JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
212 
Chovdurlar Kalim va Uchak – on degan urug‘dan ikkiga bo‘linadi. Birinchi 
urug‘: Xamay, Mireke, Milesh, Xadir-qozoq, Juchul-duk va Alaja-bash. Ikkinchi 
urug‘: Dashki, Egrenni, Sarar, Sefi, Seid, Suki va Xem. 
Shu tariqa ushbu shajara davom etib turkman urug‘larining kelib chiqishi 
xususida ma’lumotlar beradi
19

 
Turkmanlar bilan bog‘liq ma’lumotlar asosan Xiva xonligi hujjatlarida 
nisbatan ko‘p uchraydi. Boisi, ular ushbu xonlik tarkibida kompakt holatda 
yashagan, shuningdek, ular yashaydigan hududlarning katta bir qismi Xiva xonligiga 
bo‘ysungan. Bundan tashqari, turli turkman urug‘lari va ularning harbiy guruhlari 
Xiva xonligi qo‘shinining sezilarli bir qismini tashkil etib, ular xonlikdan oylik va 
oziq-ovqatlar olib turishgan. Ularning muntazam ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 
turkman urug‘lariga ajratilgan mablag‘ va xarajatlar maxsus ro‘yxatga olingan.
Ulardan ma’lum bo‘lishicha, Xiva xonligi qo‘shinlari tarkibida chovdur
go‘klan, ersari, ali-eli, yovmut, taka urug‘larining har biri boshida alohida 
boshliqlari bo‘lib, ular maxsus bo‘linmalar shaklida xonlikning harbiy ishlarida 
qatnashgan. Hujjatlarda mazkur urug‘ boshliqlarining ismi va urug‘ nomi keltirilib, 
ularga “sardor” unvoni qo‘shib qayd etilgani ko‘zga tashlanadi. Masalan, Sardor 
Urozmuhammad chovdur, Geldi sardor taka, Niyoz Muhammad yovmut va h.k. 
Hujjatlarda ushbu sardorlarga qo‘l ostidagi askarlar sonidan kelib chiqqan 
holda kunlik qancha oziq-ovqat va pul berilganligi, oylik qancha tillo maosh 
to‘langanligi, ular uchun qaysi xonadonlarda yoki qaysi aholi maskanlarida 
“qo‘nuq” tashkil etilganligi qayd etilgan. Qo‘nuq – qadimgi turkiy odatga ko‘ra, 
qo‘shin yoki mehmon uchun davlat yoki mezbon tomonidan ajratilgan maxsus oziq-
ovqat, joy va boshqa xarajatlar bo‘lgan. 
Xiva xonligi arxiv hujjatlarini tahlil qilish asosida turkmanlarga doir 
quyidagicha ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin: 
19
ЎзР МА И 126-фонд, 4-рўйҳат, 7333-йиғма жилд, 100-варақ
.



Download 4 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish