Kafedrasi tagayev umid rustamovich




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana22.09.2022
Hajmi1.22 Mb.
#26236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
yarimotkazgich monokristallarning jonaltirilganligi va simmetriyasini aniqlash metodlari

 
1 – jadval. 
 



2 - jadval. 



Har bir simmetriya guruhi asosiy hosil qiluvchi simmetriya amallari 
bilan belgilanadi. Kristallar nuqtaviy simmetriyadan tashqari translyasion 
simmetriyaga ham egadirlar. Kristall panjarasining mumkin bo’lgan 14 xil 
translyasion simmetriya amali mavjud. 
Har bir translyasion simmetriya amaliga bitta elementar katakni mos 
qo’yish mumkin. Natijada 14 xil elementar katak hosil bo’ladi, bu elementar 
kataklar Brave panjaralari deb ataladi. Translyasion simmetriya - bu 
kristalni ma`lum bir vektor bo’yicha ko’chirganimizda o’zi bilan ustma-ust 
tushishidir. Har bir kristallar singoniyasida faqat ma`lum bir turdagi Brave 
panjarasi bo’lishi mumkin.
Kristall panjarasining to’liq simmetriyasini fazoviy simmetriya guruhi 
aniqlaydi. Fazoviy simmetriya guruhida kristallni nuqtaviy va translyasion 
simmetriya amallari mujassamlashgan bo’ladi. Hammasi bo’lib 230 ta 
fazoviy guruhlar mavjud bo’lib, har qanday kristall o’z tuzilishiga ko’ra ana 
shu guruhlarning biriga mansub bo’ladi. Kristallning fazoviy simmetriya 
guruhi ma`lum bo’lsa, uning kristall tuzilishini keltirib chiqarish juda oson, 
shuning uchun kristallning simmetriya guruhini bilish muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi paytda kristall simmetriyasi rentgen nurlari yordamida aniqlanadi. 
Fanning ushbu yo’nalishi kristallografiya deb nomlanadi. 3 - jadvalga 
asosan: 
1. 
Triklin singoniya panjaralari faqat sodda R - shakldagi 
panjaralardir. Brave panjarasini ifodalovchi parametrlar soni 6 ta: uch qirra va 
uchta burchak. 
2. 
Monoklin singoniyada ikkita Brave panjarasi shakllari bo’lishi 
mumkin. Ulardan biri R - shakldagi sodda katakka ega bo’lib, ikkinchisi esa, 


10 
markazlashgan asosli, ya`ni S - shakldagi katakka ega. Ushbu panjaralarni 6 ta 
parametr aniqlaydi (а
1
, а
2
, а
3
, α, 

, γ). 
3. 
Rombik singoniyada to’rt xil Brave panjaralari mavjud bo’lishi 
mumkin; R - sodda, S - markazlashgan asosli, hajmiy markazlashgan - I va 
yoqlari markazlashgan - F turdagi panjaralar. Ushbu shakldagi panjaralar to’rtta 
parametr bilan aniqlanadi (а
1
а
2
, а
3
, α). 
4. 
Tetragonal singoniya ikki xil, ya`ni R va I shakldagi panjaralarga 
ega bo’lib uchta parametr bilan aniqlanadi (а
1
, а
2
, α). 
5. 
Trigonal singoniya ikkita parametr bilan aniqlanadi (а
1
, α) 
bu singoniyada faqat R - shakldagi Brave panjarasi mavjud. 
6. 
Geksagonal singoniiyada bitta Brave panjarasi bo’lib, to’rt 
parametr bilai aniqlanadi. Ushbu katak S - shaklga mansub bo’lib ko’p 
hollarda uni uchta R - shakldagi sodda katak ko’rinishida ham ifodalanadi. 
7. Kubik singoniyada uch xil katak bo’lishi mumkin: R, I va
F shakldagi kataklar. Kubik singoniyani ikki parametr bilan aniqlash 
mumkin (a, α).

Download 1.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish