Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashirish




Download 478.19 Kb.
bet2/12
Sana10.05.2022
Hajmi478.19 Kb.
#20657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
amaliyot1 (2)
9-test, 9-test 2, avtobaza gor, tshjxtl[, 2 mavzu Saidkamol, 12-амалий, 1-мавзу, INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARISH, Практическая работа №2, САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ yuz ruscha 2024 yangi gorniy 2024 100%, презинтация, 1. Uzakov, 1 BOB (2) (3), Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)
Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashirish

Budjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko‘ra respublika budjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy faoliyati budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Budjet tashkilotlari o‘zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qiladilar:
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujjatlariga;
– budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga;
– tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga;
– yuqori turuvchi tashkilotlar rahbarlarining o‘zlari tasarrufidagi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa;
– bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari uchun qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan ovqatlanish me’yorlari va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqib hisoblanadi;
– dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab hisoblab chiqiladi;
– ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq jihozlar sotib olishga ketadigan xarajatlar moddiy ta’minotning amaldagi me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi.
Xarajatlar smetasi – muassasaga ajratilgan budjet mablag‘larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (g‘aznachilik sharoitida – har bir chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjat.
Smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi:
– yakka (individual) smetalar;
– jamlanma smetalar;
– budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;
– markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
Xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash) budjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro‘yxati va smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining choraklar bo‘yicha taqsimlangan yillik ro‘yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetalariga faqat Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shu bilan birga, belgilangan xarajatlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar tomonidan, ularga berilgan huquqlar doirasida nazarda tutilgan xarajatlar kiritiladi.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi budjet tashkiloti bo‘yicha xarajatlar smetalari 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatga tuziladi va amal qiladi. Joriy yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning budjet yilida ishlagan muddatiga tuziladi va amal qiladi.
Xarajatlar smetalari tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining amaldagi iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhi bo‘yicha, boshqa xarajatlar (IV guruh) va ularning hisob-kitobini o‘z ichiga olgan to‘liq yoyilmasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllari asosida tuziladi. Tashkilotlarning xarajatlar smetalari belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining rahbarlari yoki tegishli yuqori organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi:
– «Ish haqi»;
– «Ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish Direktor fondi mablag‘lari» (umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda);
– Stipendiyalar.
Umuman olganda, budjet tashkilotlari xodimlari ish haqini hisoblashda ular mehnatiga haq to‘lashning Yagona Tarif Setkasi (YATS) qo‘llaniladi. YATS O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatiladi. U 22 ta razryaddan va har bir razryad uchun o‘rnatilgan tegishli tarif koeffitsiyentlaridan iborat.
Yagona Tarif Setkasi qonunan o‘rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va budjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to‘lashning tarmoq setkasi qo‘llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’limi muassasalari, sog‘liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to‘lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
II guruh – «Ish haqiga ustamalar» (Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to‘lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi summasiga nisbatan o‘rnatilgan foizlarda hisoblanadi.
III guruh – «Kapital qo‘yilmalar» guruhi bo‘yicha xarajatlar
Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida budjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.
IV guruh – «Boshqa xarajatlar» tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi:
– «Xizmat safar xarajatlari»;
– «Kommunal xizmatlarni to‘lash xarajatlari»;
– «Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari»;
– «Joriy ta’mirlash xarajatlari»;
– «Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to‘lash xarajatlari»;
– «Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlarni va oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari»;
– «Boshqa joriy xarajatlar».
IV guruh moddalari bo‘yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilishning eng umumiy bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;
– natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;
– hisoblagichlarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;
– har bir birlik uchun o‘rnatilgan xarajat me’yorlariga rioya etiladi;
– energo-yoqilg‘i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag‘larining manbalari va ishlatish yo‘nalishlari. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkilotlarining qo‘shimcha daromadlari mablag‘ bilan ta’minlashning quyidagi manbalari hisobiga olinishi mumkin:
– faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish;
– budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilma yotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijara ga berish;
– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatiladigan homiylik (beg‘araz) yordami.
Yuqorida nomi keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qaroriga muvofiq, budjet tashkilotlari budjetdan tashqari olingan mablag‘lar hisobidan «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi»ni tuzish huquqiga egadirlar. Bu Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
– g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari bo‘yicha – hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag‘lar (kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno);
– budjet tashkilotlari faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
– vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag‘larning 50 foizi (mablag‘larning qolgan 50 foizini budjet tashkilotlari mahalliy budjetlar daromadiga o‘tkazadilar);
– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga berilayotgan homiylik yordami (beg‘araz yordam).
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari faqat quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan:
– avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lash;
– budjet tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlari;
– ijtimoiy rivojlantirish va budjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlari.
Moliya bo’limining faoliyati tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlar Normativ-huquqiy hujjatlar ro’yxati :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: “O’zbekiston”- 2007 y.
2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.-T.: “Norma” MJCh. 2019 y.
3. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi.-T.: “Norma”MJCh.2014 y.
4. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni.13.12.2017
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3182-sonli Qarori. 08.08.2017
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli Qarori. 29.06.2017
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5075-sonli Farmoni. 07.06.2017
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№ 4086-sonli Qarori. 2018 yil 26 dekabr
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisida NIZOM”
11. Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasining Moliya Vazirligi buyrug’i №3299




Download 478.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 478.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashirish

Download 478.19 Kb.