JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
109 
yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo 
najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini 
eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz 
uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun 
shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”.Istiqlol 
yillarida mamlakatimizda milliy tarbiyani amalga oshiradigan o‘quv muassasalari 
va umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni 
kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda yurtimizda 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilmoqda, uning uzviy va mantiqiy 
davomi bo‘lmish 2004-2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy 
davlat dasturi qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n mingga 
yaqin umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim 
jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarning mehnatini 
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda.So‘nggi 
yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan 
ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam 
bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy 
yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. 
Shuningdek, bolalarga yoshlikdanoq nima savob-u nima gunoh, xalol-u nima 
xarom kabi o’zbekona turmush tarziga xos tushunchalarni o’rgatishga ahamiyat 
berildi. 
1-4-sinflarda “Odobnoma” darslarida kerak bo’lgan o’rinda Quroni Karim, Hadis 
ilmidan foydalanilgan holda, diniy aqidaparastlikni oldini olishga doir ilk 
tushunchalar ham berib boriladi. 
Odob va axloq darslarini namunali, qiziqarli, sermazmun o’tkazishda ota-
onalarning yaqindan ko’maklashtirishlari taqozo etiladi. Darslardagi har bir 
mavzu bolalarning kundalik hayoti, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan. Har bir 
bo’lim va mavzular tarbiyaviy jarayondan ayricha emas, o’qituvchi mavzularni o’zi 
yashaydigan mahalliy sharoitdan ham olishi mumkin.

Download 4 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish