|
KURS ISHINING MAQSADI: Korxona faoliyatining strategik tahlili va uning strategiyasini tanlash
|
bet | 2/9 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 146.74 Kb. | | #93132 |
Bog'liq korxona hodimlari va mehnat motivatsiyasi 3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlariKURS ISHINING MAQSADI: Korxona faoliyatining strategik tahlili va uning strategiyasini tanlash mavzusini o’rganish va taxlil etish va bu orqali Strategik menejmentning predmeti, vazifalari va mohiyati, kompaniyaning strategik qarashlari va strategik boshqarishning maqsadi, turi va tamoyillarining mazmuni va mohiyati tuzulishi, turlarini taxlil qilish metodi orqali o’rganishda quyidagilarni kurs ishining vazifalari deb belgilab oldik.
KURS ISHINING VAZIFALARI:Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilangan:
Strategik menejmentning predmeti, vazifalari va mohiyati
SWOT, BKG, Makkinzey va Ansoff matritsalari yordamida tahlil tushunchalari
Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash hamda nazorat qilish.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish, shahar va viloyatlarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga aholini ish bilan band qilishni kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi va amalga oshirildi.
Natijada, so‘nggi to‘rt yil ichida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 23 foizga, shu jumladan elektrotexnika, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik sanoati, qurilish materiallari, mebel, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa iste’mol mollari ishlab chiqarish singari sanoatning hududlarda jadal rivojlanayotgan tarmoqlari 1,3 barobardan ko‘proq o‘sdi.
Shu bilan birga, hududlarda mavjud sanoat salohiyatidan, ayniqsa, qurilish industriyasini rivojlantirishda noruda minerallarning xomashyo bazasini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.
Xususan, keramzit, silikat qumi, shisha xomashyosi, qurilish va qoplama toshlarga ega o‘rganilgan konlarning yarmidan ko‘pi o‘zlashtirilmay qolmoqda. Natijada, sanitariya-texnik vositalar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarish ichki bozorning faqatgina 40 foizini, gazbeton bloklar — 51 foizini, lok-bo‘yoq mahsulotlari — 65 foizini, qurilish oynalari — 70 foizini, devor gulqog‘ozlari — 30 foizini tashkil etmoqda.
|
| |