|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 28-18-PB (1) Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022
98
fazilatini qayd etgan: «Va maholdurkim, ul podshohi qobilning yaxshilig‘larini
aytgan bilan va bitigan bilan tugangay. Lekin mujammal bukim, sekkiz sifati asil
aning zotig‘a muttassil edi: birisi bukim, najhati baland edi; ikkimchisi, himmati
arjumand edi; uchimchisi, viloyat olmog‘; to‘rtumchisi, viloyat saxlamog‘;
beshumchisi, ma’murlug‘; oltimchisi, rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig‘a;
yettimchisi, cherikni ko‘ngli(ni) qo‘lg‘a olmoq; sekkizimchisi, adolat qilmoq».
(Matn tabdili: «U qudratli podshohning yaxshiliklarini aytgan bilan va yozgan bilan
tugatish maholdir. Lekin qisqasi buki, sakkiz asl sifat uning zotiga xos edi: biri
bukim — iqboli baland edi; ikkinchisi — himmati yuksak edi; uchinchisi — viloyat
olmoq; to‘rtinchisi — viloyat saqlamoq; beshinchisi — ma’murlik; oltinchisi —
Olloh bandalariga farovonlik niyati; yettinchisi — lashkar ko‘nglini qo‘lga olmoq;
sakkizinchisi — adolat qilmoq».) Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi
Yevropa va AQSh sharqshunos-tarixchi olimlari diqqate’tiborini o‘ziga jalb etgan.
Ingliz tarixchisi Eduard Holden, avvalo, Boburni mashhur Yuliy Sezar bilan
qiyoslashni lozim topadi: «Bobur fe’l-atvoriga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga
arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan».
Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o‘smirlik yillari haqida roman yozgan
«Boburnoma»ning ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga
qiyosan shunday baholaydi: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga
muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi
podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi».
BOBUR- SOHIBDEVON SOHIR SHOIR
Bobur shuhratda daho Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz so‘z san’atkori,
shoir va v adibdir. Badiiy mahorat bobida biror o‘zbek shoh va shoiri Bobur bilan
bellasha olmaydi. She’riyat uchun xos bo‘lgan bir necha zaruratlar:
nuktapardozlik(yangi fikrlar ayta olish mahorati), jozibali badiiy san’atlardan
me’yorida ustalik bilan foydalanish sehrgarligi va ehtiros jo‘shib turgan rangin
tuyg‘ular talqini boburona samimiy she’riyat fazilatlaridir. Buning ustiga uning
mumtoz she’riyatga dadil kiritgan tarjimaihollik xususiyati ham Bobur she’riyatini
alohida nurlantirib turadi. Ana shu keyingi xususiyat shoirning vatanparvarlik
|
| |