-laboratoriya ishi. Tashqi tasir ostida ishlovchi generatorning sxemasini tadqiq qilish




Download 3.96 Mb.
bet3/18
Sana21.09.2022
Hajmi3.96 Mb.
#26182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
LAbaratoriya ishi
1655556713, 1-loyiha, Funksional ketma-ketliklar va ularning yaqinlashuvchanligi, Тема Дидактика как тиория обучения, мажмуа-2022. манба-тарих, 8, So\'gi qo\'ng\'iroq , zamonaviy cam tizimining funksiyalari, Shamol energiya resurslari, Chapter-1

1-laboratoriya ishi. Tashqi tasir ostida ishlovchi generatorning sxemasini tadqiq qilish


Ishni bajarishdan maqsad – amplitudali, chastotali modulyatsiyali radiouzatuvchi qurilmalar(RUQ) strukturalari bilan tanishish va ularning ishlash jarayonlarini tadqiq etish.
Nazariy qism. Xabarlarni uzoq masofalarga uzatish uchun uni elektrik kattalikka, ya’ni dastlabki signalga o`zgartiriladi. Dastlabki signal past chastotali tebranishlar hisoblanadi. Uzatish kanallari orqali dastlabki signalni uzatish uchun uni modulyatsiyalash orqali yuqori chastotali tebranishlarga o`zgartiriladi. Modulyatsiyalash deb yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning biror bir parametirini (amplitudasini, chastotasini, yoki fazasini) past chastotali birlamchi signalning o`zgartirish qonuniga mos ravishda o`zgarishiga aytiladi.
Radiotexnikada tashuvchi sifatida: nisbatan yuqori chastotali garmonik signallar; to`g’ri to`rtburchakli impulslar ketma-ketligi va shovqinsimon signallardan foydalaniladi.
Ko`p hollarda xabarni uzoq masofaga uzatishda yuqori chastotali sinusoidal tebranishlardan foydalaniladi,

S(t)=Asin(ω0t+φ0). (1.1)


Bu tashuvchi uchta parametr: A-amplitudasi; ω0-tebranish chastotasi va φ0–boshlang’ich fazasi bilan baholanadi. Ushbu tashuvchining har bir parametrini uzatiladigan nisbatan past chastotali analog yoki raqamli signalga mos ravishda o`zgartirib, amplitudasi modulyatsiyalangan (AM); chastotasi modulyatsiyalangan (CHM) va fazasi modulyatsiyalangan (FM) signalni olish mumkin. Shunday qilib:
AM da A(t)=A0+∆AkUn(t); (1.2)
CHM da ω(t)= ω0+∆ω kUn(t); (1.3)
FM da φ(t)= φ0+∆φ kUn(t); (1.4)
bo`ladi, bunda k-proporsionallik koeffiцienti.
Amplitudali modulyatsiyada signalning amplitudasi past chastotali axborotli signalga to`g’ri proporцional hisoblanadi.
Amplitudali modulyator qurilmasini loyihalashda ko`pincha rezonans quvvat kuchaytirgichlaridan foydalaniladi(1.3-rasm).
1
.3-rasm. Rezonans kuchaytirgich asosidagi amplitudali modulyator

Chastotali modulyatsiya, modulatsiyalanuvchi signalning tebranishlarning oniyli chastotasi bilan chiziqli bog’lanishga egaligi bilan xarakterlanadi. Chastotali modulyatorning sodda sxemasi 1.4-rasmda ko`rsatilgan, undan ko`rinib turibdiki, amplitudali modulyatsiyadan farqli,chastotali modulyatsiya bevosita uzatuvchining generatorida amalga oshiriladi.

1.4-rasm. Chastota modulyatorining sxemasi


Electronics Workbench paketi vositalaridan foydalanib bajarilgan, amplitudali va chastotali modulyatsiyali RUQ strukturalari 1.5 va 1.6-rasmlarda ko`rsatilgan. Amplitudali modulyatsiyali RUQ signalni past chastotali modulyatsiya qiluvchi Vmod manbaaga (real RUQlarda bu manba mikrafon, magnitafon va boshqalar bo`lishi mumkin), yuqori chastotali tebranishlarni tashib yuruvchi Vcar manbaaga, modulyatsiyalanuvchi past chastotali signalni kuchaytirgich - A1, nochiziqli kuchaytirgich – A2 modulyator (signallarni ko`paytirgich) va sxemada ekvivalent qarshiliklar - Ranten qilib tasvirlangan antennaga egadir.

1.5-rasm. Amplitudali modulyatsiyali RUQ strukturasi
Chastota modulyatsiyali RUQ (1.6-rasm) Vfm yuqori chastotali modulyatsiyalangan signal manbaasiga (real RUQlarda varikapli avtogenerator, chastotali chiqishga ega avtogeneratorli o`zgartirgich va boshqalar bo`lishi mumkin), modulyatsiyalangan A1 signalni kuchaytirgich va Ranten antennaga egadir.
Signallarni modulyatsiyalovchi va tashuvchi manbaalar quyidagi ko`rinishdagi past chastotali(PCH) va yuqori chastotali(YUCH) tebranishlarni shakllantiradi:

Vmod = Umod cos Ωmod t ,
Vcar = Ucar cos ωcar t .

(1.5)

Modulyatsiyalangan YUCH signallar amplitudali va chastotali modulyatsiyalashda quyidagi vaqtli tasavvurlarga ega bo`ladi.

Vam = Ucar (1+ M cos Ωmod t) cos ωcar t
Vfm = Ucar cos ωcar (1+ M cos Ωmod t) t



(1.6)

bu yerda, M –modulyatsiyaning chuqurlik indeksi.
Amplitudali buzilishlar (ideal holatlarda) bo`lmagan hollarda, amplitudali va chastotali modulyatsiyada M = k * Umod ga teng bo`ladi, bu yerda k – modulyatsiyalash xarakteristikasining tikligi hisoblanadi.



1.6-rasm. Chastota modulyatsiyali RUQ strukturasi va signalning ossillogramasi



Download 3.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 3.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-laboratoriya ishi. Tashqi tasir ostida ishlovchi generatorning sxemasini tadqiq qilish

Download 3.96 Mb.