JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
97 
tomonidan chinakam ijobiy baholandi. Hindistonning donishmand farzandi, buyuk 
davlat arbobi Javohirla’l Nehru o‘zining «Hindistonning ochilishi» va «Jahon 
tarixiga bir nazar» asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga 
to‘liq ushbu fikrlarni izhor etgan: «Bobur — dilbar shaxs. Uyg‘onish davri 
hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo‘lgan. Bobur o‘ta 
madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U 
mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi... Bobur san’at va, 
ayniqsa, adabiyotni sevardi». 
ASOSIY QISM 
SHOH BOBUR VA SARKARDA 
Bugun Hindistonning Panipat shahriga borgan kishi Zahiriddin Muhammad 
Boburning Sulton Ibrohim Lo‘diy bilan bo‘lgan tarixiy muzaffarona jangi 
manzaralarini shaharning ochiq osmoni ostidagi muzeyda ko‘rarkan, ulug‘ hind 
xalqining Boburga nisbatan hurmat-ehtiromi kuchliligiga amin bo‘ladi. Yoki 
Bangladesh poytaxti Dakka shahrini kezgan kishi «La’lbog‘-qal’a» tarixiy muzeyiga 
kirib Bobur va boburiylarga bag‘ishlangan xonalarni kezarkan, Bobur va uning 
vorislariga tegishli kiyimlar, uyro‘zg‘or buyumlari, harbiy qurol-aslahalar, Ustod 
Aliquli quygan toshotar to‘plar, miltiqlar — tufaklar, sovut, qilich-qalqonlar, 
dubulg‘a, ot kejimlarini(o‘q va qilich zarbasidan himoya qiluvchi yopinchiqlar), 
o‘sha davr kishilarini o‘z zamonlari liboslarida tomosha qilgan kishi Hindiston va 
Bangladesh xalqlarining Bobur va boburiylarga bo‘lgan hurmatlarini yorqin 
tasavvur eta oladi. Bu moziygohda bo‘lgan adib Qamchibek Kenja «Andijondan 
Dakkagacha» nomli safarnomasida hayajonini yashira olmay yozadi: «Hindiston va 
Pokiston shaharlarida ko‘p moziygohlarda, jumladan, Haydaroboddagi mashhur 
Solarjang, Lohurdagi milliy muzeylarda bo‘lgan edik. Lekin Sharq olamining olis 
bir chetida faqat va faqat boburiylar hayoti, ularning podsholik faoliyatiga oid 
yagona, maxsus muzeyni ko‘ramiz, deb sira o‘ylamovdik». Hindiston va 
Bangladeshda Bobur va boburiylar saltanati shunchalik qadrlanishidan Bobur va 
vorislarining podsholiklari bu yurtlarda xayrli chuqur iz qoldirganligi ma’lum 
bo‘ladi. «Boburnoma»ning kotibi Boburning ulug‘ podshohlarga xos sakkiz shaxsiy 



Download 4 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish