• 3. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondoshuv.
  • Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o‘rganadi.
  • Jizzax- 2022 mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari




    Download 4.15 Mb.
    Sana26.12.2022
    Hajmi4.15 Mb.
    #37154
    Bog'liq
    1-MAVZU SLAYD (3)
    паспорт пустой, Media texnologiyalar kundalik hayotda, Формирование мотивационной готовности, Arab xalifaligi va somoniylar davlati tangalari, ATOM MODELINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
    • TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI
    • O‘qituvchi:S.Bo’ltakov
    • JIZZAX- 2022
    • MAVZU:
    • Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari.
    • Reja:
    • 1. Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari.
    • 2. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni.
    • 3. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondoshuv.
    • 4. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va metodlari.
    • 5. Texnologiya fani darslariga integratsion yondoshuv
    • Mustaqil har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur.
    • Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og‘zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
    • O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni ta’lim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz ta’limni tashkil etishni rivojlantirish prinsiplari uzluksiz ta’limni isloh qilish, uzluksiz ta’lim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Birinchi prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadga erishishi o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam, g‘ayrat, shijoatlariga, to‘la-to‘kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog‘liq ekanligini anglab yetishlari kerak”.
    • Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o‘sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo‘lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o‘z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo‘shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kichik sinf o‘quvchilarini qo‘l mehnatiga o‘rgatishning asosiy maqsadi, boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini ya’ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog‘ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
    • Undan tashqari qo‘l mehnatiga o‘rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog‘oz va karton bilan ishlash”, “Applikatsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo‘lim o‘quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.
    • Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o‘rganadi.
    • Topshirilgan ishga mas’uliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o‘qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.
    • Boshlang‘ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
    • Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
    • Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatini shakllanishiga salbiy ta‘sir etadi. Ba’zan o‘quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o‘qituvchining ko‘p vaqti bekorga sarf bo‘ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog‘ozini olib kelmasdan mashg‘ulotlarga qatnashish ish qilayotgan o‘rtog‘ini narsa so‘rab chalg‘itadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona yordamga tayanib o‘z vaqtida choralar ko‘rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o‘quvchini uyga jo‘natmaslik yoki jazo berish tartibida o‘quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
    • Kichik sinf o‘quvchilarini qo‘l mehnatiga o‘rgatishning asosiy maqsadi, boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini ya’ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog‘ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
    • Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog‘oz va karton bilan ishlash”, “Applikatsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo‘lim o‘quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.
    • Boshlang‘ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib voyaga yetishida nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
    • Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
    • Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang‘ich maktabda butun ta’lim tarbiya sistemasi va barcha o‘quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat darslari yetakchi rol o‘ynaydi. Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang‘ich bochqichi boshlang‘ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik maktab yoshidagi bolalarning qo‘lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
    • Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limning asosiy vazifalari mehnatga ahloqiy va psixik tayyorlash, o’quvchilarni boshlang’ich poletexnik bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. O’quvchilarni mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondoshishlari nazarda tutiladi.
    • Mehnatga psixologik tayyorlash. Mehnatga psixologik tayyorlash murakkab uzoq davom etuvchi va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u butun mehnat ta’limi va tarbiyaga singib ketganidir. U garchi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lsa-da, mehnatga ahloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
    • Bolani mehnatga psixologik tayyorlash – va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirishdan iboratdir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singdirish. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi jamiyatining hayoti va faoliyati uning farovonligi uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini anglashlari juda muhimdir.
    • Mehnatga psixologik tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, psixomotor, emotsional –idrok, diqqat, xotira, tafakkur –mehnatning psixologik komponentlaridir.
    • Mehnatga o‘rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, xissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o‘stirish hamda alohida ahamiyatga ega. Mehnat bo‘yicha o‘quv materiallarni eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega. Barcha yangi asboblar materiallar, operatsiyalarning nomi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z-nomini predmetini ko‘rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar, tushunib oladilar.
    • E’TIBORINGIZ
    • UCHUN
    • RAHMAT!

    Download 4.15 Mb.




    Download 4.15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax- 2022 mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari

    Download 4.15 Mb.