JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
33 
Qolaversa, boshqa shoirlarning Abdulla Oripov she’riga taqlidan yozilgan 
ko’plab she’rlarini misol keltirish mumkin. Faqat shular bilan cheklanishni ma’qul 
ko’rdik. E’tiborli jihati shundaki, bu uyg’ur xalqining shoir she’riyatiga bo’lgan 
hurmati va muhabbatini yana bir bor isbotlab turibdi. 
Xulosa tariqasida aytish mumkinki, XX asrning 80-yillaridan boshlab, uyg’ur 
tiliga dunyo adabiyotining bir qator asarlari tarjima qilindi. Mana shu tarjima asarlar 
orasida eng ta’sirli va uyg’urlar orasida eng sevib o’qilib, keng tarqalib, qo’shiq qilib 
kuylanganlari ko’p emas. Abdulla Oripov “Sen bahorni sog’inmadingmi?”si shular 
orasida peshqadam bo’lib turibdi. 
Abdulla Oripov she’riyatining uyg’ur kitobxonlari orasida iliq qarshi olinishi, sevib 
o’qilishining bir qator sabablarini keltirib o’tish mumkin. 
Birinchidan, o’zbek va uyg’ur tillari o’rtasidagi qarindoshlik, yaqinlik tufayli 
Abdulla Oripov she’rlarining tarjimada asl ohangdorligi va jozibasini saqlab 
qolganligi. Ikki xalq o’rtasidagi adabiy aloqalar tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. 
Abdulla Oripov ijodi ana shu do’stlik, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlovchi 
ko’prik vazifasini o’tab turibdi desak ayni haqiqat bo’ladi. 
Ikkinchidan, Abdulla Oripovning “Sen bahorni sog’inmadingmi?” singari uyg’ur 
kitobxonlarining olqishi va e’tirofiga sazovor bo’lgan she’rlari nafaqat til 
go’zalliklari, balki tildagi ifodaning yuqoriligi, kengligi va xalq tiliga yaqinligi bilan 
ajralib turadi. Mana shu jihatlari bilan ham shoir she’rlari uyg’urlarning e’tiborini 
qozondi. 
Uchinchidan, “Sen bahorni sog’inmadingms?” she’ridagi ma’no ko’lamdorligi, 
ramzga yo’g’rilgan ifodalar hech bir o’quvchini befarq qoldirmaydi. Shoir bahor va 
sog’inishni baqamti qo’yadi, ularga muayyan ma’no yuklaydi. Bahor o’z 
ma’nosidan boshqa mazmun kasb etadi. Go’zal tashbehlar, tesha tegmagan so’zlar 
va xalqona ohanglar uyg’unligi she’rning o’quvchi qalbiga tez singishi, uni inja 
tuyg’ular olamiga olib kirishiga sabab bo’lgan bo’lsa ajab emas. Shu tufayli bo’lsa 
kerak, shoir she’rlari hanuz uyg’urlar orasida sevib o’qilmoqda. Va ishonamanki, 
uning she’riyati yana minglab qalblarni larzaga solishda davom etaveradi. 

Download 4 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish