• Adabiyotlar sharhi.
  • JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




    Download 4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/190
    Sana18.10.2022
    Hajmi4 Mb.
    #27426
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190
    Bog'liq
    28-18-PB (1)
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    WSRJournal.com
    Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
    14 
    ustozlarga ma’naviy shogirdlikka tushish, qolaversa, hayot tajribasi yordamida 
    o‘tadi. Бу борада Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Shu bilan birga, alohida 
    topshirig'im ham bor . Kinochilarimiz Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid alohida 
    bir film ishlasin . Abdulla Oripov haqida kino ishlasak arziydi, albatta! Men u 
    insonni yaxshi tanirdim, ko'p hamsuhbat bo'lganman . Bitta she'r yozish uchun o'nta 
    kitob o'qirdilar", - deb ta'kidlari bugungi kun yoshlari uchun o‘rnak vazifasini 
    o‘taydi.
    Shoir ijod olamiga kirib kelgan ilk davrlardanoq so‘zga, badiiy ijodga yuksak 
    hurmat va o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashgan. “Abdulla Oripov ijodida har bir so‘z 
    uzukka qo‘yilgan ko‘zdek nurlanib, mazmun bilan uyg‘unlik hosil qiladi. Har bir 
    she’r simfoniya, uning o‘z notasi bor. Bu she’rlarning yana bir xususiyati shuki
    chaqmoqqanddek til ostida olib yursangiz, ta’mi chiqaveradi. Oqibatda bu she’rlar 
    ixtiyorsiz yodda qoladi [2].” 
    Adabiyotlar sharhi. Abdulla Oripov lirikasini o‘rganish, she’rlarining 
    biografik asosi va ijodkor shaxsiy kechinmalarining o‘zaro aloqalari chegarasini 
    aniqlab olish, undagi ma’naviy-ruhiy quvvatlarni o‘qish va uqish, hayotiy, falsafiy 
    xulosalardan ibrat olish bugungi avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. 
    Shoir badiiy adabiyotga kirib kelgan ilk kunlardan boshlab, Vatan, ona tabiat, 
    til sofligini saqlab qolishga doir mavzularni qalamga oldi. Dastlabki she’rlaridan 
    tortib, to umrining so‘nggi damlarida yozilgan asarlarining barchasida ifodalangan 
    millat manfaati, samimiyat, haqiqatga xizmat qilish kabi tushunchalar shoir 
    hayotining bosh a’moli ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shoir umrining so‘nggi yillarida 
    xastalik tufayli xorij shifoxonalarida davolandi. Lekin o‘sha og‘ir damlarida ham bir 
    lahza bo‘lsa-da she’riyatdan uzoqlashmadi. Masalan, “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” 
    she’ri yirik hajmda ya’ni 80 misradan iborat. Bu she’r 2015 yil 1 sentabrda yozilgan 
    bo‘lib, vatanimiz mustaqillik bayramiga bag‘ishlovdir. Shoir garchi jisman og‘riqlar 
    iskanjasida bo‘lsa ham, qalban yurtidan bir lahza ham ayro tushmaganini guvohi 
    bo‘lamiz. 
    Mening ko‘z o‘ngimdan har lahza, har dam Aslo ketgan emas yurtim jamoli. 



    Download 4 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190




    Download 4 Mb.
    Pdf ko'rish