|
Kadr kompozitsiyasi tahrirlash
|
bet | 1/3 | Sana | 14.03.2023 | Hajmi | 3.91 Mb. | | #45451 |
Bog'liq 10.Kadr kompozitsiyasi tahrirlash Fintech IT 2022 фан дастури, 1.Innavatsiya фан дастури 2022-oxirgisi (2), эълон тренинг, 1696326501 (1), 1696326501, Rustamov F, 1-laboratoriya, 84-89
Kadr kompozitsiyasi tahrirlash
Fotokompozitsiyalarning asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqishdan oldin, inson sur’at yoki fotografiyaga qarab, uning muallifiyaratganidek yarata olarmikin? Bir qarashda, fotografiya insonning qabul qilish va bilish xususiyatlariga har xil ta’sir o‘tkazadigandek tuyuladi, biroq unday emas.Fotografiya orqali aniq ma’no va mazmunni uzatish uchun insonlarning geometrik figuralarni idrok qilish xususiyatlarini chuqur o‘rganish zarur. Gemetrik figuralar fotografiya bilan qanday aloqasi bor – deyish mumkin. Ushbu savolga javob oddiy. Ilk marta istalgan tekis tasvirga nazar tashlaganimizda, inson bosh miya organi ko‘rilgan narsalarni qisqartirishga harakat qiladi. Soddaroq qilib tushunish uchun bolalar chizgan rasga nazar tashlasak, uy to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak, kvadratli oynalar va uch burchakli tomlarni, yo‘l esa egri chiziqlarni, odamlar esa chiziqchalar va boshi aylanali tasvirlarni ko‘rishimiz mumkin.
Fotografiyada ob’ektlarni idrok etish ahamiyati
Fotografiyada kadrlarga ob’ektni joylashtirish jarayonida nafaqat kompozitsiya qoidalari, balki idrok qilish jarayoni ahamiyati, ya’ni qaysi ob’ektda ko‘ruvchi birinchi o‘rinda diqqatini qaysi ob’ektga va keyin esa navbatdagi ob’ektga e’tiborini qaratishi bilan muhim ahamiyatga ega. Agar fotografiyada yorqin, kontrastli dog‘lar va bir-birini kesuvchi liniyalar mavjud bo‘lmasa, ko‘rivchining e’tibor yo‘nalishi oddiy kitob o‘qayotgan sharoitga o‘xshash bo‘ladi. Odatga ko‘ra, inson bexos fotografik rasmning chap tomondagi yuqori burchagidan tomosha qila boshlaydi va o‘ng tomondagi pastki burchakda tomosha qilishni to‘xtatadi.
Mazkur masalani ko‘rib chiqilayotgan paytda sharqiy davlatlarning mahalliy urf – odatlari va an’analariga ko‘ra, teskari holatda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, arab yozuvi o‘ng tomondan chapga qaratib yozilsa, xuddiy shunday tartibda fotografik tasvirni ham tomosha qilishi mumkin.
Masalan, yevropaliklar uchun fotografiyaning yuqori qismidagi chap tomonidan o‘ng tomonning past qismi yo‘nalish bo‘yicha chiqib kelayotgan chiziqlar pastga qarab harakatlanayotgan diagonali pastgi chap tomonidan chiqib kelayotgan chiziqlar bo‘yicha murakkab ko‘tarilish ma’nosini anglatadi.
Fotografiyaning chap tomonidan chiqayotgan va gorizontal chiziqlar fotografiyani tomosha qilayotgan shaxsga harakat ma’nosini ko‘rsatadi.
Agarda, gorizontal liniyalar bir tekislikda markazda joylashgan bo‘lsa, harakatsizlik, noaniqlik, yoki o‘ng tomonga pasayib borilganda edi fotografiyani tomosha qilayotgan shaxsga ketayotgan, o‘tib ketgan ma’nolarni anglatardi. Gorizontal yotgan to‘g‘ri burchakli predmetlar tomoshabin uchun og‘ir va murakkablikni bildiradi.
|
| |