Rentgen struktura analizi




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana22.09.2022
Hajmi1.22 Mb.
#26236
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
yarimotkazgich monokristallarning jonaltirilganligi va simmetriyasini aniqlash metodlari

Rentgen struktura analizi 
 
Rentgen struktura analizi - rentgen nurlarchning sochilishi va 
difraksiyasi natijasida moddaning atom tuzilishini aniqlash usuli. Bu 
usul asosida rentgen nurlarining modda elektronlari bilan o’zaro ta`siri 
yotadi. Shu ta`sir natijasida rentgen nurlari difraksiyasi sodir bo’ladi. 
Difraksion manzara o’rganilayotgan ob`ektning tuzilishi va rentgen 
nurlarining to’lqin uzunligiga bog’liq. Moddalarning atom tuzilishini
o’rganish uchun to’lqin uzunligi ~ A bo’lgan nurlanishdan 
foydalaniladi.
Rentgen struktura analizi usuli bilan metallar, qotishmalar, 
minerallar, organik va anorganik birikmalar, polimerlar, amorf 
moddalar, suyuqliq va gazlar, oqsil hamda nuklein kislota molekulalarini 
o’rganish mumkii va h.k. Ayniqsa, Rentgen struktura analizi kristall 
moddalarning atom tuzilnshini aniqlashda qo’l keladi, chunki kristall 
rentgen nurn uchun tabiiy difraksion panjaradir. Bu analizdan fizika, 
kimyo, biologiya va texnikada (mas., metallar va qotishmalarni mexanik 
va termik ishlash jarayonlarini o’rganish va nazorat qilishda) 
foydalaniladi. 


36 
Rentgen nurlarining kristalldagi difraksiya hodisasini nemis 
fiziklari M. Laue, V. Fridrix va P. Knipping ochgan (1912). Ular 
qo’zg’almas kristallga rentgen nurlarining ingichka dastasini yuborib, 
kristall orqasida joylashtirilgan fotoplastinkada difraksiya manzarasini 
hosil qildilar. Bu difraksiya manzarasi ma`lum bir qonuniyat bilan 
joylashgan bir necha qora dog’lardan iborat edi. Rentgen struktura 
analizining bir necha metodlari - Laue usuli, namunani aylantirish va 
tebratish, kristallarni va polikristallarni tekshirish (Debay-Sherrer usuli), 
kichik burchakli sochilish usullari bor.
Bu usullarda eng oddiysi Laue usulidir. Shu usul yordamida 
olingan rentgenogramma lauegramma ataladi. Bu usulda namuna 
siljimay turadi, unga tushayotgan rentgen nurlari spektri uzluksiz 
bo’ladi. Lauegrammadagi dog’larning joylashishi ўrganilayotgan 
kristallning simmmetriyasi va retngen nurlari dastasiga nisbatan 
vaziyatiga bog’liq hosil bo’lgan lauegramma ilgaridan ma`lum 
simmetriya gruppalariga solishtirilib, o’rganilayotgan kristallning qaysi 
gruppaga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Laue usuli monokristallning 
sifatini bilishda qam ishlatiladi. 


37 

Download 1.22 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish