-modda. Murojaatni ko’rib chiqqan davlat




Download 29,04 Kb.
bet21/26
Sana16.03.2017
Hajmi29,04 Kb.
#179
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
23-modda. Murojaatni ko’rib chiqqan davlat

organining majburiyatlari
Murojaatni ko’rib chiqqan davlat organi murojaat etuvchiga ko’rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko’rib chiqilganidan so’ng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi shart.

Murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, murojaatda ko’rsatilgan har bir masala bo’yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o’z ichiga olgan bo’lishi kerak.

Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi bo’lmasa, uning ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

Murojaatni ko’rib chiqqan davlat organi, uning mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxslari murojaatni ko’rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo’lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o’rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rishi shart.


Qarang: FKning 15, 990, 1021, 1022-moddalari; MJtKning 43-moddasi; JK 144-moddasining birinchi qismi; Mazkur Qonunning 26-moddasi; VM 2015 yil 31 martdagi 73-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi Namunaviy nizom 58-bandining birinchi, uchinchi-beshinchi xatboshilari


Download 29,04 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 29,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Murojaatni ko’rib chiqqan davlat

Download 29,04 Kb.