|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 28-18-PB (1) Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022
114
Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning rahbar yoshiga
bog‘liqligi rivojlangan mamlakatlar tadqiqotlariga asoslanadi. Aniqlanishicha,
Yaponiya qayta ishlab chiqarish yirik kompaniyalari rahbarlarining o‘rtacha yoshi
63,5 bo‘lsa, shu toifa amerikalik rahbarlarning yoshi 59da ekan. Yaponiya yirik
kompaniya rahbarlarini o‘rganishda uchraydigan va taajjublanarli jihatlardan biri,
ularning yoshi ulug‘ligidir. Ba’zi bir tashkilotlarda (masalan, “Sony corporation”)
kompaniyasi prezidentining yoshi 65 deb cheklangan bo‘lsa ham, lekin ko‘pgina
avtomobil sohasidagi firma rahbarlarining yoshi 75 va undan yuqori ekanligi
ajablanarli hol emas. Umuman olganda, Yaponiyada xodimning korxonaga bir umr
yollanish tajribasi qo‘llaniladi. Ma’lum bo‘lishicha, yuqori bo‘g‘in rahbarlarining
ko‘pchiligi o‘z tashkilotida ko‘p yillar ishlaydi. Bu sohada o‘tkazilgan tadqiqotlar
shundan dalolat beradiki, katta yoshli rahbarlar, agar ularning sog‘ligi
ko‘ngildagidek bo‘lsa, ushbu tashkilot uchun katta tajriba manbaidir.
Yosh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o‘rtacha yosh
ko‘rsatkichi ko‘pincha past bo‘ladi. Yoshlik (30-35 yosh atrofida) bu yangilik va
kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo‘rqmaslik va o‘zgaruvchan muhitga
moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. Afsuski, bunday tashkilotda katta yoshdagi (40-
45 dan yuqori) xodimlarga hatto, shubha bilan qarashadi. Lekin, aniqlanishicha,
inson 35-55 yoshlarida o‘z kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‘z sohasidagi bilimni
yaxshi egallaydi va ixtirolarni joriy etishga o‘zida ishtiyoq sezadi. Shu bilan birga,
unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik kayfiyati shakllanadi.
Albatta, hamma yosh rahbar ilg‘or texnologiya tarafdori va shunga moyil deb
aytish qiyin, lekin yoshlarga zamonaviylik xos. Bu esa o‘z navbatida, yosh
rahbarning zamonaviy va ilg‘or ishlab chiqarish uslublariga murojaat etish
ehtimolini kuchaytiradi. Demak, zamonaviy rahbar yoshidan qat’iy nazar ilg‘or
texnologiyalar tarafdori, tashkilot miqyosida zamonaviy ishlab chiqarishni joriy
etishga qobiliyatli bo‘lishi lozim. Bu esa o‘tish davri talabidir.
Ma’lumki, rahbarlikka oid shaxs xislatlarini aniqlovchi bir qancha psixologik
metodlar mavjud bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli qo‘llay olish bir tomondan
tadqiqotchi malakasiga kelib taqalsa, ikkinchi tomondan ushbu metodikalarning
|
| |