• Stenon qonuni
  • Gayui qonuni
  • Kafedrasi tagayev umid rustamovich




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/17
    Sana22.09.2022
    Hajmi1.22 Mb.
    #26236
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    yarimotkazgich monokristallarning jonaltirilganligi va simmetriyasini aniqlash metodlari

    Kristallar 
    Kristallar (yunon. krystallos - muz) – ko’p yoqli shakllarga ega 
    bo’lgan simmetrik qattiq jismlar. Kristallarda atomlar ma`lum tartibda 
    joylashgan bo’ladi, ya`ni kristall panjarasini tashkil etadi. Ko’pchilik tabiiy 
    yoki texnikaviy qattiq materiallar polikristallar deb atalib, ular tartibsiz 
    joylashgan, bir necha ayrim mayda kristall donachalardan tashkil topgan 
    bo’ladi.
    Tabiiy yoki sintetik yakka kristallar esa monokristallar deb ataladi. 
    Kristallar ko’p hollarda suyuq fazalar - eritmalardan hosil bo’ladi va 
    o’sadi. Gaz holatdan yoki qattiq fazadan faqat fazaning o’zgarishi 
    natijasidagina kristallar hosil bo’lishi mumkin. Turli ilmiy va texnik 
    maqsadlar 
    uchun 
    maxsus 
    laboratoriya, 
    texnologik 
    zavodlar 
    va 
    korxonalarda sun`iy yo’l bilan ham kristallar o’stiriladi. Kristallar tabiatda 
    har xil kattalikda uchraydi. Tog’ billuri - kvarsning bir necha yuz 
    kilogramm keladigan kristalidan tortib, olmosning juda kichik zarralari 
    kabi kristallar mavjudligi ma`lum. Bir xil sharoitda o’sgan kristallar 
    odatda, simmetrik, to’g’ri shaklli, tomonlari silliq, qirralari to’g’ri bo’ladi. 
    Aynan kristallning ma`lum tomonlari orasidagi burchaklari bir xil bo’ladi. 
    Bu esa geometrik kristallografiyaning birinchi - burchaklar doimiyligi 
    qonuniga (Stenon qonuni) muvofiqdir. Kristall o’sayotganda uning 
    tomonlari parallel ravishda siljiydi. Retgenostruktura tahlili paydo 
    bo’lgunigacha 
    kristall 
    burchaklarini 
    o’lchash 
    yordamida 
    o’zaro 
    taqqoslanib, 
    ularning 
    kimyoviy 
    tarkibi 
    aniqlangan. 
    Geometrik 
    kristallografiyaning ikkinchi asosiy qonuni - butun sonlar qonuni, ya`ni 
    Gayui qonunidir.



    Kristallni simmetrik jism sifatida o’rganish maqsadida ular
    32 simmetriya sinfiga bo’lingan. Har bir sinf simmetriya elementlarining 
    ma`lum bir majmui bilan xarakterlanadi. 32 sinf ulardagi xarakterli 
    simmetriya elementlarining mavjudligiga qarab 7 singoniyaga guruhlanadi: 
    triklin, monoklin, rombik, tetragonal, geksagonal, trigonal va kub.
    Bir-birini almashtira oladigan kristallografik tomonlardan tuzilgan kristall 
    oddiy shaklli kristall deb ataladi. Hammasi bo’lib 47 oddiy shakl mavjud. 
    Ularning faqat ayrimlarigina kristallning har bir sinfida namoyon bo’lishi 
    mumkin.

    Download 1.22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi tagayev umid rustamovich

    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish