- rasm. Kristall panjarasi




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana22.09.2022
Hajmi1.22 Mb.
#26236
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
yarimotkazgich monokristallarning jonaltirilganligi va simmetriyasini aniqlash metodlari

 
6 - rasm. Kristall panjarasi. 
 


26 
Kristall panjarasining tuzilish qiyofasini saqlagan eng kichik bo’lagini 
elementar katak (elementar yacheyka) deb ataladi. Odatda elementar katak 
parallelapipeddan iborat boadi. Ushbu parallelapipedning uchta qirrasi 
bo’ylab a
1
, a
2
, a
3
vektorlarni yo’naltiramiz, bu vektorlar uzunliklari shu 
parallelepiped qirrasi uzunligiga teng bo’lsin. Bunday vektorlar asosiy - 
translyasion vektorlar deb ataladi (6 - rasm). 
Translyasion vekgorlarning asosiy xossasi shundan iboratki, bu 
vektorlar yordamada cheksiz kristalni r = n
1
a
1
+ n
2
a
2
+ n
3
a

vektor bo’ylab 
ko’chirsak, kristall o’z-o’ziga ustma-ust tushadi (p
1
, p
2
, p
3
- butun sonlar). 
Ko’p hollarda bir qancha atomlar birikmalari kristall panjarasini hosil qiladi. 
Bunday takrorlanuvchi atomlar guruhini bazis deb ataladi. Ixtiyoriy 
kristallning bazisi va translyasion vektorlari aniqlangan bo’lsa kristall 
panjarasi aniqlangan hisoblanadi. 
 
Rentgen spektrlari 
Rentgen spektrlari – to’lqin uzunligi 10
-4 
÷ 10
3
A (Angstrem) bo’lgan 
elektromagnit nurlanishlar, ya`ni rentgen nurlarining chiqayotgandagi va 
yutilishidagi spektrlari. Rentgen spektrlarini ўrganish uchun kristall-
analizator (yoki difraksion panjara)li spektrometrlar yoki impulslar detektori 
va amplituda analizatoridan iborat (kristallsiz) apparatlar ishlatiladi.
Rentgen spektrlarini qayd qilish uchun rentgenofotoplyonka va 
ionlovchi nurlanishning turli detektorlari qo’llaniladi. Rentgen spektrlari 
tutash (yaxlit) va chiziqli (xarakteristik) bo’ladi. Tutash Rentgen spektrlari 
zaryadlangan zarralarning (elektron, proton, mezon va h.k.) antikatodga urilib 


27 
tormozlanishs jarayonida vujudga keladi. Chiziqli Rentgen spektrlari bir-
biridan keskin ajralib turadigan ayrim chiziqlardan iborat bo’ladi. 
Tutash Rentgen spektrlarining xarakteri antikatod materialiga emas, 
zaryadlangan zarralarning massasi va ularni tezlatuvchi potensialga bogiq. 
Tormozlanish spektrlari intensivligi taqsimoti to’lqin uzunligiga qarab egri 
chiziq bilan tasvirlanadi (7 - rasm). 
Chiziqning qisqa to’lqinli chegarasi antikatodga urilayotgan 
zaryadlangan zarraching energiyasiga bog’liq, masalan elektronlarni 
tezlatuvchi potensial V = 100 Kv ga teng bo’lganida, tutash spektrdagi 
eng qisqa to’lqin uzunligi 0,123 A bo’ladi. Uyg’otuvchi elektronlarning 
energiyasi biror kritik qiymatdan ortiq bo’lmaganda, tutash spektr hosil 
bo’ladi. 
Agar elektronlarning energiyasi bu kritik qiymatga teng yoki 
undan katta bo’lsa, chiziqli spektr hosil bo’ladi. Chiziqli Rentgen 
spektrlarining xarakteri esa antikatod materialiga bog’liq. har bir 
elementning o’ziga xos chiziqi Rentgen spektrlari bor.
Chiziqli Rentgen spektrlari elektronlarning antikatodga urilib o’z 
energiyasini antikatod atomlariga berishi natijasida hosil bo’ladi.
Xarakteristik nurlarning spektral chiziqlari Rentgen spektrlarining har 
xil qismlarida bo’lib, muayyan bir qonuniyatga bo’ysunadi. 


28 

Download 1.22 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish