Ijtimoiy himoya tashkilotlari va tadbirlarini moliyaviy ta’minlash




Download 478.19 Kb.
bet8/12
Sana10.05.2022
Hajmi478.19 Kb.
#20657
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
amaliyot1 (2)
9-test, 9-test 2, avtobaza gor, tshjxtl[, 2 mavzu Saidkamol, 12-амалий, 1-мавзу, INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARISH, Практическая работа №2, САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ yuz ruscha 2024 yangi gorniy 2024 100%, презинтация, 1. Uzakov, 1 BOB (2) (3), Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)
6. Ijtimoiy himoya tashkilotlari va tadbirlarini moliyaviy ta’minlash
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasining mazmuni, uning holatini belgilab beruvchi omillar bizning mamlakatimizda ijtimoiy ta‘minot tizimining rivojlanishi bilan shakllanib bordi. Iqtisodiy ta‘limotlar va fanda ijtimoiy ta‘minot tushunchasining turlicha talqin etilganligini ko’rish mumkin. Masalan, tarixan ancha ilgari yaratilgan rus izohli lug’atida ijtimoiy ta‘minotga jamiyat tomonidan u yoki bu shaxsga hayot uchun yetarli bo’lgan moddiy mablag’larni taqdim etish deb ta‘rif berilgan, ushbu ta‘rifda jamiyat a‘zolariga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan yordamnnig turli shakllari ijtimoiy ta‘minot hisoblanadi, degan fikr ilgari surilgan. Lekin bunday yordamning shakllari vaturlari turli-tuman bo’lishi, turli toifadagi aholi qatlamlarini qamrab olishi, turli manbalardan mablag’ bilan ta‘minlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har bir bosqichida o’zgarib turishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, fanda ijtimoiy ta‘minot tushunchasi mazmunini yoritish bo’yicha ikkita konsepsiya shakllanganligini ko’rish mumkin: iqtisodiy va huquqiy.
Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari va to„lovlarini moliyalashtirish manbalari
- davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar);
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;
- Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;
- O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug’urta byudjeti mablag’lari.
Davlat byudjetidan an‘anaviy ravishda ijtimoiy ta‘minotning quyidagi shakllari va turlari moliyalashtiriladi:
a) respublika byudjetidan:
- respublika tasarrufidagi bolalar uylarini saqlab turish xarajatlari;
- respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionat va sanatoriylar, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
- bolalikdan nogironlarga va bola tug’ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun
hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish xarajatlari;
- Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan va radiatsiyayadro obyektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari va b.
b) mahalliy byudjetlardan:
- mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish xarajatlari;
- mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internatuylari, pansionat va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
- uyda ijtimoiy yordam ko’rsatish xarajatlari;
- shahar yo’lovchilar transporti tashuvchilarining yo’lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo’yicha tashish, shuningdek, alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq zararlarning o’rnini qoplash xarajatlari va b.
Bugungi kunda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan quyidagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to’lanadi, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy ta‘minoti bilan bog’liq bo’lgan boshqa sarfiyotlar amalga oshiriladi:
- ishlayotgan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‗lash;
- ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‗lash;
- davlat pensiya ta‘minoti huquqiga ega bo’lmagan qariyalar va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarga nafaqalar berish;
- dafn marosimlari uchun nafaqalar;
- belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar.
Fuqarolar ijtimoiy ta‘minotining ayrim shakllari va turlari Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi tomonidan moliyalashtiriladi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- ishsiz deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari;
- ishsizlik bo’yicha nafaqalar, bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko’chib o’tish munosabati bilan kompensatsiyalar to’lash hamda ishsizlarga moddiy yordam berish.
- ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi xarajatlarining o’rnini qoplash;
- nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o’rinlari va ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;
- ish bilan band bo’lmagan aholiga yordam ko’rsatish, shu jumladan, ishga joylashtirishga ko’maklashish va maslahat xizmatlari ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar;
- aholi bandligi bilan bog’liq masalalar bo’yicha xalqaro hamkorlik hamda xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish;
- chet elga ishga yuborilgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta‘minlash bilan bog’liq xarajatlar va b.
Ijtimoiy yordam ko’rsatish xizmati ijtimoiy xodimlari lavozimi ushbu bo’linmaning shtat jadvalida:
- qishloq joylarida - 6-8 nafar yolg’iz fuqaroga 1 ta lavozim;
- shahar joylarida - 8-10 nafar yolg’iz fuqaroga 1 ta lavozim hisobida belgilanadi.

Download 478.19 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 478.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy himoya tashkilotlari va tadbirlarini moliyaviy ta’minlash

Download 478.19 Kb.