• Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
  • (https://president.uz/uz/lists/view/5486) o‘tkazildi.
  • “G iyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida ”
  • Joriy yilning avgust oyida prezident shavkat mirziyoev ishtirokida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar




    Download 1.19 Mb.
    bet1/4
    Sana07.11.2022
    Hajmi1.19 Mb.
    #29357
      1   2   3   4
    Bog'liq
    “БИЗ ЁШЛАР ГИЁҲВАНДЛИККА ҚАРШИМИЗ”
    bir-boglamli-royhat-tipidagi-malumotlar-tuzilmalari-bilan-amal-bajarish-boyich-interaktiv-labaratori, 2 kurs MALAKAVIY AMALIYOT DAFTARCHASI 2023 2024 YIL O`QUV YILIGA (2)

    JORIY YILNING AVGUST OYIDA PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYOEV IShTIROKIDA O‘TGAN ASOSIY TADBIR VA VOQEALAR




    1. Prezident Shavkat Mirziyoev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.



    1. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov:

    Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan Prezidentimizga axborot berildi.
    Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.


    1. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi (https://president.uz/uz/lists/view/5486) o‘tkazildi.



    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/5494)




    1. 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.



    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahridagi sammiti doirasida tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.



    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.


    1. O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida 85-sonli Qarori.

    (qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022 y., 09/22/444/0738-son — 2022 yil 16 noyabrdan kuchga kiradi)
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida» 2019 yil 15 fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
    a) O‘zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida» 1999 yil 19 avgustdagi 813-I-son Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi;
    b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoniga binoan ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga ruxsatnomalar berilishi bekor qilingan;
    v) Vazirlar Mahkamasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2002 yil 28 iyundagi 236-son qarori bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi faoliyatini litsenziyalash Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklangan;
    g) Vazirlar Mahkamasining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida» 2003 yil 16 iyuldagi 315-son qaroriga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, litsenziya olish uchun ular tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ichki ishlar organlarining ob’ektning texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etiladi.
    2. Quyidagilar:
    Oldingi tahrirga qarang.
    (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022 yil 16 noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022 y., 09/22/444/0738-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022 y., 09/22/444/0738-son — 2022 yil 16 noyabrdan kuchga kiradi)
    3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.



    1. Download 1.19 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Joriy yilning avgust oyida prezident shavkat mirziyoev ishtirokida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

    Download 1.19 Mb.