JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
17 
chiqargan xulosalarini farzandiga bayon qilar ekan, bu shoirning hayotiy falsafasi 
ekaniga amin bo‘lamiz. 
 
O‘g‘lim, faqatgina Haqning yo‘lin tut,
Mudom ezgulik deb qilgin ibodat. 
Bir kun bu sinovlar bo‘lgaydir unut,
Buyuk irodangga tayangin faqat. 
 
Bu she’r shoir vafotidan atigi besh oy ilgari yozilgan. Haqiqiy biografik 
tadqiqot yuzaga kelishi uchun tadqiqotchi ijodkor ruhiyatiga kirishi, uni turli 
qirralarini ko‘rsata bilishi, bu insonni harakat qilishiga, gapirishiga, nafas olishiga 
majbur etishi, eng muhimi, uni oila davrasida, o‘ziga xos odatlari bilan tasavvur eta 
olishi lozim” [6]. 
Demak, yuqoridagi she’rni biografik jihatdan tadqiq etar ekanmiz, Hayot deb 
atalgan katta dargohga odam bo‘lib kelish oson, lekin Inson bo‘lib qolish naqadar 
mushkul ekaniga shoir ishora qilgandek bo‘ladi. Ya’ni bu dunyoda haqiqiy yashash 
va kun ko‘rish kabi tushunchalar garchi uyg‘un kelsa-da, aslida boshqa-boshqa 
ekanini ta’kidlaydi. Yashashning ma’nosi turli sinovlar qarshida mardona turish 
chinakam insoniylik, boylik va hashamat ilinjida o‘zligidan voz kechish
mustahkam hayotiy tamoyilga ega bo‘lmaslik oqibatida duch kelgan nag‘maga 
o‘ynab ketaverish hayotning muvozanatini buzib yuboradigan fojea ekanligini 
ta’kidlaydi. Shoir shuning uchun yon atrofidagi voqealarga befarq qaramaydi. Millat 
dardini o‘ziniki deb biladi. Ayrim nopok xislatlarga duchor bo‘lgan kimsalar 
qilmishidan ranjiydi. Bu shaxsiy kechinmalar fonida emas, balki umummilliy
umuminsoniy ideallar orzusi bilan uyg‘un keladi. Ana shu tahlillar shoirning butun 
borlig‘i, ijodi yo‘nalishi samimiyat, adolat, insonparvarlikka aylana borganidan 
dalolat beradi. 

Download 4 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish