Qattiq jismlarning tuzilishi




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana22.09.2022
Hajmi1.22 Mb.
#26236
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
yarimotkazgich monokristallarning jonaltirilganligi va simmetriyasini aniqlash metodlari

 
Qattiq jismlarning tuzilishi
Tabiatdagi moddalar gaz, suyuqlik, qattiq jism yoki plazma 
holatlarida bo’ladi. Ushbu holatlar moddaning agregat holatlari deb ataladi 
va bir-biridan fizik xossalari bilan o’zaro farqlanadi. Qattiq jismlarning 
suyuqlik va gazlardan farqi shundaki, ular o’z shakllarini saqlaydi va ularda 
oquvchanlik kuzatilmaydi. Mikroskopik nuqtai nazardan bunday farqning 


22 
mavjudligi, moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar orasidagi o’zaro 
ta`sir
energiyasining katta yoki kichikligi bilan tushuntiriladi. Suyuqlik va 
gazlarda ularni tashkil qiluvchi atom va molekulalar orasidagi o’zaro 
ta`sirlashish energiyasi ularning issiqlik harakati energiyasidan kichik 
bo’ladi.
Shuning uchun suyuqlik yoki gazni tashkil etuvchi atom va 
molekulalar bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chib yurishi mumkin, ya`ni 
oquvchanlik xossasiga ega. qattiq jismlarda esa molekula yoki atomlar 
orasidagi ta`sirlashuv energiyasi ularning issiklik harakati energiyasidan 
ancha katta bo’ladi, shuning uchun ular erkin ko’chib yura olmaydi va 
muvozanat vaziyatlari atrofida tebranma harakat qilib turadi. Demak, qattiq 
jismni boshqa agregat holatlardan ajratib turuvchi asosiy farqlari: 
birinchidan, uning normal sharoitda o’z shaklini saqlashi; ikkinchidan, 
ularni tashkil etuvchi atom yoki molekulalarning tebranma harakatda 
bo’lishidir. 
Qattiq jismlar tuzilishiga ko’ra amorf, kristall, shishasimon va polimer 
qattiq jismlarga bo’linadi. Bundan tashqari qattiq jismlar uni tashkil qiluvchi 
atom yoki molekulalarning o’zaro bog’lanishiga ko’ra ham farqlanadi
(5 - rasm). 


23 
 
5 - rasm. Kristall qattiq jismlar. 


24 
Kristall qattiq jismlarda ularni tashkil qiluvchi atom va molekulalar 
qat`iy tartib bilan joylashadi. Agar bu tartib ikki qo’shni atom yoki molekula 
orasidagi masofadan bir qancha marta katta bo’lgan masofalargacha saqlansa 
uni uzoq tartib deb ataladi. Kristallar aniq suyulish temperaturasiga 
(nuqtasiga) ega bo’ladi. Jism bu temperaturagacha qizdirilganda atomlar va 
molekulalar joylashishida tartib yo’qoladi va ular oquvchanlikka ega bo’lib 
qoladi. Suyulish nuqtasida tashqaridan olinayotgan issiqlik ta`sirida jism 
temperaturasi o’zgarmaydi va qattiq jism to’la suyuqlikka aylanguncha 
temperatura saqlanadi. 
Kristalldagi atomlar va molekulalarning joylashish tartibi butun kristall 
bo’yicha saqlangan bo’lsa, bunday kristall monokristall deb ataladi. Hamma 
monokristallar anizotropiyaga ega, ya`ni ularning fizik xossalari turli 
yo’nalishlarda turlichadir. Monokristallarning makroskopik bo’lakcha-
larining tartibsiz birikishidan hosil bo’lgan kristall polikristall deb ataladi. 
Polikristaldagi monokristal donalarning tartibsiz joylashuvi natijasida uning 
fizik xossalari barcha yo’nalishlar bo’yicha bir xil bo’ladi. Bunday jismlar 
izotrop jismlar deb ataladi. 
Kristalni tashkil qiluvchi zarralar muvozanat nuqgalari atrofida 
tebranma harakatda bo’ladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini fikran birlashtirsak 
kristall panjarasi hosil bo’ladi. Muvozanat nuqtalari esa kristall panjarasi 
tugunlari deb ataladi. 
Kristall tuzilishga ega bo’lgan jismlarni tavsiflashda yuqorida 
keltirilgan kristall panjarasi tugunlari tushunchasi muhim ahamiyatga egadir. 


25 

Download 1.22 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish