Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
1.
|
bog’dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo’llari, sug’orish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
1-bandi
|
2.
|
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari, bundan xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar mustasno. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari jumlasiga davlat qo’riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarining, tabiat bog’larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo’riqxonalarining (ovchilik xo’jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo’riqxonalari bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning yer uchastkalari kiradi;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
2-bandi
|
3.
|
sog’lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo’lgan yer uchastkalari;
|
Soliq kodeksining 282-moddasi, 2-qismi,
3-bandi
|
4.
|
rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
4-bandi
|
5.
|
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qo’riqxonalar, xotira bog’lari, sag’analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
5-bandi
|
6.
|
suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xo’jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari hamda boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
6-bandi
|
7.
|
elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
7-bandi
|
8.
|
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko’rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
8-bandi
|
9.
|
madaniyat, ta’lim va sog’liqni saqlash ob’ektlari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
9-bandi
|
10.
|
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
10-bandi
|
11.
|
umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, shu jumladan tuproq ko’tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo’l binolari, temir yo’l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo’l qurilmalaridan iborat temir yo’llar stantsiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo’l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
11-bandi
|
12.
|
shahar elektr transporti yo’llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
12-bandi
|
13.
|
sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog’lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o’quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
13-bandi
|
14.
|
aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stantsiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
14-bandi
|
15.
|
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stantsiyalari, yong’inga qarshi va avariyaga qarshi stantsiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stantsiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining 282-moddasi, 2-qismi,
15-bandi
|
16.
|
magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko’paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stantsiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, tsirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
16-bandi
|
17.
|
samolyotlarning uchish-qo’nish maydonlari, yerda boshqarish yo’lkalari va to’xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
17-bandi
|
18.
|
O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
18-bandi
|
19.
|
konservatsiyaga qo’yilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
19-bandi
|
20.
|
gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
20-bandi
|
21.
|
yuridik shaxs balansida bo’lgan va xo’jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’ektlar egallagan yerlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
21-bandi
|
22.
|
ihota o’rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o’rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o’rmonlarning daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab o’tgan taqiqlangan mintaqalari; o’rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o’rmonlar; o’rmonlarning temir yo’llar va avtomobil yo’llari yoqalab o’tgan ihota mintaqalari; cho’l va chala cho’l zonalaridagi o’rmonlar; shahar o’rmonlari va o’rmon-bog’lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko’kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o’rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o’rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi o’rmonlar; alohida qimmatga ega bo’lgan o’rmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan o’rmonlar;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
22-bandi
|
23.
|
qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yangi o’zlashtirilayotgan yerlar, ularni o’zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
23-bandi
|
24.
|
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug’oriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
24-bandi
|
25.
|
yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda o’tkazilgan yangi ko’chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o’tkazilgan ko’chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi;
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
25-bandi
|
26.
|
ilmiy tashkilotlarning qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik va o’rmon fondidagi yerlari, qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o’quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o’quv-tajriba xo’jaliklarining bevosita ilmiy hamda o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning selektsiyasi o’tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to’lashdan ozod qilinadi.
|
Soliq kodeksining
282-moddasi, 2-qismi,
26-bandi
|
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga
Soliq kodeksining 282-moddasida belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
|