|
Jizzax viloyati Baxmal tumani 31-umumiy o`rta ta`lim maktabi filialining
|
bet | 31/61 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 4,3 Mb. | | #238026 |
Bog'liq 3-SINF MATEMATIKA TO\'GARAK 34-SOATLIK.1docRivojlantiruvchi: O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash F.k.3: sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish.
Mashg`ulotning turi:Yangi bilim beruvchi:
Mashg`ulotning metodi: savol javob, tushuntirish
Mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.kitob
Mashg`ulotning shiori: «Men yulduz bo'lmoqchiman »
Mashg`ulotning borishi.
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,
davomatni aniqlash,
o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish,
aylanma daftarlarni almashtirish.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan Mashg`ulotda “Takrorlash” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.
III. Yangi mavzu bayoni:
1-misol.
2-misol. 11 ∙ 17 = 187 26 ∙ 13 = 338 31 ∙ 17 = 527
21 ∙ 12 = 252 31 ∙ 22 = 682 41 ∙ 12 = 492
3-masala. 12 qavatli binoning har bir qavatida 24 tadan xonadon bor. 16 qavatli binoning har bir qavatida esa 18 tadan xonadon bor. Qaysi binoda xonadonlar soni ko‘p?
Yechish; 12 · 24 = 288 16 · 18 = 288 288 = 288
Javob: Binolarda xonadon soni teng.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.4 - masala. Masalani o`quvhilar mustaqil bajaradilar o`quvchilar ishini nazorat qilish. Doskada bajargan o`quvchi ishini o`quvchilar kuzatadilar. Xatolarini aniqlaydilar. Sonli ifodalarni tuzing va qiymatini toping:
a) O‘ttiz to‘rt va o‘ttiz birning ko‘paytmasidan yetti yuz yettini ayiring.
34 · 31 - 707= 1054 – 707 = 347
b) Olti yuz saksondan ikki yuz sakkizni ayiring.
680 – 208 = 472
5-misol. Uchburchak va to‘rtburchaklar sonini toping.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Mashg`ulotni yakunlash.Mashg`ulotdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va Mashg`ulot yakunida ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.
|
| |