|
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti ikkinchi ta`lim 3-bosqich, Matematika va informatika yo`nalishi 100-22-guruh talabasi Ergasheva Zeboning Dasturlash tillari fanidan bajargan amaliy topshirig`i
|
bet | 1/6 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #155576 |
Bog'liq Dasturlash tillari. 1-topshiriq.100-22-guruh.Ergasheva Zebo.
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti ikkinchi ta`lim 3-bosqich, Matematika va informatika yo`nalishi 100-22-guruh talabasi Ergasheva Zeboning Dasturlash tillari fanidan bajargan amaliy topshirig`i.
1-topshiriq.
1.Mavzu. Dasturlash tillari” faniga kirish.
1.1. Dasturlash tillari va ularning klassifikasiyasi.
1.2. Mashinaga mo’ljallangan va proseduraga mo’ljallangan dasturlash tillari.
1.3. Yuqori darjali dasturlash tillari.
1.4. Interpretatorlar va kompilyatorlar.
1.5. Dasturlarni translyasiyalash.
1.1 Kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qism texnik va dasturiy ta'minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta'minotining jadal sur'atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta'minotni ham keskin sur'atlar bilan rivojlanishiga sabab bo'ladi, va aksincha. Buning sababi ma'lum, mos dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o'yinchoq» bo'lib qolaveradi.
Kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning qandaydir nusxasi olinadi va algoritmi tuziladi, so'ng mazkur algoritm ma'lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan ko'rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo'lgan matn kompyuter tilida yozilgach, dastur deb ataladi. Demak, dastur — biror masalani yechish uchun kompyuter bajarishi mumkin bo'lgan ko'rsatmalarning izchil tartibi ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi.
Kompyuter tushunadigan «til» esa dasturlash tili deb ataladi. Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Quyi darajali dasturlash tillari.
O`rta darajali dasturlash tillari.
Yuqori darajali dasturlash tillari.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu bеlgisi bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha tasniflash eng umumiy hisoblanadi. Yuqorida aytilgan bеlgiga qarab, dasturlash tillari kompyutera bog’liq va kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi. Kompyuterga bog’lik tillar, o’z navbatida, kompyuter tillari va kompyuterga mo’ljallangan tillarga ajratiladi. Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti ikkinchi ta`lim 3-bosqich, Matematika va informatika yo`nalishi 100-22-guruh talabasi Ergasheva Zeboning Dasturlash tillari fanidan bajargan amaliy topshirig`i
|