JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
16 
 
Bu misralar ham lirik qahramon shaxsiy hayotiga aloqador deya ayta olamiz. 
Negaki atrofidagi ayrim kimsalarning lirik qahramonga bergan ozori, ba’zi paytlarda 
tirnoq ostidan kir qidirishlar bu kabi misralarning tug‘ilishiga zamin hozirlagandir 
balki. “Adolat” deb nomlangan yuqoridagi she’rda hasadgo‘ylik qoralanadi. XXI asr 
o‘zbek odami nega bu holatga tushib qolganidan hayratga tushadi. Bilib-bilmay 
boshqa bir insonga tosh otish, nafs va mansab ilinjida begunoh odamni badnom qilish 
odati muazzam ajdodlarimizdan qolmagan edi-ku? Ruh va jism ehtiyoji orasidagi 
mezonning posangisini nega boshqara olmayapmiz? Nega har bir odam bugunga 
kelib o‘z qilmishiga javob bera olmay qolmoqda? Shoir bu kabi o‘ylar qarshisida 
ruhan ezilsa-da, lekin hasad va badbin kimsalar qilmishidan ancha baland ekanini
bu holatni taqdirdan deb qabul qilish ancha yashash uchun osonroq kechishini mana 
bu satrlar orqali ko‘rsatib beradi: 
 
Tashna chog‘ing namakobni uzatsa taqdir,
Deysan, ushbu ishorada ma’no bor, katta.
Balki suvni icholmassan, lekin baribir, 
Shukronalar aytmog‘ing shart dildan, albatta. 
 
“Inson bolalari bir sayyorada istiqomat qilar ekanlar bir-birlaridan nimanidir 
o‘rganishlari shart. Bir-biriga hasad bilan emas, havas bilan qarashlari lozim. 
Natijalar. Men “Ummon orti ilhomlari” turkum she’rlarni yozar ekanman
xayolimda har lahza mana shunday og‘riqli savollar o‘tib turdi. Ko‘pgina 
she’rlarimda shu kabi mavzularga ishoralar mavjud ”- deb e’tirof etgan edi shoirning 
o‘zi. Insoniyatni toza imon, to‘g‘ri yo‘l muqarrar gunohdan asrab qolishiga da’vat 
etadi. 
“Umrimiz yo‘llari” she’rida o‘z hayot yo‘liga nazar tashlaydi. She’rni 
retrospektiv tahlil qilsak, shoir hayoti, she’rlarining psixobiografik asosiga zamin 
hozirlagan voqeliklarni his qilgandek bo‘lamiz. Bosib o‘tgan umr yo‘li so‘ngida 



Download 4 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish