„l muskul kuchini tarbiyalash. Masalan; 1) Balanddan pastga sakrashda, qo„rqmaslikni tarbiyalash. 2) Berilgan asboblarga nisbatan batartib munosabatda bo„lishni tarbiyalash, 3) O„yin (nomi) jaryonida mehnatsevarlikni va jamoaviylik xislatlarini tarbiyalash. 4) Darsdagi “qo„l va to„p ” o„yinida oddiy reakqiya tezligini tarbiyalash. Sog‘lomlashtirish vazifalari Organizm funkqiyalarini umumiy va maxsus rivojlantirishga qaratilgan. Ma‟lumki, shu darsda qo„yilgan vazifalarning natijalarini hal qilinishini aniqlash qiyin shuning uchun bu vazifalarni yozishda “ta‟sir ko„rsatish” yoki yordamlashish degan so„z qo„shiladi. Masalan: nafas organlarini rivojlantirishga yordamlashish. Sog„liqni yaxshilash, jismoniy rivojlanish va maxsus jismoniy tayoyrgarlik darsini oshirishda qo„llaniladigan vazifalar: Masalan: 1. To„g„ri qaddi-qomatni shakllantirish. 2. Asosiy diqqatning qorin muskulariga qaratgan holda umumiy muskular ustida ishlanish davom ettirish va hokazo. O„rgatish (ta‟lim) vazifalari. Shug„ullanuvchilarda ma‟lum bilimlar, harakat ko„nikma va malakalari va ularni har xil sharoitlarda ishlata bilishga yo„naltirilgandir. O„rgatish vazifalairini ifodalashda qo„ydagilar e‟tiborga olinadi. a) o„rgatishda texnikaning negizi; b)o„rganayotgan harakt faoliyatidagi texnikani asosiy zvenoga yoki detallarni; v) shug„ullanuvchilarga bo„lgan jismoniy va psixik talablar darajasi. O„rgatish vazifasiga: 1) u yoki bu bilan tanishtirish; 2) mustahkamlash va nazorat, normativlar qabul qilish va boshqalar kiradi. O„rgatish bosqichlarini ifodalash, pedagogik jarayonni va o„rgatishni yetakchi uslublarini yo„nalishini aniqlaydi. Dars konspektida, takomillashtirish terminini ifoda qilish shart emas. Chunki darsda yechiladigan vazifalarni aniq hajmini bera olmaydi. Mazmuni bo„yicha bu termin harakatni yoki gavda holatini qandaydir o„zgartiradi. Yoki umuman bajarish texnikasini yaxshilaydi deb taxmin qiladi. Lekin bu qaysi o„zgarish, shug„ullanuvchilar nima ustida aniq ishlashi kerakligi ma‟lum emas. Masalan balandlikka perekat usulida sakrashni takomillashtirish. Xuddi “O„rgatish zimmasiga o„xshab bunga ham tanishtirish ham mustahkamlashtiradi, lekin aniqroq qilish kerak?” Shunday qilib harakat faoliyatini takomillashtirish uzluksiz takrorlanadigan o„rgatish fazalari tanishtirish o„rgatish va mustahkamlashdan iboratdir. Mashq shu aniq bosqichlarni dars konspektiga yozish kerak. O„rgatilayotgan harakat faoliyatini texnikasini zvenosi va detallari deb shu harakatni tashkil qiladigan qismlariga aytiladi. Bularga: Dastlabki holat, shaxsiy harakt va oxirgi holatlari kiradi. Masalan, sakrashda depsinish uchun yerga tushish, shu sakrashda harakat texnikasining detallariga depsinish uchun depsinish o„rniga yerga tushish. Shu vaqtda harakat texnikasining detallariga yugurib kelish, depsinish burchagi, kuchlanish darajasi, qo„l va oyoq harakatlarini bir-biriga kelishish kiradi. Harakat faoliyatidagi texnika zvenosini aniqlash shug„ullanuvchilar diqqatini ma‟lum detallarga uyg„unlashtirib, shu bilan birga o„zlashtirishni yengillashtiradi. Harakat o„rgatishda uni hamma qismini qamrab olish. Pedagogik talab “Hammasi oqibatida hech narsa”ga ziddir. Bu talab harakat faoliyatini bajarishda yaxlitligicha o„rgatish meyoriga zid bo„lmaydi, chunki bunda o„quvchilarning diqqati hamma vaqt uni ma‟lum qismi yoki detaliga yo„naltirilgan bo„ladi. Shug„ullanuvchilarning diqqatini pedagogik qoida: oddiydan – murakkabga, birinchi navbatdagidan, ikkinchi navbatdagiga uchichi navbatdagiga va hokozo bo„yicha oshirish kerak. Harakat foliyatiga o„rganayotgan vaqtda, texnika va sifatlarni hisobga olib, shug„ullanuvchilarning kuchlanishiga shu vazifalarni ochishga qaratiladi. Ko„pchilik balandlikka sakrolsa, depsinish uchun shunchalik jismoniy kuchlanish, yugurush vaqtidagi uzoq vaqida muskullarni bo„shatish va boshqalar talab qilinadi. Boshqacha ayitganda sakrashlarda balandlik va uzunligimiz, yugurushda esa masofa va shiddatni yoki bosib o„tish vaqtni, muvazanat saqlash mashqlarida brevnoning balandligini va h.k. Shunday qilib, o„rgatish vazifalarida o„rgatish bosqichlari o„rgatilayotgan faoliyat texnika zvenosini aniqlash, aynan shu vaqida diqqatni nimaga qaratish va kuchlanish darajasini ifoda qilish kerak. Darsda o„rgatish vazifalarini zamonaviy ifodalari: 110 sm. balandlikdagi konni enidan, bukib sakrashda qo„l bilan tez itarib o„tishni o„rgatish; cho„kalab turgan joydan kichik koptokni uloqtirishni o„rgatish va 5 m masofada aniq nishonga tekkan uloqtiruvchilarni aniqlash; jarima to„pini savatga tashlash aniqligini oshirishga erishish; basketbolda 10 m masofadagi uchta to„siqdan to„pni olib o„tishni tekshirish; past startdagi “startga” “diqqat”, “Marsh” komandalarini faoliyati bilan tanishtirish. 3 m. balandlikdagi arqonga uch usulda tirmashib chiqishda qo„l va oyoqlar harakatini bir - biriga bog„lab ishlashga o„rgatish va hakoza. Maktab darslarida yozilgan konspeklarda noto„g„ri ifoda qilingan vazifalarga quyidagilar kiradi; - dastali arqondan sakrashni takomillashtirish; - akrobatika sakrashlarni takomillashtirish; - brevnoda muvozanatni saqlashni o„rgatish; - yugurub kelib granata uloqtirishga o„rgatish; Konspekda yozilgan vazifalarni, ularni yechish uchun ishlatiladigan vositalar bilan almashtirib bo„lmaydi. Masalan, havodagi koptok o„yini “o„quvchilar o„yini” do„mboloq oshish muvozanat mashqlari brusyadagi mashqlar kombinaqiyasi va hokozo. Shu bilan birga bu mashqlar nomi shu vosita bilan yechiladigan vazifani ochib bermaydi. Malumki mashqlarni natijasi, uni qaysi sharoitda, nima uchun bajariliyotganiga bog„liq bo„ladi. Masalan, oldinga egilish mashqini to„g„ri yelka bilan sekin bajarganda, yelka muskularini rivojlantirishga yordam bersa, o„rta sur‟atda qo„shimcha qimirlash va polga barmoqlari bilan tegishi egiluvchanlikni; o„rtacha sur‟ata ko„p marta takrorlanganda chidamlikni taminlaydi va hokozo. Bu misolda muskulni almashtirish shug„ullanuvchiga ko„rsatadigan ta‟sirni o„zgartiradi. 100 m.ga yugurish 16-17 yoshdagi jismoniy tarbiyalangan o„smir uchun tezkorlik va kuchni rivojlantirishga, 7-8 yoshli bola uchun chidamlilikni rivojlantiradi. Harakatli o„yinlarni oldiga qo„yiladigan vazifalarni ifodalash ancha qiyinchilik tug„diradi. Chunki bular, tarbiyaviy o„rgatish va sog„lomlashtirish vazifalaridan kelib chiqib o„qituvchi tomonidan o„yining mazmuniga qarab aniqlanadi. Masalan, kuzatuvchilikni harakat reakqiyasini, tezkorlik va aniq nishonga otishni rivojlantirishga yordamlashish, shuningdek ovchilar va o„rdaklar o„yinida jamoaviy ruhida tarbiyalash; harakat faoliyatini bajarish texnikasini olib o„ynaydi o„zining tutishga va ijodiy izlanishga tarbiyalash. Masalan: 1. Ikki taraflama basketbol o„yinida raqib qarshiligini yengish paytida qo„rqmaslikni, tez va aniq harakat qila olishlikni tarbiyalaydi. 2. Oldiga dumaloq oshishda o„z-o„zini himoya qilishni o„rgatish 3. 100 m. Yugurush musobaqasi bilan tanishtirish 4. Sakrash mobaynida muvozanatni saqlash va arqonga tirmashib chiqish malakalarini tekshirish. Dars oldiga qo„yiladigan vazifalarga xulosa qilib aytish mumkinki: a) aniq va aniq ifodalangan vazifa va mashqlarga bo„lgan o„rgatish jarayonini tezlashtiradi; b) ayrim vazifalar bir darsda emas, balki bir nechta darslar davomida hal etilishi mumkin; v) dars oldiga 2-3 asosiy vazifa qo„yish tavsiya etiladi, shulardan biri o„rgatish, ikkinchisi takrorlash va uchinchisi tarbiyalash vazifalari yoki mustahkamlash va bir o„rgatish vazifalari bo„lishi mumkin. Bu albatta, har bir darslik ish rejasiga bog„liq. Ikkinchi darajali vazifalar esa dars davomida hal etiladi. Dars vazifalarini mashg„ulot o„tkazish joyini va darsga tegishli jixozanjomlar belgilangandan so„ng, dars mazmunini aniqlashga o„tilishi lozim. Dars mazmunini aniqlashda, avallo, darsning asosiy qismiga taalluqli mashqlarni so„ngra tayyorgarlik va yakunlovchi qismi mashg„ulotlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki dars oldiga qo„yilgan vazifalar darsning asosiy qismida xal etiladi. Darsning asosiy qism mazmunini ishlab chiqishda quyidagilarga; 1. Qo„laniladigan mashqlar o„qtuvchilarda mavjud bo„lgan ish harakat tajribasiga asoslanish; 2. Oldingi darsa o„tilgan material bilan ushbu darsda o„tiladigan mashqlar orasida o„zaro bog„lashni amalga oshirilishi; 3. Agar imkoniyat bo„lsa, mashqlarni qismlarga bo„lib o„rgatish kerakki, keyinchalik ularning bir butunga birlashtirish onson bo„ladi; 4. O„rgatiladigan mashqlarni tez o„zlashtirish uchun maxsus tayyorgarlik va yondashtiruvchi mashqlardan keng ko„lamda foydalanish lozim. Bu esa o„rganilayotgan mashqni tez o„zlashtirishga yordam beradi. 5. Asosiy qismga rejalashtirilgan harakatli o„yinlar, o„rganilish kerak bo„lgan mashqlar o„tib bo„lingandan so„ng o„tkaziladi. Bu o„yinlarda darsning asosiy qismida qo„llanilgan mashqlarni qo„llash; 6. Mashqlarnig organizimga tasiri bo„yicha almashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, osilishni tayanish bilan, sakrashning irg„itish bilan va hokozo. O„qituvchi darsning asosiy qismi mashqlari joylashtirib bo„lgandan so„ng tayyorgarlik qism mashqlarni tanlashga o„tadi. Tayyorgarlik so„ngi tayyorgarlik qism mashqlarni shunday tanlash kerakki, bu mashqlar asosiy qism mashqlarining o„zlashtirishga yordam bersin, organizimni asosiy ishga tayyorlansin. TASHKILIY USLUBIY KO„RSATMALAR Tashkiliy - uslubiy ko„rsatmalar (TMK) darsda qo„llaniladigan vositalardan to„laroq foydalanish va shu bilan birga o„qtuvchilar jismoniy tarbiyasini maqsadga muvofiq xal etish uchun tanlab olinadi. Konspketni “Tashkiliy – uslubiy ko„rsatmalar” bo„limiga darsni maqsadga muvofiq tashkil etish; shug„ullanuvchilarni darsga tashkil etishning uslublari; o„rgatish va tarbiyalashning uslub va uslubiy usulari; darsni o„tkazish sharoitlar yoziladi. TMK tanlashda o„rganilayotgan mashqni, o„qituvchilarni mashqni, o„qituvchilarning jismoniy tayyorgarligini xususiyatlarining e‟tborga olish lozim. TMK tekistni har xil rasm va sxemalarda ham chizish mumkin. Masalan: saflanish va qayta saflanishni o„quvchilarning mashg„ulot joylarini; asbob-anjomlarni joylashtirish va xokozo. Konspektda qo„llaniladigan TMKni 4 guruhga ajratish mumkin. Darsni tashkil etish; Darsni o„tkazish metodikasi; Dars sharoiti; Darsda o„tilganlarini hisobga olish. 1. Darsni tashkil etishga tegishli ko„rsatmalar dars davomida shug„ullanuvchilarni tashkil etish uslublarini frontal, guruhlarga bo„linib, individual, aylanma va ularni bajarish usularini birin-ketin sxema bilan asboblardan foydalanish tartibini, guruh boshliqlarining ishini va xakozolarni yozishni taqazo etadi. Masalan: ikki doiraga qayta saflash; mashqni mustaqil bajarish; - dastlab guruh boshliqlarini saylagan holda sinf o„quvchilarini 6 gruppaga bo„lish; - buruslarda, turnikda, arqonda aralash osilishlarni bir payitda ikkitadan o„quvchi bajaradi; - o„yining sudyaligiga darsdan ozod etilganlarni jalb etish va h.k. Yozuvlar sxematik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ikkinchi guruh ko„rsatmalariga darsni o„tkazish metodikasi kiradi. Bu yerda o„quvchi tomonidan qo„laniladigan o„rgatish va tarbiyalash metodlari va uslubiy usulari, darsda yuklamani tartibga solinishning uslubiy usulari, intizomni tiklash, jamoada o„zini tuta bilishni tarbiyalovchi, jamoatchi yo„riqchilik va sport turi bo„yicha sudiyalik malakalariga o„rgatishning usulari yoziladi. Masalan: - qisimlarda (bo„lak) bo„lib o„rgatish; - mashqni bajarishni tushuntirib, terminologiya asosida bajarilishini talab etish; -shug„ullanuvchilar diqqatini mashq texnikasi qaysi xarakteristikalarga yo„nalish, amplitudasi, tezligi, kuchlanish darajasi, temperamenti va xakozolarni qaratish kerak; -o„yin qoidasini, musobaqani, mashq bajarishni qaysi tomonlarga e‟tiborni kuchaytirish lozim; -qaysi hollarda shug„ullanuvchilarni sudyalikka, yordam berishga jalb etish mumkin; -shug„ullanuvchilarga yon tomon bilan turib ko„rsatish; -“4” hisobni o„quvchilar bir ovozdan aytadilar; -mashqlarni ko„zini yumib bajarish; -mashqni 4 marta bajargandan so„ng o„quvchilarni o„ng tomonga burish va mashqni davom etirish; -o„yinda charchagan o„quvchilar uchun dam olishlariga ikki kichik doira chizish; -ikki minut o„yindan so„ng o„quvchilarni joyida yurg„izish; -yakuni past ovoz bilan olib borib, tinchilika erishish; -qizil bayroqa ko„tarish signalini joriy etish, signal berganda xar bir o„quvchi o„z joyida to„xtab qoladi; -har bir navbat bilan yordam qiladi, straxovkani baxolash; -kuzatayotgan o„quvchi o„z o„rtog„ining yoniga keladi va xatosini ko„rsatadi; -to„rtinchi mashqni ta‟sirini o„quvchilarga bayon etish straxovkasi. 3. Dars sharoitida mashg„ulot joyini tayinlash bo„yicha qanday ishlar qilinishi va kim bajarishi, keyingi darsga nimalar tayyorlanishini, baxtsiz hollarning oldini olish uchun qanday tadbirlarni bajarilishi kerakligi ko„rsatiladi. Masalan: - navbatchi o„quvchi o„z oldindan o„tuvchiga navbatma-navbat gimnastika tayoqchalarini tarqatadi; - navbatchilar tanaffus vaqtida uzunlikka sakrash joyini yumshatadilar va o„yin uchun 10 dona basketbol to„pini maydonga olib chiqdalar; - kelasi darsga qum solgan xaltaga tayyorlashni vazifa qilib topshirish (qandayligini ko„rsatish); - har gruppadan 4 tadan kishi o„z gruppasi uchun gimnastik to„shaklarni olib keladi; - irg„itish joyini tayyorlashni ikki o„quvchiga topshirish; - to„plarni tayyorgarligini darsgacha tekshirishni sinf orizrgiga yuklash. 4. Dars jarayonida o„tilganlarni hisobga olish O„zgartirilgan materialni o„quvchilar tomonidan qay darajada o„zlashtirilgan materialni tekshirib ko„rish bilan bog„liq bo„lgan ko„rsatmalar yoziladi. (Tekshirishni mashq bajarish jarayonida, ayrim o„quvchini chiqarish, hamma o„quvchilardan o„quv norma va talablarni qabul etish, musobaqa o„tkazish va bilet savollariga javob olish yo„llari bilan amalga oshirish mumkin). Masalan; -3-4 o„quvchining raport berishini baholash; -o„quv normasini qabul etishda, mashq bajarish texnikasiga va natijasiga qo„yilgan bahoni e‟lon etish; -ertalabki gigiyenik gimnasitka komponentini bajarishda, a‟lo bajargan 3-4 o„quvchini baholash; -guruh boshliqlarining faoliyatini baholash; -navbat bilan mashq bajarishda, bir - birlarining mashq bajarishini ballarda baholash va xatolarni tuzatish yo„llarini ko„rsatishni o„quvchilarga vazifa qilib topshirish. Eslatma: konspektni tashkiliy - uslubiy ko„rsatmalar bo„limiga mashqni texnikaga va gigiyenik omillarga doir ma‟lum bo„lgan narsalarni yozish tavsiya etilmaydi. Masalan: -shug„ullanuvchilarning to„g„ri nafas olishni kuzatish; -to„g„ri qaddi-qomatni nazorat etish; -mashqning aniq bajarilishini kuzatish; -oyoqni, gavdani, qo„lni to„g„ri ushlash yoki bukmaslik kabi ko„rsatmalar; Dars konspektiga o„quvchi imzo chekishi kerak, chunki bu o„quv xujjati bo„lib hisoblanadi. Dars tugagandan so„ng dars o„tkazgan o„qituvchi o„tkazilgan dars bo„yicha ushbu konspektga qisqacha mulohazalarni yozishi lozim. Bunda dars oldida qo„yilgan vazifalarni hal etilganligi, dars mobaynida kiritilgan o„zgartirishlar, yo„l qo„yilgan kamchiliklar intizom, shug„ullanuvchilarning darsga bo„lgan munosabatlari haqida fikr yuritilib, darsga xulosa qilinadi. Ushbu ayrim kamchiliklar navbatdagi konspektni yozishda e‟tiborga olish kerak. Jismoniy tarbiya darsining namunaviy konspekti sifatida Toshkent shahar, 19- o„rta maktabning 4-sinfi uchun tuzilgan konspektni tavsiya etamiz. Dars konspekti № Tasdiqlayman: “____”____________200__y Sinflar 4a, 4b O„tilish vaqti 5-6.11 Dars vazifalari: 1.Topshiriqda saf qadamini takrorlash. 2.Tayoqcha bilan bajariladigan ertalabki gigenik gimnastika mashqlari kompleksini o„zlashtirish 3.Yakka cho„p va akrobatika kombinaqiyalari bilan tanitirish va o„rgata boshlash. 4.O„yinda diqqatni va kuzatuvchanlikni tarbiyalash. O„tish joyi: maktab sport zali Asbob va anjomlar: gimnastik tayoqchalar - 40 dona sinfdagi o„quvchilar soniga bog„liq, gimnastik to„shaklar- 10 dona va x.k. Dars qismlar Mazmuni Miq-dorlash Tashkiliy-metodik ko„rsatmalar 1 2 3 4 1 Saflanish, raport , saolomlashish. Dars vazifalarini bayon etish 1-1,5 2 Zalni aylanib yurishda 2 qadam orani ochish. Harakatdagi topshiriq 1-2 doira Mashqni bajarish va sakkiz hisobiga bajarish 3 1-7 saf qadami bilan yurish 8-oyoqni juftlashtirish 3-4 4 1-4 joyda yugurish 5-6 orqaga burilish 7-8 orqaga burilish sekin tempda yugurish 1,5 min Yugurish vaqtida to„g„ri nafas olishni eslatish, yugurish to„xtaganda hisob tez sanalib, asta-sekin pasaytiriladi. 5 Oraliq va masofani 2 qadamdan qilib burilib 4 kolonnaga saflanish Qayta saflanishda kalonna va shiringalarga tekis turishga erishish. Navbatchilar yonlaridan o„tayotgan o„quvchilarga tayoqlarni birin-ketin tarqatadilar. 6 Ertabliki gigiyenik gimnasvtika mashqlari kompleks D.x tayoq pastda 1-2 oyoq uchiga ko„tarilib, tayoq yuqoriga ko„tarilib 3-4 D.x 4-marta Har-bir mashqda qaysi hisobga nafas olish, qaysiga esa nafas chiqarish kerakligini ogohlantirish.O„quvchilar bilan birgalikda bajarish. II D.X oyoqlar kerilgan holda tayoq bosh orqasida. 1-orqaga egashib unga burish tayoq yuqoriga. 2-D.X 3-Xuddi shuning o„zi lekin boshqa tomonga 4-marta Mashq oxirida 3-4 hisobga chapga qadam qo„yib, keyingi mashq bajarish uchun D.X. qabul qilish. III D.X Xuddi shuning o„zi. 1. Chap tomonga engashib, tayoq yuqoriga. 2.D.X 3-Xuddi shuni ng o„zi, lekin boshqa tomonga 4. D.X Xar qaysi tomonga 4-martadan Bir vaqtning o„zida ko„rsatish, tushuntirish va bajarish usulini qo„llash.Mashqni oynasimon (teskari holda) ko„rsatish Guruh chapga egilishni bajaring: bir,ikki… IV D.X.- tayoqni o„rta qismidan ushlab o„ng qo„l yuqorida orqada tik turish 1-2 oyoq uchida cho„qqida o„tirish 3-4 turish. Xuddi shuning o„zi, lekin har hisobga bajarish. 3-marta Shug„ullanuvchilarga orqa bilan turib ko„rsatish V D.X o„tirish. Tayoq oldinda 1-2 o„ng oyoqni tayoqdan o„tkazish. 5-8 xuddi shuning o„zi chap oyoq bilan. Qad-qomatni tekshirish. Mashqni tushuntirish asosida bajarish. VI D.X-orqa bilan yotib, tayoq yuqoriga 1-2 oyoqlarni buklab, tayoqdan o„tkazish, tayoq tizza ostida. 3-4D.X 4-marta Mashqni shug„ullanuvchilarning biri orqali ko„rsatish VII D.X.-qoringa yotish, tayoq yuqorida 1-kerishish. 2-D.X 8m O„quvchilarni chapga (o„ng tomonga) yarim holatga burish VIII D.X qo„llar belda, tayoq polda. Har hisobga oldinga va orqaga tayoq ustidan sakrab o„tish. Bo„limlarni qayta saflantirish. 8-10m Mustaqil bajarish O„g„il bolalar:1g. turnik, akrobatika . 2.g.akrobatika turnik Qiz bolalar:1g. muvozanat, akrobatika. 2g. akrobatika muvozanat. Mashg„ulot joyini tayyorlash va yig„ishtirish uchun har bir guruhdan 4 tadan bola ajratiladi. Past turnik. turnikka tik turib osilib turgan holatdan, bir oyoqda depsinib, 2-chisi bilan siltanib to„ntarilib ko„tarilish, o„ng (chap) oyoqni olding siltab o„tkazish-orqaga tushish va o„ng oyoqda ko„tarilish, o„ng chap oyoqni orqaga siltab o„tkazish. O„tkazish –o„ng(chap) tomonga burilish bilan sakrab tushish. 1-marta Kombinaqiya bajara oladigan yoki gimnastika sekqiyasiga qatnashuvchi o„quvchi tomonidan ko„rsatiladi. Ko„rsatish jarayonida mashqlarning qanday bajarilishini izolab berish. 1 To„ntarilib ko„tarilish, orqaga tebranib sakrab tushish. 3-4 m Mashqni 1-bajarishda o„zim yordam beraman, keyinglarida guruh boshchiligida. Kimni qo„l kuchi kam bo„lsa, mashq bukilgan qo„llarda bajariladi. 2 Cho„kkayib osilgan holatdan, depsinib, bukilib osilish, orqada osilish-turnik orqa bilan ushlab turish. 2 marta Ko„rsatib va tushuntirib bo„lgandan so„ng o„quvchilar 2tadan bo„lib mustaqil bajaradilar. 3 Sakrab-tayanish,tayanish oyoqlar bilan yon tomonlarga siltanishlar Akrobatika (o„g„il.b) Mashqlari: D.x tayanib o„tirish va oldinga dumbaloq oshish, unga chap oyoqni oldinga o„tkazib chalishtirish, orqaga dumbaloq oshish va kerishib yuqoriga sakrash 2m 1m Sakrash uchun 3ta gimnastik to„shak qo„yish. Tana og„irligini bir qo„ldan ikkinchi qo„lga o„tkazishni o„rgatish Mashqni butunligicha bajarish 1 Tanib o„tirgan holda yuqoriga sakrash. 4-6 m Uchtadan guruh bo„lib bajarish. Guruh uslubi bilan turg„un muvozanatni saqlashga erishish. 2 Tayanib o„tirish unga oyoqni chalishtirish orqaga buri- lish, orqaga dumalash 4-6 m 3 Xuddi shuning o„zi lekin orqaga dumbaloq oshish. 4-6 m Orqaga dumbaloq oshganda zich guruhlashni saqlash 4 Kombinaqiyani butunligicha bajarish. 2-3 m Navbatma-navbat bajariladi Muvozanat saklash(qizlar) Yakkacho„pni balandligi 110 sm 1 m Butunligicha ko„rsatish Qo„shimcha tayanch yordamida yakka cho„pni ohiriga chiqish-2-3 tez qadam bilan yurish, qo„llar belda chapdan (o„nga) orqaga burilish chap oyoqni oldinga ko„tarib oyoq ostida chapak chalish, chap oyoqni siltab, o„nga 90 burilish-o„ng oyoqqa tayanib o„tirish – tik turib qo„llar yonga chap oyoqqa tayanib turish chapga burilib katta qadamlash-tik turish oyoq uchida, bir necha tez qadam bilan yurish va kerishib sakrab tushish. 1 Oyoq uchida yurish-kerishib sakrab tushish 2 m 2 m Birin-ketin bajariladi. Sakrab tushishda gruppa boshlig„i yordam beradi. 2 Oyoq ostida chapak chalib yuri sh va kerishib sakrab tushish. 2 m Chapak chalishda gavdani oldinga egmaslik va oyoqni siltashni balandroq bajarish kerak. 3 O„ng oyoqda cho„qqayib; 2-chisini yon tomonga oyoq uchiga tayanish tik turib qo„llar yonga – chap oyoqda cho„kkayib ikkinchisini yon tomonga oyoq uchiga qo„yib tayanish-tik turish –burilish bilan tizzani bukib katta qadamlash qo„llar yonga. 1-marta Akrobatika qiz.b D.X tayanib cho„qqaygan holatdan oldinga dumboloq oshib, tayanib o„tirish shu holatdan orqaga dumalab kuraklarda tik turish holatini saqlash-oldinga dumalab chalqancha yotish ko„prik –shu holatdan chapga (o„nga) burilib, tayanib o„tirish, dumbaloq-oshish-tik turish 1 Chalqancha yotgan holatdan sherigi yordamida “ko„prik” yasash va burilib tayanib o„tirish O„quvchilarni ikkitadan qilib bo„lib chiqish. A) Tizzalarda turgan holatda orqaga engashish. Hamma bir paytda bajaradi. 2 Chalqancha yotgan holatda ko„prik yasash – burilib tayanib o„tirish va orqaga dumbaloq oshish 1-marta Burilish texnikasini bajarilishini hammada tekshirib, tana og„irligni qo„ldanqo„lga o„tkazilishni tushuntirish. 3 Kombinaqiyani butunligicha bajarish “Ko„z bog„log„ich o„yini” 2-marta 2 doiraga saflantirish. Qoidasi:onaboshiga ko„zni ochish man etiladi. Faqat o„z joyiga qaytishi kerak, lekin yo„lni o„zgartirishga ruxsat etiladi. Bir sherengaga saflantirish. Har bir guruhdan 2-3 o„quvchi mashqni yaxshi o„zlashtirishga qarab baholash. Guruh boshliqlarini faoliyatini baholash. Keyingi darsning tayyorgarlik qismida uy vazifasi tekshirilishini eslatish. Konspekt tuzishga qo„yiladigan baho “_____” Darsni o„tishga qo„yiladigan baho “_____” Konspekt tuzuvchining imzosi: Shunday qilib, jismoniy tarbiya darslari uchun tuziladigan konspekt, o„quv ishlarining rejalahtirishning aniq hujjati bo„lib, o„qituvchi tomonidan har darslik ish rejasiga asoslanib yoziladi. Aniq ifodalangan jismoniy mashqlarni amalga oshirish usullarini to„g„ri tanlashga va shu mashqlarni o„rgatish jarayonini tezlashtiradi. Konspektdagi, darsni tayyorgarlik qismi uchun tanlangan mashqlar asosiy qismi uchun mashqlarini o„zlashtirishga yordam berishi va organizimni ishga tayyorlashi kerak. Konspektning asosiy qismida dars vazifalarini hal qilish uchun aniq vositalar tanlab yoziladi, bular maxsus tayyorgarlik, rivojlantiruvchi va asosiy mashqlarni tashkil etadi. Konspektning “miqdorlash” qismida mashqlarni takrorlanish soni, davom etish vaqti, masofasi aniq ko„rsatilishi lozim. Jumladan darsni tayyorgarlik qismidagi mashqlarni miqdorlashda uni musiqa ritmiga mos kelishiga e‟tibor berishi shart. Darsning yakunlovchi qismida kam harakatli o„yinlar, muskullarning tonusini pasaytiruvchi mashqlar, erkin yurish, nafas olish mashqlari va xokozolar tavsiya etiladi. TAXLIL AHAMIYATIGA DOIR TAVSIYALAR Darsni tahlil qila bilish bo„lajak pedagog uchun katta ahamiyatga ega, ya‟ni u: - O„qituvchilarning amaliy ishlar bilan yaqindan tanishishga va o„zlaridan tajribaliroq bo„lgan hamkasblarining tanqidiy munosabatda bo„lish imkoniyatini beradi; - talabalarning oliygohda o„z kasblari bo„yicha olgan bilimlarini va ko„nikmalarini mustahkamlaydi va takomillashtiradi; - o„quv-tarbiyaviy jarayonni to„liqroq fikrlashga va baholashga, unga aniq o„zgarishlar, amaliy tavsiyanomalar yordam beradi; - pedagogning ijodiy qobiliyatini tarbiyalashga ko„maklashadi. Taxlil o„tkazishda qo„yidagi talablarga rioya etish maqsadga muvofiqdir: 1. Darsning tahlini har tomonlama va keng, ya‟ni konspekt sifati, darsni tahlil etish, qo„llanilgan vosita va o„rganish uslublarining maqsadga muvofiqligi, pedagogning tarbiyaviy ishlari va h.k. baholangan bo„lishi kerak. 2. Kuzatalgai darsning taxlili. 3. Subyektiv baholash asoslangach va yetarlicha isbotlangan bo„lishi kerak. Isbot aniq misollar va dars vazifalarining hal etilishi bilan o„zviy bog„liqlikda ta‟minlanishi kerak. 4. Darsning taxlilida ko„rsatilgan kamchiliklarni yo„qotish buyicha aniq tavsiyanomalar bo„lishi kerak. 5. Dars mazmunini tahlil qilish rasmiylashtirilgan, tushunarli va tartibli bo„lishi kerak. Tavsiya etilgan darsni tahlil qilishning namunaviy rejasi kamchiliklardan holi bo„lmagan holda ma‟lum bir ko„ptomonlikni va ketma-ketlikni taminlaydi. Rejaga qa‟tiy rioya qilksh shart emas. Unda bo„limlar soni va taxlil qilishning ketmaketligi o„zgarishi mumkin. Masalan darsning tashkil etish qismi tahlilning boshidan yoki oxiridan analiz qilinishi mumkin. Har qaysi bo„lim alohida, to„liq va mazmunda taxlil qilinishi ham mumkin. Kuzatuvchining uslubiy tayyorgarlini umumiy bahosi qo„yidagi ko„rsatkichlar asosida chiqarilishi mumkin. "A‟lo" baho - dars o„kazish metodikasining hamma asosiy tomonlari taxlil qilingan bo„lsa, dars konspekti darsning tashkil etilishi, qo„llanilgan vositalar va o„rganish uslublari, o„rganish va tarbiyalanish prinqiplarining amalga oshirilishi, pedagogning tarbiyaviy ishlari. Ko„ursatilgan tomonlarga bo„lgan xarakteristika to„liq, chuqur va har tomonlama bo„lishi kerak. Hamma narsa tegishli misollar bilan albatta tasdiqlanadi. Ko„rsatilgan kamchiliklarni yuqotish bo„yicha aniq takliflar va tavsiyalar beriladi. Tavsiyalar real va bajarilishi qulay, hamma narsa yagona sistemaga kiritilgan bo„lishi kerak. "Yaxshi" baho - dars o„tkazish metodikasining hamma tomonlari taxlil qilingan, lekin ayrim bo„limlarning tahlili yetarli darajada to„liq bo„lmagan, tahlil qiluvchi o„z munosabatlarini ifoda etadi, misollar bilan tasdiqlaydi va kamchiliklarni yo„kotish bo„yicha aniq amaliy tavsiyanomalar beradi. "Qoniqarli" - darsning hamma tomonlari tahlil qilinmagan, lekin ayrim bo„limlarga xarakteristika berilgan holda, baho qo„yiladi. Tahlil qiluvchi darsdagi bo„lgan voqealarni qaytadan gapirishga harakat qiladi. Kamchiliklarni bartaraf etishga yetarli aniq amaliy tavsiyalar berilmaydi. "Qoniqarsiz" baho - darsga o„z bahosini va amaliy aniq yordam berishga harakat qilmasdan ko„rganlarini juda yuzaki, sistemasiz qayta ifoda etganida qo„yiladi. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida pedagogik nazorat olib borish hujjatlarining namunasi O„zbekistonda Davlat jismoniy madaniyat oligohi, pedagogika kulliyoti III kurs talabalarining 2006-07 o„quv yilidagi pedagogik amaliyoti davomida olingan ma‟lumotlarga asoslangan. 210-maktabning 5-6 sinfida o„tkazilgan gimnastika darsining pedagogik tahlili. Darsga 30 o„quvchi qatanashdi. Dars vazifalari qo„yidagicha: 1.Yakka cho„pda va tayanib sakrashda akrobatikadan va turnikda o„rganilgan mashqlarni takomillashtirish. 2. Egiluvchanlikni tarbiyalash. 3. Mustaqillikni, dovyuraklikni, maqsadga intilishni tarbiyalash. Darsga tavsiya etilgan konspektda hamma vazifalar (o„rgatish, tarbiyalash va sog„lomlashgirish) bayon etilgan. Lekin bu vazifalarning aniq bo„lmaganligi, ularnig dars jarayonida hal etilishini qiyinlashtiradi. Masalan: birinchi vazifa, turnikda, akrobatikada, yakka cho„pda o„rganilgan kombinaqiyalarni takomillashtirish, sog„lomlashtirish vazifasi kuchni va egiluvchanlikni tarbiyalash aniq emas. Bu vazifalar dasturning butun bo„limini o„z ichiga oladi. Bir darsda kuch va egiluvchanlikning hamma turlarini tarbiyalash mumkin emas. Buning o„rniga mashqlar yordamida mushak va gruppalarini kuchini yoki egiluvchanligini tarbiyalash, deb yozganda maqsadga muvofiq bo„lar edi. 5-sinf vazifalarida "takomillashtirish" so„zining qo„llanishi maqsadga muvofiq emas. Dars vazifalarini hal etish uchua vositalar tanlash ham yaxshi uylab chiqilmagan va tanlanmagan. Masalan, yakka cho„p va turikda faqat butunligicha bajarishi tavsiya etiladi, kuch va egiluvchanlikni tarbiyalash uchun faqat bittadan topshiriq berilgan xolos. O„quvchilarda mustaqillikni, qo„rqmaslikni va maqsadga intilishi o„qituvchi qanday uslub va vositalar bilan hal etilganligi konspektda ko„rsatilmagan. Dars kosnspektida uyga berilgan topshiriqlar yozilmagan. Konspektni tashkiliy-uslubiy bo„limidaga ko„rsatmalar ko„proq o„quvchilarni darsda tashkil etishga tegishli bo„lib, darsni o„tish uslublariga va uslubiy usullariga taalluqli ko„rsatmalar esa kam. Dars konspekta yuqori saviyada yozilgan bo„lib, uning tashqi ko„rinishi yaxshi bo„lishi kerak. Mashg„ulot o„tkazish joyi, jixoz va anjomlarni joylashtirish masalalari ham yaxshi uylab chiqilmagan. Masalan, yakkacho„p va past-baland brus oldida gimnastik to„shaklar yo„q, zaldagi gimnastika skameykalari hisobga olib qo„yilmagan. Shu sababli, dars davomida o„quvchilar yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni to„zatishga majbur bo„ldilar. O„qituvchi va o„quvchilar tashqi ko„rinishi kishida yaxshi taassurot qoldiradi va gigiyena, estetika talablariga javob beradi, hamma o„quvchilar bir xil sport kiyimida. Darsga ajratilgan vaqt samarali taqsimlanmagan. Dars qo„ng„iroqdan 3 minut oldin tugallandi. Darsning tayyorgarlik qismiga 12 minut, asosiy qismiga - 25 minut, yakunlovchi qismiga - 5 minut sarflandi. Dars qismlariga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanilmaydi. Masalan, darsning tayyorgarlik qismida gimnastika darsida bajariladigan faoliyatga maxsus funkqional tayyorgarlikni ta‟minlashi kerak bo„lgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksiga kam vaqt sarflangan holda, yugurish mashqlariga ko„p vaqt ajratildi. Darsni asosiy qismida bajarilishi kerak bo„lgan mashqlarga ham vaqt bir xil taqsimlanmadi. Umuman, darsning mashg„ulot joyidan, qayta saflanish va bir mashg„ulot joyidan ikkinchisiga va h.k. o„tishlardan maqsadga muvofiq foydalanildi, lekin kamchilik kam bo„ldi. O„qituvchi o„z ish joyini har doim ham to„g„ri tanlay olmadi, gohida turnikda bajaruvchilarga orqasi bilan turdi. Darsda o„quv anjomlaridan yetarli foydalanilmadi. Masalan, past turnik va baland yakka cho„pda mashq bajarilganda navbat kutuvchilar ko„p bo„ldi. Shu anjomlarda mashq bajarilishining zichligini oshirish uchun gimnastik skameykalardan va past yakka cho„pdan foydalanilganda maqsadga muvofiq bo„lar edi. Darsning tayyorgarlik qismida, o„quvchilarning faoliyatini tashkil etishda frontal uslubdan va mashqni bir paytda bajarish usulidan to„g„ri foydalanildi (ilonsimon yugurish; umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksi). Bu vaqtdan to„la foydalanishga, yetarli og„irlikni va harakat zichligini ta‟minlashga imkon yaratdi. Darsning asosiy qismida shug„ullanuvchilarni tashkil etishning guruhli uslubi va yakka cho„pda, turnikda, akrobatika mashqlarini bajarishda, asosan, navbatmanavbat usuli qo„llanildn. Buniig o„rniga, birin-ketin yoki - birgalikda bajarish usullari qo„llanil-ganida yaxshi bo„lar yakka edi. Baland cho„pda mashq bajarishda, o„qituvchi yordamchi, ya‟ni, to„ntarilib qo„yilgan gimnastik skameyka, past yakka cho„p kabi qo„shimcha anjomlardan ham foydalanishi kerak edi. Bu esa, o„quvchilarning mashq bajarish uchun kutish vaqtlarini qisqartirishga va ularni harakat faolliklarini oshirishga imkoniyat yaratgan bo„lar edi. Agar asosiy qism mashqlarini bajarishda o„quvchilar o„z-o„zlarini kuzatish, bir-birlarining mashq bajarishlarini baholash kabi uslubiy usullardan foydalanilganda yaxshi bo„lar edi. Darsning asosiy qismi uchun vositalarini tanlashda, bolalarning yosh xususiyatlari, ularning jismoniy va texnik tayyorgarliklari darajasi yetarlicha hisobga olinmadi. Masalan, turnikda bajariladigan mashqlarni hamma o„quvchi bajara olgani yo„q. Agar qo„shimcha jixozlardan, masalan, har-xil balandlikdagi brusdan foydalanib, maxsus tayyorgarlik, yondoshtiruvchi mashqlar (balanddagi jerdga osilib, pastga jerdga oyoqlar bilan tayangan holatdan bir oyoq bilan depsinib, ikkinchisi bilan siltanib, yuqori jerdga tayangan holatga kelish) berilganda, ular darsdagi o„rganilishi kerak bo„lgan asosiy mashqni, ya‟ni siltanish yo„nalishi amplitudasini va tana holatini to„g„ri tasavvur qilishga yordam bergan bo„lar edi. Bu esa, birinchidan, topshiriqning bajarilishini yengillashti-rilgan, ikkinchidan, harakat malakasining ijobiy o„tishini ta‟minlagan bo„lar edi. Mashqlarni takrorlanish soni yetarli bo„lgani yo„q. Umuman, o„qituvchi so„z usullarini biladi, lekin ulardan dars davomida foydalanishda ayrim kamchiliklarga yo„l qo„ydi. O„qituvchi darsda ko„rsatma, buyruq usullarini qo„proq, topshirini tushuntirish tasvirlab berish kabi uslublarini esa kam qo„lladi. Haqiqatan, mashq bajarilish vaqtida qisqa mazmunli so„z uslublari: ko„rsatma berish, baholash, buyruq, ogohlantirish keng qo„llanishi tabiiy. O„qituvchi bolalarning jismoniy tayyorgarliklarini e‟tiborga olmasdan, darsga takomillashtirish vazifasini qo„ygan. O„qituvchi o„z faoliyatini qayta o„zgartirib, o„quvchilar tomonidan mashqning mohiyati, uning bajarilish usullarini, mavjud xatolarni va ularning oldini olish va h. k. vazifalarini har tomonlama to„liq tasavvur etishlari uchun tushuntirish har tomonlama ko„rsatma berish, mashqni tasvirlab berish kabi uslubiy usullaridan foydala-nishi kerak edi. Bularning o„rniga o„qituvchi o„quvchilarga yetarli darajadaga qo„pollik bilan "Men aytdim, oyog„ingni to„g„irla!", "Nega xato bajarding?" kabi iboralarni ishlatdi. O„qituvchi ko„rsatmalilik uslubining imkoniyatlaridan ham to„g„ri foydalana bilmadi. Mashqlarni bevosita ko„rsatib berish faqat darsning tayyorgarlik qismida amalga oshirildi. 5-sinf o„quvchilari uchun mashqni o„qituvchi yoki mashqni a‟lo bajara oladigan o„quvchi bevosita ko„rsatab berishi katta ahamiyatga ega. O„qituvchi tomonidan mashqlarni bevosita ko„rsatib berilishi, o„zining aniqligi, to„g„rililigi, yengil bajarilishi bilan ajralib turishi kerak edi. Darsning asosiy qismida o„qituvchi ko„rsatmalilik kartochkalaridan foydalanadi. Kartochkalarda mashqning nomidan boshqa hech qanday ma‟lumot yo„q. Shuning uchun ham o„quvchilarning ko„pchiligi mashqlarni noto„g„ri bajardilar. Yakka cho„pda, turnikda va akrabatika mashqlarini bajarishda harakatlarni butunligicha bajarish uslubining qo„llanishi o„zini oqlay olmadi. Chunki o„quvchilarning harakat texnikasini egallash darajasi yetarlicha emas edi. Mashqning ayrim qismlarini yoki kombinaqiya elementlarini yakka cho„pda alohida o„rganilib, keyin elementlar birlashtirilib, bir butunligicha bajarilganda maqsadga muvofiq bo„lar edi. Buning uchun o„qituvchi o„rganishning ayrim uslubiy usullarini, masalan, mashqni sekin, to„xtab, e‟tiborni asosiy elementlarga qaratgan holda, bajarish, oddiy ko„rish va etish orenterlarni qo„llashni bilishi kerak edi. Akrobatika mashqlarini bajarishda maxsus tayyorgarlik ko„rilmadi va yondoshtiruvchi mashqlardan foydalanilmadi. O„qituvchi o„quvchilarning mashq bajarayotganlarida xatolarini topa bildi, lekin ularni kelib chiqish sabablarini va to„zatish yo„llarini o„quvchilarga tushuntira olgani yo„q. Buning uchun mashqlarning bajarilishi jarayonida o„quvchilarga xatolarini oldini olish bo„yicha ko„rsatmalar berishi, albatta mashq haqidagi tasavvurlarni aniqlashi va kengaytirishi kerak edi. Tarbiyaviy ish olib borishda o„qituvchi ayrim hollarda o„quvchilarga nisbatan kechirib bo„lmaydigan qo„polliklarga (baqirib, hurmatsizlik, jerkish) yo„l qo„ydi. Umuman, darsdagi intizom qoniqarli baholandi. O„quvchilar berilgan topshiriqlarga nisbatan xayrihohlik va qiziqish bilan qaradilar, mashg„ulotning ta‟lim-tarbiyaviy qiymatini oshirish mumkin edi. Darsda o„qituvchi tomonidan topshiriqlarni qo„llash jismoniy mashqlarning texnikasini muhokama qilish, o„z o„rtog„ini kuzatish va uni baholash kabilar darsda katta aqliy yuklamani ta‟minlagan bo„lar edi. Toza jihozlangan zal, yaxshi tashqi ko„rinish - bularning zimmasi estetik tarbiyalash uchun yo„naltirilishi kerak. "Eng yaxshi haykal" o„yinining imkoniyatlaridan to„liq foydalanilmadi. Bu o„yinda qaysi o„quvchining haykali tabiiy va chiroyli, kimning ijodiy va tasavvur etish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo„lsa, o„qituvchi butun sinf o„quvchilarining diqqatini shularga qaratishi kerak edi. Umuman, darsning o„tilishi yomon emas. Qayd etilgan kamchiliklarning ko„pchiligiga asosiy sabab o„qituvchining darsga yaxshi tayyorgarlik ko„rmaganligidadir. Pedagog eng avvalo o„z diqqatini dars konspektini ishlab chiqish va uni to„g„ri yozishga qaratish kerak. Dars vazifalarini bajarish uchun o„quvchilarning tayyorgarligiga mos bo„lgan mashqlarni tanlash kerak. Topshiriqlarni tanlashda, ulardan faqatgina o„rgatish vazifalarinigina hal etmasdan, balki sog„lomlashtirish vazifalarini hal etishni nazarda tutish kerak. Bu esa ta‟lim tarbiya jarayonini to„liqroq hal etish imkoniyatini beradi. Darsning o„tilishiga baho: Tahlil o„tkazuvchi talabaning imzosi: Jismoniy tarbiya darslarida yuklama tanlash xususida qo„ydagilarni qayd etish lozim: 1. O„quvchilarning jismoniy ish qobilyatini oshirish uchun, yuklamani darsdan darsga orttirib borish kerak. Agar bu amalga oshirilmasa, ish qobiliyati oldingi darajada qolish yoki pasayishi ham mumkin. 2. Bolalar bilan shug„ullanayotganda og„irlik hajmini ortishi, avvalo mashqlarni davom etishi, yugurish masofasi va vaqtini o„zaytirish, mashqlar-sonini va takrorlanishini oshirish va h.k. hisobiga, keyinchalik esa jadallashtirish evaziga amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, ekstensiv yuklamadan intensivlikka o„tish yo„li tavsiya etiladi. 3. Qator darslarda yuklamani jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash vazifalariga bog„liq holda, to„g„ri chiziq asta-sekin, zinapoyasimon bosqichma-bosqich va to„liqinsimon usullari yordamida oshirish mumkin. 4. Darsda, qator bajarilgan mashqlar yuklamasining yig„indisi o„quvchilarning ish qobiliyatiga, jismoniy va funkqional tayyorgarligiga muvofiq ya‟ni tabaqali bo„lishi kerak. Ma‟lumki, yetarli bo„lmagan yuklamaning organizmga ta‟siri befoyda, o„ta kattasi esa ziyon. Shuning uchun pedagog o„quvchilarning og„irlikka nisbatan javob reakqiyalarini kuzatgan holda eng foydali, optimal darajadagi og„irlikni izlashi lozim. Yuklama miqdorini aniqlashda o„quvchilarga defferen-qial yondoshish bo„yicha uslubiy maslahatlar: 1. Agar darsda hamma o„quvchilar bir xil topshiriqni bajarishlari lozim bulsa, yuklama ang avvalo, kuchsiz, nimjon o„quvchilarga mo„ljallanib tanlanishi kerakki, uni hamma bajara oladigan bo„lsin. Amaliyotda darsning tayyorgarlik va yakunlovchi qismlarda shunday qilinadi; saf mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, harakatli o„yinlar va h.k. 2. Harakat texnikasini o„rganish bosqichlarida va jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalashda yuklama tabaqalanishi kerak. Buni har xil variantlarda hal etish mumkin. Birinchi variant: sinf o„quvchilariga joydan bir qo„l bilan to„pni savatga tashlash mashqi topshiriladi. Bir guruh o„quvchilar bu topshiriqni o„zlashtirib bo„lganlaridan so„ng, ularga endi to„pni ikki qadamdan savatga tashlashdi mashq qilish tavsiya etiladi, o„qituvchi esa oldingi vazifani o„zlashtira olmagan o„quvchilar bilan mashq qiladi. Yana bir misol, o„quvchilarga 6 marta 6 metr yugurish topshirig„i beriladi. Kim uni yengil bajara olsa, yana 2-3 marta bajarishi mumkin. Ikkinchi variant hammaga bir xil topshiriq beriladi va kim qachon charchasa mashq; bajarishni tutatish mumkinligi e‟lon qilinadi. Yana bir, misol, sport zali bo„ylab yugurishda og„irlikni qo„yidagicha tabaqalash mumkin: tayyorgarligi yuqori bo„lgan o„quvchilar keng doirada, pastlari esa kattadan, taxminan, 1-1,5 m kichik doirada yuguradilar. Katta doirada yugurayotganlardan kim charchasa, kichik doiraga o„tishi mumkin. Uchinchi variant: sinf o„quvchilariga yetarli qiyinchilik-lardan iborat topshiriq beriladi. Kim uni bajara olmasa, topshiriq yengillashtiriladi. Masalan: orqaga birinketin ikki marta dumaloq oshish mashqi. Kim bajarishda qiynalsa, bir marta bajarishi mumkin. 3. Yuklama miqdorini aniqlashda gurux va individual usullari ham qo„llaniladi. Bunda o„qituvchi darsning vazifalariga muvofik holda xar guruhga yoki o„quvchiga alohida belgilashi mumkin. Xullas, o„qituvchi jismoniy tarbiya darslarining asosiy qismidagi mikdorini o„rta jismoniy tayyorgarlikka ega bo„lgan bolalarga mo„ljallangan holda, kuchli o„quvchilarga individual yondoshib bo„sh nimjon o„quvchilarning og„irlik olmasliklarini ta‟minlash kerak. Qisqa qilib aytganda, o„quvchilarga 6yeriladigan og„irlikni mohirlik bilan tanlay olishi shart. Darsda jismoniy yuklamani boshqarishning qo„yidagi uslublardan foydalanishi mumkin. a) mashq va o„yinlar sonini o„zgartirish; b) mashqlarni takrorlash; v) mashq bajarishga belgilangan vaqtni o„zaytarish yoki kamaytiri; g) harakat ritmi va tempi, vaqt birligida harakatning takrorlanish soni va amplitudasini o„zgartirish; d) mashq bajarishiing tashqi sharoitlarini o„zgartirish; ye) mashq bajarish uslublarini o„zgartirish va h.k.
Download 37.58 Kb.




Download 37.58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Download 37.58 Kb.