• 1 - rasm. Shakllar simmetriyasi.
  • Kafedrasi tagayev umid rustamovich




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/17
    Sana22.09.2022
    Hajmi1.22 Mb.
    #26236
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    yarimotkazgich monokristallarning jonaltirilganligi va simmetriyasini aniqlash metodlari

    Kristallarda simmetriya 
     
    Simmetriya deganda biz jismning ustida ma`lum bir amallarni (burish, 
    siljitish, akslantirish) bajarganimizda jism o’z-o’ziga ustma-ust tushishi va 
    barcha yo’nalishlarda fizik xossalarining avvalgidek o’zgarishsiz qolishini 
    tushunamiz. Misol tariqasida 1 - rasmda keltirilgan shakllar simmetriyasini 
    ko’rib chiqamiz. 1a - rasmdagi shaklning biror o’qqa yoki tekislikka 
    nisbatan simmetriyasi yo’q. Ushbu shakl faqat 360° burchakka burilganda 
    o’zi bilan o’zi ustma-ust tushadi. Bunday quyi simmetriyaga ega bo’lgan 
    jismlarni xalqaro belgilashda 1 raqami bilan belgilanadi va shakl birinchi 
    tartibli simmetriya o’qiga ega deyiladi. 1b - rasmdagi shakl esa uzuq-
    uzuq chiziq bilan tasvirlangan tekislikka nisbatan simmetrik bo’ladi, bunday 
    shakl simmetriyasi 1m ko’rinishda yoziladi. 1v - rasmdagi shaklni 180° 
    ga ma`lum bir o’q atrofida burganimizda ustma-ust tushadi, 360° ga 
    burganda u ikki marta ustma-ust tushadi, demak, ikkinchi tartibli simmetriya 
    o’qiga ega - 2. 



    1 - rasm. Shakllar simmetriyasi. 



    Oxirgi shaklimiz ikkinchi tartibli simmetriya o’qiga va ikki 
    simmetriya tekisligiga ega, ya`ni - 2mm. Kristallar ham simmetriyaga ega, 
    ularning simmetriyasi kristall panjarasining simmetriyasidan kelib chiqadi. 
    Kristallar elementar katakning tashkil etuvchilarini, ya`ni translyasion 
    vektorlarning uzunligiga va ular orasidagi burchaklarning qiymatiga qarab
    7 ta katta guruhga bo’linadilar. Bu guruhlarning har biri o’z nomiga ega 
    bo’lib, kristall singoniyalari deb ataladi (1 - jadvalga qarang). 
    Kristall uchun mumkin bo’lgan barcha simmetriya amallari 
    kristalning simmetriya guruhini tashkil qiladi. Simmetriya guruhlari ham 
    ikki toifaga bo’linadi: nuqtaviy va translyasion. Nuqtaga nisbatan 
    akslantirish (inversiya), o’q atrofida burish va tekislikka nisbatan 
    akslantirish bilan bog’liq bo’lgan simmetriya amallari nuqtaviy simmetriya 
    guruhini tashkil qiladi. Kristalning tashqi simmetriyasini aniqlovchi bunday 
    nuqtaviy simmetriya guruhlari soni 32 ta bo’lib ularning kristall 
    singoniyalari bo’yicha bo’linishi 2 - jadvalda keltirilgan. 
    2 - jadvalda ushbu 32 ta nuqtaviy simmetriya guruhlarini xalqaro 
    qabul qilingan belgilanishidan tashqari, kristallshunos olim Shyonfilis 
    kiritgan belgilashlar ham keltirilgan. qattiq jismda kristall panjarasining 
    mavjudligi 1, 2, 3, 4, 6 - tartibli simmetriya o’qlaridan yuqori tartibli 
    simmetriya o’qlari bo’lmasligiga olib keladi. 5 -, 7 - tartibli simmetriya o’qi 
    ham bo’lishi mumkin emas, chunki besh va yetti burchakli shakl yordamida 
    fazoni qoldiqsiz to’ldirib bo’lmaydi (ba`zi bir biologik kristallar bundan 
    istisno). Boshqa simmetriya o’qlarini esa yuqoridagi simmetriya o’qlariga 
    keltirilishi mumkin. 




    Download 1.22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish