|
Jismoniy tarbiya tarixi fan sillabusi
|
bet | 2/3 | Sana | 12.05.2023 | Hajmi | 49.23 Kb. | | #58858 |
Bog'liq ЖТТ СИЛАБУС 2022 Иш билан таъминланганлик..II. Fanning maqsadi – bo‘lajak kadrlarga jismoniy tarbiya tarixi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish orqali, kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy tarbiya bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalarga ega qilish qatorida pedgogik va axborot texnologiyalardan foydalana olish kabi amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.
Fanning vazifasi – talabalarga ibtidoiy jamoa tuzimi davridan to bugungi kungacha bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportga doir masalalarni chuqur o‘rganish
III. Ta’lim berish natijalari
Jismoniy tarbiya tarixi bo‘yicha
- jismoniy mashqlarni kelib chiqishi rivojlanish davrlari. Quldorlik munosabatlari davrida jismoniy tarbiyaning tarixiy xususiyatlari, qadimgi Sharq mamlakatlarda jismoniy tarbiyani kelib chiqishi va rivojlanishi, Qadimgi olimpiya o‘yinlari vatani bo‘lmish Gresiyada jismoniy tarbiyaning rivojlanishida Sparta va Afina tizimlari, qadimgi Rimda jismoniy tarbiya jarayonida kullarni jismoniy sifatlarini mashqlar orqali rivojlantirish. Feodalizm yemirilishi davrida buyuk gumanistlar jismoniy tarbiya xaqidagi mulohazalari, yangi davrda XOQ tashkil etilishi to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishi kerak.
- Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya; Amur Temur, Abu Ali Ibn Sino, Zaxriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi yashagan davrlarda jismoniy tarbiya; markaziy Osiyoga jismoniy tarbiyaning rivojlanishi ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak.
- Sharq mamlakatlarda jismoniy tarbiyani kelib chiqishi va rivojlanishi, Qadimgi olimpiya o‘yinlari vatani bo‘lmish Gresiyada jismoniy tarbiyaning rivojlanishida Sparta va Afina tizimlari, qadimgi Rimda jismoniy tarbiya jarayonida kullarni jismoniy sifatlarini mashqlar orqali rivojlantirish. xalqaro sport harakatining rivojlanishi va xalqaro olimpiya qo‘mitasining tashkil topishi; milliy olimpiya qo‘mitasining tashkil topishi; O‘zbekiston sportchilarining Osiyo, jahon va Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki; O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi malakasiga ega bo‘lishi kerak.
|
| |